Reproduktiv vazifasi
(productio lot, so‘zidan - o‘zini qayta ishlab chiqish, ko‘payish, avlod ishlab chiqarish) inson zotini davom ettirish zaruriyatini sababini asoslaydi. Oxirgi paytlarda 2-3 odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning aytishlaricha bolalar ota-onalarning erkinliklarini cheklaydi: ta’lim olishda, ishda, malakasini oshirishda, o‘zining qobiliyatlarini amalga oshirishda. Bola ko‘rmaslik afsuski faqatgina mavjud bo‘lmay, ular bolaga ega bo‘lish yoshidagi er-xotinlar orasida keng tarqalmoqda, bu yevropa davlatlari uchun xosdir. Oila kattaligini qisqarishi quyidagi omillar sababli sodir bo‘lmoqda: tug‘ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota-onalaridan ajralib chiqishlari, ajralishlarning o‘sib borishi natijasida bir ota yoki onalik oilalar soni ortib bormoqda. Aholining sog‘lig‘i sifati va mamlakatda sog‘liqni saqlash rivojlanish darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo‘yicha yomon ekologik sharoit, axloqsiz hayot kechirishi, kasalligi yomon ovqatlanish va boshqalar sababli yoshi katta aholining 10-15% sog‘lig‘i holati sababli bolaga ega bo‘lishi mumkin emas.
Iqtisodiy va xo‘jalik-turmush vazifalari
Azaldan oilasi har doim jamiyatning xo‘jalik boshlang‘ich tashkiloti bo‘lib kelgan. Ov qilish va don yetishtirish, hunarmandchilik va savdo oilada har doim vazifalar taqsimlangan bo‘lgani uchun mavjud bo‘la olgan. Azaldan ayollar butun uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar, erkaklar kasb-hunar bilan shug‘ullanganlar. Ilmiy texnik revolyutsiya asriga kelib odamlar hayoti yumushlarining ko‘plari (ovqat tayyorlashq Kir yuvish, uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar) qisman maishiy xizmat sohasiga yuklatildi. Iqtisodiy vazifasi oila a’zolari uchun boylik to‘plash bilan bog‘liq bo‘lgan: kelin uchun sovg‘alar, kuyov uchun qalin, avlodlarga qoldiriladigan buyumlar, to‘yga, voyaga yetish yoshiga sug‘urta qilish, pul mablag‘lari to‘plash. Bizning jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar oilaning mol-mulk to‘plash, xususiy mulkka ega bo‘lish, turar joyini xususiylashtirish, meros qilib qoldirish va shu kabi masalalardagi iqtisodiy vazifasi yana faollashib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |