Mavzu: O’tilgan mavzular buyicha prizintatsiya


Download 1.56 Mb.
Sana14.12.2022
Hajmi1.56 Mb.
#1006323
Bog'liq
rizoqulov xurshid bowqaruv hisobi 2

Mavzu:O’tilgan mavzular bo'yicha taqdimot

Tayyorladi: Rizoqulov Xurshidjon

Guruhi: XBA – 93

Reja:

  • 1.Boshqaruv hisobining mohiyati, predmeti ,funksiyalari ,metodlariva tarkibiy qismlari
  • 2.Boshqaruv hisobi tizimining tavsiflanishi
  • 3. Boshqaruv hisobida xarajatlarning o'rni va ularni boshqarish

Boshqaruv hisobining mohiyati, predmeti ,funksiyalari ,metodlari va tarkibiy qismlari

  • Boshqaruv hisobi – xo‘jalik yurituvchi subyekt axborot tizimining
  • tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning
  • samaradorligi ko‘p jihatdan xo‘jalik yurituvchi subyektning tarkibiy
  • tuzilmalari, bo‘limlari va bo‘linmalari faoliyatlari to‘g‘risida olinadigan
  • operativ (tezkor) ma’lumotlarga bog‘liq. Boshqaruv hisobi ana shunday
  • ma’lumotlarni boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri qabul qilish maqsadida
  • xo‘jalik yurituvchi subyekt ichidagi turli darajadagi boshqaruv rahbarlari
  • uchun shakllantiradi.
  • Boshqaruv hisobining obyektlarini sxematik tarzda quyidagicha
  • aks ettirish mumkin:
  • Boshqaruv hisobi obyektining ikkinchi guruhiga quyidagi faoliyat
  • turlari kiritiladi:
  • ta’minot-tayyorlash – ishlab chiqarishni xomashyo, yordamchi
  • materiallar bilan uzluksiz tarzda ta’minlash, shuningdek ishlab chiqarish
  • uskunalarini ishlatish hamda ta’mirlash uchun ehtiyot qismlarni sotib
  • olish, saqlash hamda ta’minot jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan marketing
  • Ishlab chiqarish – asosiy va yordamchi materiallarni ishlatib
  • mahsulot ishlab chiqarish hamda ana shu ishlab chiqarish texnologiyasi
  • bilan bog‘liq jarayonlar, shuningdek ishlab chiqarilayotgan
  • mahsulotlarni takomillashtirish va yangi mahsulot turlarini ishlab
  • chiqish bilan bog‘liq jarayonlar;
  • • Moliyaviy-sotish – ishlab chiqarilgan mahsulotni to xaridorgacha
  • yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlar: qadoqlash,
  • tashish va boshqa ishlarni qamrab olgan bevosita sotish operatsiyalari

Tashkiliy – xo‘jalik yurituvchi subyektning eng optimal tarzdagi tashkiliy tuzilmasini yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Shu o‘rinda xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tizimidan, lozim bo‘lsa, funksional bo‘limlar, xizmatlar, tsexlar va uchastkalarni ajratish bo‘yicha aniq ishlarni amalga oshirish ham inobatga olinadi.

  • Rejalashtirish – bozor sharoitlariga mos ravishda xo‘jalik
  • yurituvchi subyekt imkoniyatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan
  • uzluksiz siklli jarayon. U istiqboldagi muammolarni hal qilish bilan
  • bog‘liq bo‘lib, ham umumiy, ham xususiy xarakterga ega bo‘lgan
  • muqobil qarorlar tanlash uslublaridan foydalanadi.

Boshqaruv hisobi tizimining tavsiflanishi

  • Xarajatlarning tizimli hisobi – xarajatlar tarkibi, ro‘yxatga olish
  • usullari, identifikatsiya va guruhlanishi, hisobotda aks ettirish bo‘yicha
  • aniq belgilangan, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning moliyaviy
  • hisobi hisoblanadi. Tizimli hisobning elementlari bo‘lib quyidagilar
  • hisoblanadi:
  • 1) ishlab chiqarish resurslarini sotib olish va ulardan foydalanish
  • bo‘yicha xarajatlarni o‘lchash va baholash;
  • 2) ta’minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlarini tabiiy o‘lchov
  • vositalarida nazorat qilish;
  • “Muammoli hisob” tushunchasining mohiyati shundaki, ushbu
  • hisob ma’lumotlari xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusidagi iqtisodiy
  • va ishlab chiqarish muammolarini hal etishda ishlatiladi.
  • Muammoli hisob ma’lumotlari quyidagi maqsadlar uchun
  • ishlatiladi:
  • • xarajatlar va daromadalarni rejalashtirish hamda istiqbolni
  • belgilash, smeta (byudjet)larni tuzish va me’yorlashtirish;
  • • xarajatlar tahlili va belgilangan normativlar (standartlar)dan
  • og‘ish hamda mahsulot ishlab chiqarish daromadliligi tahlili;
  • • ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida olinadigan daromadlar va
  • xarajatlar hajmi mezoni bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning
  • tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini baholash;
  • • ishlab chiqarish va sotish, kooperatsiyalash, import va eksport,
  • mahsulot turlari assortimenti va h.k. borasida yaqin va uzoq kelajakka
  • mo‘ljallangan ko‘p variantli boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
  • Avtonom tizim – tizimli va muammoli hisoblarning alohida-alohida
  • tuzilishi bilan ifodalanadi. Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasidagi
  • aloqa bir xilda nomlangan juft nazorat hisobvaraqlari yordamida amalga
  • oshiriladi.
  • Xarajatlar operativligi (tezkorligi) bo‘yicha tizimlar quyidagilarga
  • bo‘linadi: amaldagi (oldingi, tarixiy) xarajatlar hisobi tizimi va standart
  • (me’yorlashtirilgan) xarajatlar hisobi tizimi. Xarajatlar operativ
  • (tezkor)ligi – samaradorlikni oshirishga qaratilgan tizimning amaliy
  • natija beruvchi omillaridan biridir.

Boshqaruv hisobida xarajatlarning orni va ularni boshqarish

E'tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling