Mavzu: O’tkazgichning qarshiligini hisoblash


Download 1.1 Mb.
Sana30.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1310318
Bog'liq
o\'tkazgich qarshiligini aniqlash

Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika ta’lim yo’nalishi 2- kurs 201-gurux talabasi Choriyeva Shahrizodaning Radioelektronika asoslari fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu:O’tkazgichning qarshiligini hisoblash

Reja:


Elektr qarshilik haqida tushuncha.
O’tkazgichning qarshiligini hisoblash.
mavzu bo’yicha xulosa.

1

2

3

Elektr qarshilik haqida tushuncha Tok manbai,lampochka va ampermetral kalit orali ketma-ket ulab, elektr zanjimi yig'amiz: Kalitni ulasak, lampochka ravshan yonadi,ampermetr undan tok o'tayotganini ko'rsatadi

  • Kalitni uzaylik, Shu zanjirga uzunligi 1,5-2 metr bo'lgan nikelindan tayyorlangan simni spiral shakliga keltirib, uni lampochkaga ketma-ket qilib ulaylik
  • Kalit ulanganda lampochka xira yonadi va ampermetr zanjirdan o'tayotgan tokning kamayganligini ko'rsatadi:
  • Demak, nikelin sim zanjirdagi tokni kamaytiradi, ya'ni zanjirdan tok o'tishiga qarshilik qiladi.

O'tkazgichning zanjirda tok o'tishiga qarshilik qilish xossasini tavsiflaydigan fizik kattalikka elektr qarshilik deb ataladi va R harfi bilan belgilanadi:

Elektr qarshilikning asosiy birligi qilib qarshilik tushunchasini kiritgan va elektr zanjiming asosiy qonunini kashf etgan nemis fizigi Georg Simon Om sharafiga om ( ) qabul qilingan. Qarshilikning milliom (m ), kiloom (k ), megaom (M ) kabi birliklari ham qo'llaniladi.

Georg Simon Om (1787-1854) Taniqli nemis fizigi. U tok kuchi, kuchlanish va qarshilik orasidagi nazariy va amaliy hog'lanishni Isbotlab bergan.Tokli o'tkazgichlarning o'zaro hamda doimiy magnit bilan ta'sirlashish qonunlarini o'rgangan.

O’tkazgich qarshiligini hisoblash

O'tkazgichning Elektr Qarshiligini o'lchash mumkin.

ommetr deb ataluvchi asbob yordamida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ommetrning tashqi ko'rinishi keltirilgan:

  • O'tkazgichda elektr qarshilik qanday vujudga keladi?
  • Metallardagi tok elektr maydon ta'sirida erkin elektronlarning tartibli harakatidan iborat. Harakat paytida cicktronlar kristallni tashkil etgan ionlar bilan to'qnashadi. bo'ladi.Bu to'qnashuv jismlarning mexanik harakatidagi to'qnashish jarayoniga o'xshab,ionlar erkin elektronlarning tezligini kamaytradi.

Georg Simon Om qonuni

  • Bu qonun zanjirning bir qismi uchun Om qonuni deb ataladi.uning formulasi quyidagicha:
  • Om qonuni— oʻtkazgich qarshiligi o’tkazgichga qo’yilgan kuchlanishga to’g’ri,undan o’tayotgan tok miqdoriga esa teskari proporsional.
  • Om qonunining tarmoqlangan elektr zanjiri uchun umumlashgan koʻrinishi Krixgoff qoidalari bilan tushuntiriladi.Om qonuni 1826-yilda Olmon fizigi va matematigi Georg Simon Om tomonidan o'rnatilgan bo'lib, 1827-yili nashr etilgan va uning nomiga atalgan.

Metall o'tkazgichlarga elektr maydon ta'sir etganda, elektr qarshilik namoyon bo'ladi. Bundan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

  • elektr qarshilik o’tkazgichdagi erkin zarralarning tartibli harakati yo'nalishiga to'sqinlik qilishi bilan xarakterlanadi;
  • elektr qarshilikning vujudga kelishiga zaryadlangan zarralarning o'tkazgich zarralari bilan to'xtovsiz to'qnashuvlari sabab bo’ladi.

Bu mavzudan kelib chiqgan xulosa: quyidagi rasmdagi zanjirni yig’ganimizda qarshilikning o’tkazgich materialiga (ro) va o’tkazgiz uzunligi(L)ga to’g’ri proporsional(ya’ni,ular qancha ortsa qarshilik ham shuncha ortadi),o’tkazgichning ko’ndalang kesimi yuzasiga esa teskari proporsional (ya’ni,ular qancha ortsa qarshilik shuncha kamayadi) ekan! Bundan tashqari qarshilik o’tkazgichga qo’yilgan kuchlanishga to’g’ri,o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchiga teskari proporsionaldir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

8-sinf fizika kitobi;

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI Navoiy davlat pedagogika instituti B.F.Izbosarov ,E.N.Xudoyberdiyev fizikadan laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma;

Enternet manbalari:

Wikipediya;

Google.uz va yandex.uz;

Arxiv.uz;

E’tiboringiz uchun tashakkur!


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling