Mavzu: O‘tkinchi jarayonlar xaqida umumiy tushincha. Reja
Download 27.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqм1
Mavzu: 1. O‘tkinchi jarayonlar xaqida umumiy tushincha. Reja: Fanning maqsadi va vazifasi. O‘tkinchi jarayonining turlari. Tayanch so‘zlar: O‘tkinchi jarayonlar: turlari, elektromagnit, elektroMexanik qisqa tutashuv (k t): bir, ikki, uch fazali, erga ikki fazali: Elektr tizimi va uning ayrim elementlarining ishonchli ishlashi o‘tkinchi jarayonlarning kay darajada to‘g‘ri va tulaligicha e’tiborga olinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Elektroenergetikaning rivojla-nishining boshlang‘ich davrida o‘tkinchi jarayonlarga etarli darajada e’tibor berilmagan. Lekin elektroenergetikaning jadallik bilan rivojlanib borishi bilan bir qatorda mo‘taxassislarni oldida yangidan-yangi muammollar ochilib boraverdi. O‘tkinchi jarayonlarning hosil bo‘lish sabablari va salbiy ta’sirlari va ularga qarshi chora tadbirlar ishlab chiqilishi lozim bo‘lib qoldi. Masalan: Elektr mashinasozligining rivojlanish davrida xodisalarning e’tiborga olinishi juda katta ahamiyatga ega: misol, qisqa tutashuv natijasi. Elektr mashinalarining boshlang‘ich konstro‘qsiyalari faqat uzoq muddatli normal ish talablariga javob beradigan darajada tayyorlangan bo‘lgan. Elektr mashina quvvati kichik bo‘lishi va ularga sarflanadigan materiallar zaxirasi etarli bo‘lganligi uchun qisqa tutashuvning Mexanik va issiqlik ta’siriga bardosh berishiga e’tibor berilmagan. Elektr mashinalarini quvvati oshishi bilan va ularga ishlatiladigan materiallardan ratsional foydalanish va elektr mashinalarning ishonchli konstro‘qsiyasini yaratishda faqat normal ish talablarni e’tiborga olish noto‘g‘ri deb topildi. Mo‘taxissislar elektr mashinalarni avariya holatlariga bardosh berish chora tadbirlarini ishlab chiqishi zarur bo‘ldi. Bu ko‘rinishdagi savollar elektro-energetika soxasining barcha tarmoqlarida alohida-alohida muammolarni keltirib chiqardi. O‘ta kuchlanishdan himoya Qisqa tutashish muammosi Elektr tizimining turg‘unligi Elektr uzatish tarmoqlarining, elektr aloqa tarmoqlariga ta’sir etish muammosi va boshqalar. Bu ko‘rinishdagi avariya holatlari vujudga kelganda elektr tarmoqlarda o‘tkinchi jarayonlar hosil bo‘ladi, ya’ni elektr tarmoq bir holatdan ikkinchi bir holatga O‘tkinchi jarayoniga o‘tkinchi jarayon deyiladi. O‘tkinchi jarayonlar shartli ravishda uchta guruhga bo‘linadi: Elektromagnitli o‘tkinchi jarayonlar ElektroMexanik o‘tkinchi jarayonlar Maxsus holatlar. Elektromagnitli o‘tkinchi jarayonlar deb asosan quyidagi sabablarga ko‘ra hosil bo‘ladigan jarayonlarga aytiladi. a) Qisqa tutashuv va qisqa tutashtirilgan zanjirda qayta qo‘shib ajratishda. b) Tizimda mahalliy nosimmetriya hosil bo‘lganda. v) Sinxron mashinalarning qo‘zg‘atishini o‘zgartirish ta’sirida. a’- qisqa tutashuvlar (k. t) deb, fazalar orasidagi tutashuv (elektro-ustanovkaning faza o‘tkazgichlari), neytrali erga mustahkam va samarali ulangan tarmoqlarda fazalarning erga (nol o‘tkazgichga) tutashuvi, shuningdek, elektrmashinalar o‘ramlarining tutashuviga aytiladi. Qisqa tutashuv elektr zanjirlarning izolyasiyasi buzilganda sodir bo‘ladi. Bunday buzilishlarning sababi turlicha: izolyasiyaning eskirishi va shu sababli uning buzilishi (teshilishi), elektr uzatuvchi simlarning bir-biri ustiga tushishi, simlarning o‘zilib erga tushishi, er qazish ishlarida kabellar izolyasiyasining Mexanik buzilishi, elektr uzatuvchi liniyalarga yashin tushishi va boshqalar. Qisqa tutashuv simmetrik va nosimmetrik bo‘lishi mumkin: Simmetrik qisqa tutashuvga - uch fazali qisqa tutashuvda elektr tarmog‘ining hamma fazalari bir xil sharoitda bo‘ladi, shuning uchun u simmetrik deb yuritiladi. Nosimmetrik qisqa tutashuv esa ikki fazali qisqa tutashuv, ikki fazali er bilan qisqa tutashuv, bir fazali qisqa tutashuv. Qisqa tutashuvning boshqa ko‘rinishlarda tarmoqning fazalari turli sharoitlarda bo‘ladi, shu sababli toklar va kuchlanishlar vektorlarning diagrammasi buziladi. Bunday qisqa tutashuvlar nosimmetrik deb yuritiladi. Qisqa tutashuv natijasida elektr tizimining bitta nuqtasi shikastlansa, bu turdagi qisqa tutashuv oddiy qisqa tutashuv deyiladi. Agarda elektr tizimida bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda qisqa tutashuv bo‘lsa, bu turdagi qisqa tutashuv murakkab qisqa tutashuv deyiladi. U yoki bu ko‘rinishdagi qisqa tutashuv hosil bo‘lishining nisbiy ehtimoli 1.1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida xarakterlanadi.
Bu ma’lumotlar elektrustanovka kuchlanishning turli pogonasi, elektr uzatuvchi liniyalar konstro‘qsiyasi, ob-xavo va boshqa faktorlar uchun chegara mikdorlari hisoblanadi. Odatda, qisqa tutashuv bo‘lganda shikastlangan fazalardagi tok kattaliklari nominal tok mikdorlaridan bir necha marta katta bo‘ladi. Qisqa tutashuv toklarning o‘tishi o‘tkazgichlarda va kontaktlarda elektr energiyasining ko‘p isrof bo‘lishiga olib keladi, bu ularni tez qizishiga sabab bo‘ladi. Qizish jarayoni izolyasiyaning eskirishi bilan buzilishini tezlashtiradi, kontaktlarning payvandlanishi va yonishiga, shina va simlarning Mexanik mustahkamligini yo‘qotishiga va shunga o‘xshash hollarga olib keladi. O‘tkazgichlar va apparatlar berilgan hisobiy vaqt oralig‘ida qisqa tutashuv tokidan qizib ketmasliklari kerak, ya’ni termik chidamli bo‘lishlari lozim. Qisqa tutashuv toklarining o‘tishi, shuningdek, o‘tkazgichlar orasida katta elektrodinamik kuchlar hosil bo‘lishi bilan kuzatiladi. Agar tegishli tadbirlar ko‘rilmasa, shu kuchlar ta’sirida tok o‘tkazuvchi qismlar va ularning izolyasiyasi buzilishi mumkin. Tok o‘tkazuvchi qismlar va ularning izolyasiyasi buzilishi mumkin. Tok o‘tkazuvchi qismlar, apparatlar va elektr mashinalar shunday loyihalangan bo‘lishi kerakki, ular qisqa tutashuvda hosil bo‘ladigan kuchlar ta’siriga shikastlanmasdan chidashi, ya’ni elektrodinamik nuqtai nazaridan turg‘un bo‘lishi lozim. Qisqa tutashuv ko‘pincha, o‘tkinchi qarshilik orqali , masalan izolyasiyaning buzilgan joyida hosil buluvchi elektr yoy qarshiligi orqali hosil bo‘ladi. Ayrim hollarda o‘tish qarshiligisiz metalli qisqa tutashuv hosil bo‘ladi. Dvigatelli yuklamalar ayniqsa kuchlanishning pasayishini yaxshi sezadi. Kuchlanishning pasayish mikdori katta bo‘lganda, dvigatelning aylanish momenti mexanizm qarshilik momentidan kichik bo‘ladi. Dvigatel tormozlanib, iste’mol kilayotgan tokning oshishiga sabab bo‘ladi. Bunda tarmoqda kuchlanish yanada ham ko‘proq pasayadi, buning natijasida kuchlanish kuchkisi (lavina) shakldagi jarayon kuchayib yanada ko‘proq elektrenergiya iste’molchilarni o‘ziga tortadi. Qisqa tutashuvda kuchlanishning keskin pasayishi generatorlari-ning parallel ishlash turg‘unligini buzilishi va xalq xo‘jaligida katta ziyon etkazuvchi sistemali avariyaga olib kelishi mumkin. Mahalliy nosimmetriyaning vujudga kelishi qisqa tutashuv bo‘lmasa ham hosil bo‘lishi mumkin. Masalan: ajratish apparatining bir fazasi payvandlanib kolganda. Bu turdagi nosimmetriya mahalliy nosimmetriya deyiladi. Zanjirning nosimmetrik yuklanish va nosimetrik qisqa tutashuv hosil bo‘ladigan nosimmetriya ko‘ndalang nosimmetriya deyiladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, elektr tizimida hosil bulayotgan ayrim shikastlanishlar qisqa muddatli kelib ketuvchi xarakterli hisoblanib, ya’ni shikastlanish o‘z-o‘zidan chetlashtiriladi, (shikastlangan joy ajralib qayta qo‘shilganda nominal ish holatiga tushib ketadi). SHu sababli elektr tizimida AKU qurilmasi keng qo‘llanila boshladi. Xavo uzatish tarmoqlarida bir fazali qisqa tutashuvni hosil bo‘lishi ko‘p bo‘lganligi sababli OAPV keng qo‘llanilmokda.
Download 27.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling