Mavzu: O'tkir appenditsit yosh va kattalarda Appenditsit — ta’rifi, tasnifi, belgilari va alomatlari, tashxislash va davolash


Download 114.5 Kb.
bet3/4
Sana15.12.2022
Hajmi114.5 Kb.
#1008054
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu1

Appenditsitning atipik shakllari


Shuningdek appenditsitning bir nechta atipik shakllari ham mavjud bo’lib, ularda alomatlar odatiy alomatlardan farq qilishi mumkin.

  • Emipiema. Sekin rivojlanadigan appenditsitning shakli, bu holatda Koxer alomatlari yo’q va og’riq birdan kindik ostida paydo bo’ladi.

  • Retrotsekal appenditsit. Peritonitning zaif alomati, ich ketishi bilan ifodalanadi. Og’riq ko’pincha bel mintaqasida seziladi va keyinchali pastga tarqaladi.

  • Chap tomonlama appenditsit. Klassik klinik ko’rinishi bor, ammo og’riq chap tarafda seziladi.

  • Chanoq appenditsiti. Ayollar uchun odatiyroq. Haroratning ko’tarilishi, dizuriya, og’riq ko’krak qafasiga tarqaladi.

Appenditsit haqida gumon qilsam nima qilishim kerak?


Appenditsitning gumon qilinishida siz shifokorni chaqirishingiz kerak. Shifokorga murojaat qilish uchun asos — 6 soat davomida yo’qolmaydigan qorin bo’shlig’idagi doimiy og’riqdir. Shifokor kelguniga qadar antibiotik, ich surgi va boshqa oshqozon uchun mo’ljallangan preparatlar qabul qilmaslik kerak, ayniqsa og’riq qoldiruvchi, chunki ular tashxis qo’yishda simptomlarni o’zgartirib yuboradi. Yana og’riq sohasiga va umuman qoringa issiqlik qo’yish taqiqlanadi, u appendiks yorilishini tezlashtiradi. Yotoqda dam olish tavsiya etiladi. Yaxshisi ovqatlanishdan tiyilib turish kerak. Shifokor kelganida barcha alomatlar, belgilar, og’riq sohasi va tabidati haqida aytib berish kerak.

Appenditsitni tashxislash


Tashxis uchun asosan vizual tekshiruv va palpatsiya qo’llaniladi. Asosiy simptomlar o’ng pastki qorin qismdagi keskin og’riqlardir. Biroq, bu usullar har doim ishonchli emas. Shuningdek, ultratovush tekshiruvi, MRT va kompyuter tomografiya, qon va siydik tahlillari ham qo’llaniladi. Qon tekshiruvini tekshirganda, qonda leykositlarning yuqori darajasiga (leykotsitoz) e’tibor qaratiladi. Diagnostik laparoskopik tekshiruvni qorin old devorida tirqish orqali ham amalga oshirish mumkin.
O’tkir appenditsit alomatlari oshqozon-ichak trakti va boshqa kasalliklarga juda o’xshash bo’lganligi tufayli kasallikni tasxhsilash qiyin bo’lishi mumkinlgini ta’kidlash lozim. Bunday kasalliklarga yoki o’tkir gastroenterit, pankreatit, yaralar (ayniqsa, teshilish taqdirda), ichak va buyrak og’riqlari, bachadonning yallig’lanishi, qorin muskullarining cho’zilishi yoki yirtilishi kiradi. Shuning uchun appenditsitni boshqa, aksariyat hollarda shoshilinch jarrohlik aralashuvi talab qilinmaydigan kasalliklardan farqlash muhimdir, .

Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling