Mavzu: O`tkir Hoshimov hayoti va ijodi. Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad


Download 106.55 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi106.55 Kb.
#100664
Bog'liq
O`tkir Hoshimov hayoti va ijodi (AIM.UZ)


30-31 Mavzu: O`tkir Hoshimov hayoti va ijodi.

Darsning maqsadi:

Ta`limiy maqsad: O`tkir Hoshimov hoyoti va ijodi haqida ma`lumot berish

Tarbiyaviy maqsad: Ona Vatanga muhabbat tuyg`ularini rivojlantirish

Rivojlantiruvchi: xulosa chiqaradilar va ularni asoslab berish malakasini rivojlantirish

Darsning turi : yangi bilim beruvchi

Darsning usuli: savol-javob

Darsning jihozi: darslik , mavzuga oid ko'rsatmali va tarqatma qo'llanmalardan foydalanish; rasmlar va gazetaiar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

a) o’quvchilar bilan salomlashish

b) sinf tozaligi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi ko’zdan kechirish

s) o’quvchilar davomati aniqlash.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash

1. “Tong lavhasi”, “Kamtarlik haqida”, “Buloq”, “Sevgi” she’rlarining muallifi kim?

2. Nemis shoiri Gyotening “Faust” asarini o’zbek tiliga qaysi shoirimiz tarjima qilgan?

3. “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozilgan doston”, “Quyosh maskani” kabi qator dostonlar muallifi kim ?

4. Erkin Vohidov dostonlaridaan qaysilarini bilasiz?

III. Yaaangi mavzu:

O'tkir Hoshimov 1941-yil 5-avgustda Toshkcntning Do'mbirobod qishlog'ida ishchi oilasida tug'ilgan. Yozuvchi o'zi tug'ilgan yillar bilan bog'liq voqealarni quyidagicha xotirlaydi: «Oyim bir gapni ko'p aytardi: Sen tug'ilganingda qiyomat qoyim bo'lgan edi. Lagerdagi o'ris xotinlar urush boshlanibdi, deb yig'lagan, men - ammamning buzog'i hayron bo'lgandim. Urush allaqayoqda bo'layotibdi-yu, bular nega dod soladi, degandim. Keyin aqlim yetdi».

  • O'tkir Hoshimov o'rta maktabda o'qib yurgan kezlarini, urush davri bolalarini, o'quvchilarini quyidagicha tasvirlaydi: «Hamma avlodning ham o'z quvonchlari, o'z tashvishlari bo'ladi. Harqalay, biz urush bolalari maktabga qadam qo'ygan zamon boshqacha edi. O'qituvchilarda ham g'aroyib fidoyilik bormidi-ey... Kiyinish ham, yurish-turish ham... Ayni paytda domlalarimiz dars o'ta turib, temir pechkaga o'tin tashlab qo'yishdan ham erinmasdi... Sinfdagi bolalarham har xil edi. Biri deyarli go'dak, birining ovozi do'rillab qolgan... Urush tugaganiga ko'p bo'lmagan...»

O'tkir Hoshimov o'rta maktabni bitirgach, 1959-1964-yillar mobaynida ToshDU filologiya fakultetining  

jurnalistika bo'limida tahsil oladi. Yozuvchi «Toshkent haqiqati», «Toshkent oqshomi» ro'znomalarida, G'afur G'ulom nashriyotida ishlagan. 1985-yildan esa «Sharq yulduzi» jumalida bosh muharrir bolib ishlagan. U o'z ijodini she'r vaocherklar yozishdan boshlagan. 1991-yilda O'zbekiston xalq yozuvchisi, Oybek va Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo'lgan.


«Dunyoning ishlari» qissasida urush davridagi xalqimiz hayotini, iztirobli kechmishini ifodalaydi. Bu asarni o'qigan o'quvchilar ko'zi oldida jang lavhalarini, o'zbeklarning jang maydonlaridagi jasoratlarini ko'z oldilariga keltiradilar. Tabiiyki, yozuvchi urush dahshatlarini, front hayotini o'z ko'zi bilan ko'rnagan. Ammo, uning bolaligi urush yillari davrida kechgan. Yozuvchining bolaligidagi ayrim xotiralari bu narsani tasdiqlaydi. Yozuvchining «Urushning so'nggi qurboni» hikoyasi ham urush davri voqealarini yana davom ettiradi.

Hikoya hajman kichik bo'lganligi bilan muhim mavzunu ochib bergan. Voqea urush sharoitini, moddiy tanglikni tasvirlash bilan boshlanadi. Yozuvchi bu manzarani tasvirlashda bayon bermaydi. Aksincha, oilaning maishiy buyumlarini, atrof-muhitning manzarasini chizish bilan ifodalaydi. Oila boshlig'i Shoikrom-inson chidashi qiyin bo'lgan fojia sababchisi - o'z onasining qotiliga aylanib qoladi

Aslida, bu fojianing bosh sababi urush sharoitidagi moddiy tanglik, tanish-bilishlaning o'limidan darak beaivchi «qoraxat»lar, o'lim to'shagida yotgan Shone'matninga hvolidagi holatini keltirib chiqargan. Shuningdek, Shoikromning kombinatdagi og'ir mehnati, qolaversa, sigirning o'g'irlanishi, endigina rang ola boshlagan qulupnayga begona qo'lning oralab qolgani va boshqa hodisalar qahramonni tutoqtirib yuboradi. Bu holat uni omburdek siqib turgan cdi. U tanglikdan chiqish uchun chora izlaydi va chora topadi. Ya'ni, bir uchi eleklr tokiga ulangan simni qulupnayzorga uloqtiradi. Kutilmaganda fojia ro'y beradi. Tunda onasi Umri xola kasal o'g'li Shone'matga sut olish uchun qulupnayni almashtirish niyatida, qulupnayzorga kiradi va tok ulangan simga ilashib halok bo'ladi.

Aslida, hikoyadagi boshqa qahramonlarning ham ahvoli Shoikromnikidan kam emas. Oila tashvishlaridan qiynalib ketgan Xadicha, «rangi unuqqan chitko'ylak kiyib olgan», kasal o'g'li­ning hasratida iztirob chekkan Umri xola, necha haftalab o'rnidan jilmaydigan xasta Shone'matning ahvoli ham achinarlidir.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

«Agar urush bo'lmaganda, hikoya qahramonlarining ahvoli qanday bo'lar edi»?

1. Shoikrom vijdon azobida qolmas edi. Erkin nafas olgan bo'lar edi.

2. Shone'mat o'lim changalidan qutulib ketgan bo'lar edi.

3. Umri xola farzandlarining rohatini ko'rgan bo'lar edi.

4. Xadichani oila tashvishlari bunchalik qiynamagan bo'lar edi.

5. Odamlarni azobgaqo'ygan «qoraxat»lar kelmagan bo‘lar edi.

« Siz Shoikromning fe'1-atvorida xudbinlik, o'zini o'ylash illatlarini sezdingizmi?»

O'quvchilar bu savolga ham imkoniyatlariga qarab javob beradilar.

1. Kasal ukasidan o'n kunlab hol so'ramaydi.

2. Oiladagi ko'ngilsizliklarning sababini xotinidan qidiradi.

3. Men ham aybdorman degan gapni xayoliga keltirmaydi.



4. Onasi chiqqanida, ovqat qolmadi deb xotinining yolg'on gapirganini bilib turadi. Ammo «Ertalab menga isitib bermoqchidir» deb indamaydi.

V O`uvchilarni baholash

VI Uyga vazifa : Savollarga javob berish
Download 106.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling