Mavzu: O`txona qurilmalar. Qatlamli. Kameral va uyurmali Reja: 1


-rasm. Gorelkalarning joylashish sxemasi


Download 122.94 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi122.94 Kb.
#1022394
1   2   3   4
Bog'liq
O`txona qurilmalar. Qatlamli. Kameral va uyurmali

3.3.-rasm. Gorelkalarning joylashish sxemasi.
O‘rtacha quvvatli qozon qurilmalari uchun asosan gorelkalar o‘txonaning old tomoniga va qarama-qarshi ikki tomonga , yirik qozon qurilmalarida esa burchagiga joylashtiriladi. Gorelkalar o‘txonaning shipiga kamdan-kam hollarda o‘rnatiladi.
Uyurmali o‘txonalar maydalangan ko‘mirni hamda mazutni yoqish uchun mo‘ljallangan.Maydalangan ko‘mir havo bilan birga uyurmali kamera 1 ga beriladi. Kameraga yana yon tomondan ikkilamchi havo beriladi, u 100 m/s tezlik bilan kiradi. Kamerada yonish mahsulotlarining aylanuvchan oqimi hosil bo‘lib, bu oqim yoqilg‘ining yirik donalarini kamera devorlariga otadi va ular bu yerda qizigan havo oqimlari ta’sirida gazga aylanadi.

3.4 – rasm. Uyurmali o‘txonaning sxemasi.
a – gorizontal uyurmali o‘txona; b – vertikal uyurmali o‘txona.
Uyurmali kameradan yonish mahsulotlari yoqilg‘ining yonib bo‘lmagan zarralari bilan birga butunlay (oxirigacha) yonish kamerasi 2 ga, keyin radiatsion soha 3 ga o‘tadi. Suyuq shlak tomchilari shlak tutib qoladigan to‘plam 4 ga yopishib qoladi va undan oqib shlak vannasi 5 ga o‘tadi.
Uyurmali o‘txonalarning afzalliklari quyidagilardir:

  1. Yoqilg‘ining kam ortiqcha havo (1,05–1,1) bilan yonishi, bu hol issiqlikning chiqib ketayotgan gazlar bilan isrof bo‘lishini kamaytiradi;

  2. Maydalangan ko‘mirda (changsimon ko‘mir o‘rniga) ishlash mumkin;

  3. Yoqilg‘ini kuli o‘txonada 80 – 90 % ushlab qolinadi.

Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:



  1. Namligi ko‘p bo‘lgan ko‘mirlarni va uchuvchan moddalar kam chiqadigan ko‘mirlarni yoqish qiyin.

  2. Puflash uchun energiya ko‘p sarf bo‘ladi.


O‘txona qurilmalarining issiqlik-texnikaviy ko‘rsatkichlari. O‘txona bo‘shlig‘ining solishtirma issiqlik kuchlanishi o‘txona ishini tavsiflaydigan asosiy kattalik hisoblanadi. Shu kattalikka asosan o‘txonani loyixalash va qurish masalalari yechiladi, hamda uning ishining samaradorligi aniqlanadi. Bu kattalik Q/Vo‘ nisbat bilan ifodalanadi va 1m3 o‘txona bo‘shlig‘ida vaqt birligi ichida ma’lum bir miqdorda yoqilg‘i yoqilganda ajralib chiqqan issiqlik miqdoriga teng.


Download 122.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling