Mavzu: Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va vazifasi


Bu muskullar ichakning mayatniksimon


Download 0.83 Mb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1251968
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi (4)

Bu muskullar ichakning mayatniksimon
va peristaltic (to’l-qinsimon) harakatini
ta’minlaydi. Ichakning mayatniksimon
harakati natijasida ovqat moddalari ichak
shirasi bilan aralashadi,bu ovqatning
parchalanib,hazb bo’lishini ta’minlaydi.
Ichakning to’lqinsimon harakati ovqat moddalari ichak bo’shlig’I bo’ylab,yuqoridan pastga tomon siljishini ta’minlaydi.Ingichka ichak devoridagi bezchalardan ajraladigan enterokinaza,lipaza fermentlari ovqat hazm bo’lishida ishtirok etadi.Ichak shilliq qavatida vorsinkalar bor .Ular juda murakkab tuzilishga ega bo’lib,qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan.Ichak shilliq qavatining 1 mm sathida 30-40 ta,ichakning butun yuzasida esa 4 millionga yaqin vorsinka bo’ladi.(46-rasm)
Vorsinkalar ovqat moddalarini ichak devorida hazm bo’lishini ta’minlaydi.Buni akademik Ugolev A.I aniqlagan.Parchalangan ovqat vorsinkalar orqali qon va limfa tomirlariga so’riladi.
Yo’gon ichak ingichka ichakning davomi bo’lib,,uning uzunligi katta odamda o’rtacha 1,5 m .U qorin bo’shlig’ida ingichka ichakning atrofini o’rab turadi.
Yo’g’on ichak quyidagi qismlarga bo’linadi:
1)ko’richak va uning chuvalchangsimon o’simtasi(appendiks)
2)ko’tariluvchi chambar ichak;
3)ko’ndalang chambar ichak;
4)tushuvchi chambar ichak;
5)sigmasimon ichak;
6)to’g’ri ichak.
Yo’g’on ichak shilliq pardasida vorsinkalar bo’lmaydi.Yo’g’on ichakda ,asosan suv,mineral tuzlar so’riladi.Bu yerda ovqat qoldig’I quyilib,najas sifatida to’g’ri ichak orqali tashqariga chiqariladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
1.Ovqat hazm qilish organlarini klaster usulida yozib berish:
2.O’quvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish(slaydda jadval tayyorlash)




Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling