Mavzu: Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va vazifasi


Halqum,qizilo’ngach tuzilishi,ahamiyati


Download 0.83 Mb.
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1251968
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi (4)

4.Halqum,qizilo’ngach tuzilishi,ahamiyati.
5.Me’da tuzilishi,ahamiyati.
6.O’n ikki barmoqli ichak,ingichka ichak,yo’g’on ichak tuzilishi ,vazifasi.
Ovqat hazm qilish organlari lablar,og’iz bo’shlig’i,halqum,qizilo’ngach,me’da,o’n ikki barmoqli ichak,ingichka va yo’g’on ichaklar hamda me’da osti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan.
Lablar.Yuqori va pastki lablar
muskullardan iborat bo’lib,ular
og’izning kirish qismini hosil qiladi.
Og’iz bo’shlig’ida tishlar,til,so’lak
bezlarining kanalchalari joylashgan.
Tishlar,ularning tuzilishi va gigiyenasi.
Tishlar ikki xil bo’ladi:sut tishlari-20 ta,
doimiy tishlar32 ta .Sut tishlari bolaning 6 oyligidan ikki yoshgacha chiqadi.Bola olti yoshligidan
To o’n ikki yoshgacha sut tishlari tushib,ularning o’rniga doimiy tishlari chiqadi.Doimiy tishlar soni 32 ta bo’lib,yuqori va pastki jag’da 16 tadan,jag’larning o’ng va chap tomonida 8 tadan bo’ladi,shulardan oldingi ikkitasi kesuvchi(kurak),bittasi qoziq,ikkitasi kichik oziq tish va 3 tasi katta oziq tishlardir.Doimiy tishlarning 28 tasi 12-14 yoshgacha chiqadi.4 tasi ,ya’ni yuqori va pastki jag’lardagi oxirgi katta oziq tishlar(aql tishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi.(rasm)
Tish uch qismdan iborat:tish toji(koronka), bo’yni va ildizi.Tishning ko’rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib,,u oq emal moddasi bilan qoplangan.Bu modda tishga qattiqlik xususiyatini beradi.Tishning milk bilan birikkan joyi uning bo’yin qismi deb ataladi.Tishning ildiz qismi jag’ suyaklariga birikkan bo’ladi.Tishning ichki qismida bo’shliq bo’lib,u yerda qon tomirlari va nerv tolalari joylashgan.Zararlangan tish o’z vaqtida davolanmasa,chirigan tishdagi mikroblar qonga o’tib,yurak,buyrak,jigar,miya kabi hayotiy muhim organlarga og’ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin(45-rasm)
Tishlarning sog’lom bo’lishi ovqatni chaynash,yutish va hazm qilish ,nutqning ravon bo’lishi,so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishda ham muhim ahamiyatga ega .Tishni sog’lom. saqlash uchun har kuni uxlash oldidan tishni tish pastasi yoki tish kukuni bilan tozalash lozim
Til og’iz bo’shlig’ida joylashgan ,muskuldan tashkil topgan organ bo’lib,u ovqatni aralashtirib, tomoq tomonga o’tkazib,uning ta’mini aniqlash vazifasini bajaradi.Tilning eng muhim vazifalaridan biri so’zlarning ravon talaffuz qilinishini ta’minlashdan iborat. Til uch qismdan iborat:uchi,tanasi va ildizidan iborat.Tilning ustini qoplagan shilliq qavatda sezuvchi nerv tolalarining uchlari bo’lib,uning uchida asosan , ildiz qismida achchiq,yon tomonlarida sho’r va nordon ta’mlarni sezuvchi reseptorlar bo’ladi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling