Mavzu; Ovqat va uning tarkibi. Ovqatning kaloriyaliligi va ovqatlanishning fiziologik normalari


Download 16.37 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi16.37 Kb.
#1122164
Bog'liq
2-Mavzu


Mavzu; Ovqat va uning tarkibi. Ovqatning kaloriyaliligi va ovqatlanishning fiziologik normalari.
Reja.

  1. Energiya almashinishni turlari

  2. Yog’lar va ularning biologik qiymati

  3. Uglevodlar va ularning gigienik ahamiyati

Inson tafakkuri qanchalik yuqori bo ‘lsa, shunchalik unumli ovqatlanish tarziga rioya qiladi.
Saidusmon Toshkentiy
Oziq-ovqat mahsulotlari hayvon mahsulotlari va o‘simliklardan olinadigan mahsulotlar hamda mineral moddalardan iborat bo ladi. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlarga go‘sht, sut, tuxum, baliq va ularning mahsulotlari; o‘simliklardan olinadigan mahsulotlarga don mahsulotlari, shuningdek sabzavotlar, mevalar, qo'ziqorinlar; minerallardan olinadiganiga esa osh tuzi kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlari, o‘z navbatida, oziq moddalardan: oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suvdan iborat boiadi. Bu moddalar organizmning normal hayot qobiliyatini saqlab turish, sarflanadigan energiyaning o‘rnini to‘ldirish va hayot faoliyati jarayonida parchalanadigan hujayralar va to'qim alarning o ‘rnini qoplash uchun zarur.
Oziq moddalar
Oqsillar. Har qanday to‘qima va oigan tarkibida asosiy oziq moddalaiga kiradigan oqsillar ko‘p bo‘ladi. Oqsillar organizmda asosan plastik yoki qurilish vazifasini bajaradi. Ammo ular xususan ko‘p sarf qilish kerak bo‘lganda yoki ovqatda uglevodlar va yog'lar yetarli miqdorda bo‘lmaganda, energetik protsesslarda ham qatnashadi. 1 gramm oqsil kishi tanasida yonganda 4 kkal issiqlik ajratadi. Organizm oqsili faqat ovqat bilan tushgan oqsillardan paydo bo‘ladi. Oqsillar ovqat bilan yetarli miqdorda tushmaganda, organizmdagi ko'pchilik organlarda va sistemalarda jiddiy o'zgarishlar ro‘y beradi. Ovqatda oqsil yetarli bo‘lmasligi natijasida bolalarning o‘sishi va rivojlanishi sekinlashadi, katta kishilarda jigar kasalligini paydo qiladi, qalqonsimon va jinsiy bezlarning ishi buziladi, organizmning qarshilik ko'rsatish kuchi susayib ketadi. Ko'pgina aminokislotalar organizmda hosil bo'ladi. Ammo 8 ta aminokislota— lizin, triptofan, fenilalanin, leytsin, izoleytsin, valin, treonin, metionin organizmda hosil bo‘lmaydi, faqat ovqat bilan tushadi. Ular almashtirib bo'lm aydigan yoki hayotiy zarur aminokislotalar deb ataladi. Go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, tuxum kabi hayvon mahsulotlarida aminokisloatalar yig‘imi ancha to‘la bo'ladi. O‘simlikdan olinadigan
Download 16.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling