Mavzu: ’’Oy allasi “


Download 1.32 Mb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi1.32 Mb.
#1070836
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-sinf ona tili 113.Fe’llarning talaffuzi va imlosi

DARSNING BORISHI
I. Tashkiliy qism: a) salomlashish;
b) navbatchi va davomatni
aniqlash;
d) siyosiy savol-javob
O’qituvchi: O’quvchilar bilan salomlashib bo’lgach, ularning darsga tayyorgarligini so’rayman.

  • Hammangiz sog` - omonmi?

  • Bugun darsga tayyormi?

Oquvchilar: - Hammamiz sog`-omonmiz,
Ustoz , darsga tayyormiz.

  • Darsimiz: - Ona tili.

O`quvchilar fan shiorini aytadilar.

  • Ona tilim, onajonim tili bu

  • Beshikdanoq singgan jon- u quloqqa.

  • El-u yurtim, xonumonim tili bu,

  • Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa.

- Har narsadan xabarchi,
- Kim sinfda navbatchi?
- Bugun aprelning 25- sanasi, hafta kuniga chorshanba ,sinfdagi barcha o`quvchilar darsimizda ishtirok etishyapti.
- Rahmat sinf toza, barcha darsga shay ekan.
-3- sinf o`quvchilari DTS lari bo`yicha nimalarni bilishi kerak?
-“Ona tili” darsligimizning muallifini ayting.
Bugungi darsimizda sizlar guruhlarga bo`lingan holda, ishtirok etasizlar va o`zaro bellashasizlar. Ya`ni darsimizni musobaqa tarzida tashkil etamiz.
1 – guruh « Bilimdonlar »
2 – guruh « Donolar »
3 – guruh « Zukkolar « 
Nomi ostida bugun bellashasizlar.Har bir guruhga daraxt tasviri chizilgan varaq beraman. Ushbu daraxtning nomi “Rag`bat daraxti” deb nomlanadi. Bahor faslida tabiat gullarga burkangani uchun guruhlarga « rag`bat » tariqasida gullardan foydalanaman.Dars so`nggigacha qaysi daraxt ko`proq gullarga ega bo`lsa, o`sha guruh g`olib sanaladi.

-Darsimizni boshlaylik,
- Quloq soling, siz andak.
- Yurtboshimiz bu yilga ,
- Nom berdi ayting qanday?

Rim raqamida V sonini ko`rsataman va ushbu son bilan bog`liq qaysi voqea esga tushishini so`rayman.


Harakatlar strategiyasi 2017 – 2021 yillarga mo`ljallanganini va unda 5 ta ustivor vazifalar belgilanganligini aytadilar.
2- aprel-« Xalqaro bolalar kitoblari » kuni

Guruh sardorlarini chaqiraman. Qo`llariga bahor faslida tug`ilgan ajdodlarimiz va shoirlarimiz tasvirini beraman .Ular haqida ma`lumot aytadilar.


Qaysi shoirning ushbu oyda 63 yillik tavallud kuni nishonlanyapti ?

Muhammad Yusuf 1954- yil 26- aprelda tavallud topgan.

  • « Kuch adolatda » deb aytgan buyuk ajdodimiz kim va u qachon tavallud topgan ?


- Amir Temur - yil 9- aprelda tavallud topgan.

  • Buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo`lish burchimiz ekanligini yodda saqlagan holda darsimizni boshladik.

  • Aziz o`quvchilar, biz o`tgan darsimizda « So`z turkumlari » bo`limidan, « Fe`l yasovchi qo`shimchalar » mavzusiga oid mashqlarni bajargan edik.Har bir guruhdan bittadan o`quvchini chaqiraman.Ko`rib turganingizdek, ushbu « So`z turkumlari « deb nomlangan daraxtda, barcha so`z turkumlariga oid ma`lumotlar gullarga yozilib, aralashtirilgan holda daraxtga yopishtirilgan.


Sizning vazifangiz ,o`zingizga berilgan so`z turkumiga oid barcha ma`lumotlarni topish va ularni tartib bilan o`zingizga ajratilgan daraxtga yopishtirishdan iboratdir.

Ular bu shartni bajargunga qadar, qolgan o`quvchilar bilan “Orkestr va Dirijor” nomli didaktik o`yindan foydalanaman.


Bu o`yinda 1- guruh – la fe`l yasovchi qo`shimchasi ishtirok etgan so`zlarni, 2- guruh – illa fe`l yasovchi qo`shimchasi ishtirok etgan so`zlarni, 3- guruh – ulla fe`l yasovchi qo`shimchasi ishtirok etgan so`zlarni men qo`lim bilan ko`rsatganimda to`xtalib qolmasdan aytishlari lozim.
Zo`r kishi birni yiqar,
Bilimdon mingni yiqar.
Birni , mingni so`zlari,
Toping-chi qanday so`zlar ? ( son )
Yana bilimli, tozala, gulchi , tingla kabi so`zlar qaysi so`z turkumiga mansubligini so`rayman.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling