Mavzu: ’’Oy allasi “
Download 1.32 Mb.
|
3-sinf ona tili 113.Fe’llarning talaffuzi va imlosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 – guruh « Bilimdonlar » 2 – guruh « Donolar » 3 – guruh « Zukkolar «
DARSNING BORISHI
I. Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) navbatchi va davomatni aniqlash; d) siyosiy savol-javob O’qituvchi: O’quvchilar bilan salomlashib bo’lgach, ularning darsga tayyorgarligini so’rayman. Hammangiz sog` - omonmi? Bugun darsga tayyormi? Oquvchilar: - Hammamiz sog`-omonmiz, Ustoz , darsga tayyormiz. Darsimiz: - Ona tili. O`quvchilar fan shiorini aytadilar. Ona tilim, onajonim tili bu Beshikdanoq singgan jon- u quloqqa. El-u yurtim, xonumonim tili bu, Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa. - Har narsadan xabarchi, - Kim sinfda navbatchi? - Bugun aprelning 25- sanasi, hafta kuniga chorshanba ,sinfdagi barcha o`quvchilar darsimizda ishtirok etishyapti. - Rahmat sinf toza, barcha darsga shay ekan. -3- sinf o`quvchilari DTS lari bo`yicha nimalarni bilishi kerak? -“Ona tili” darsligimizning muallifini ayting. Bugungi darsimizda sizlar guruhlarga bo`lingan holda, ishtirok etasizlar va o`zaro bellashasizlar. Ya`ni darsimizni musobaqa tarzida tashkil etamiz. 1 – guruh « Bilimdonlar » 2 – guruh « Donolar » 3 – guruh « Zukkolar « Nomi ostida bugun bellashasizlar.Har bir guruhga daraxt tasviri chizilgan varaq beraman. Ushbu daraxtning nomi “Rag`bat daraxti” deb nomlanadi. Bahor faslida tabiat gullarga burkangani uchun guruhlarga « rag`bat » tariqasida gullardan foydalanaman.Dars so`nggigacha qaysi daraxt ko`proq gullarga ega bo`lsa, o`sha guruh g`olib sanaladi. -Darsimizni boshlaylik, - Quloq soling, siz andak. - Yurtboshimiz bu yilga , - Nom berdi ayting qanday? Rim raqamida V sonini ko`rsataman va ushbu son bilan bog`liq qaysi voqea esga tushishini so`rayman. Harakatlar strategiyasi 2017 – 2021 yillarga mo`ljallanganini va unda 5 ta ustivor vazifalar belgilanganligini aytadilar. 2- aprel-« Xalqaro bolalar kitoblari » kuni Guruh sardorlarini chaqiraman. Qo`llariga bahor faslida tug`ilgan ajdodlarimiz va shoirlarimiz tasvirini beraman .Ular haqida ma`lumot aytadilar. Qaysi shoirning ushbu oyda 63 yillik tavallud kuni nishonlanyapti ? Muhammad Yusuf 1954- yil 26- aprelda tavallud topgan. « Kuch adolatda » deb aytgan buyuk ajdodimiz kim va u qachon tavallud topgan ? - Amir Temur - yil 9- aprelda tavallud topgan. Buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo`lish burchimiz ekanligini yodda saqlagan holda darsimizni boshladik. Aziz o`quvchilar, biz o`tgan darsimizda « So`z turkumlari » bo`limidan, « Fe`l yasovchi qo`shimchalar » mavzusiga oid mashqlarni bajargan edik.Har bir guruhdan bittadan o`quvchini chaqiraman.Ko`rib turganingizdek, ushbu « So`z turkumlari « deb nomlangan daraxtda, barcha so`z turkumlariga oid ma`lumotlar gullarga yozilib, aralashtirilgan holda daraxtga yopishtirilgan. Sizning vazifangiz ,o`zingizga berilgan so`z turkumiga oid barcha ma`lumotlarni topish va ularni tartib bilan o`zingizga ajratilgan daraxtga yopishtirishdan iboratdir. Ular bu shartni bajargunga qadar, qolgan o`quvchilar bilan “Orkestr va Dirijor” nomli didaktik o`yindan foydalanaman. Bu o`yinda 1- guruh – la fe`l yasovchi qo`shimchasi ishtirok etgan so`zlarni, 2- guruh – illa fe`l yasovchi qo`shimchasi ishtirok etgan so`zlarni, 3- guruh – ulla fe`l yasovchi qo`shimchasi ishtirok etgan so`zlarni men qo`lim bilan ko`rsatganimda to`xtalib qolmasdan aytishlari lozim. Zo`r kishi birni yiqar, Bilimdon mingni yiqar. Birni , mingni so`zlari, Toping-chi qanday so`zlar ? ( son ) Yana bilimli, tozala, gulchi , tingla kabi so`zlar qaysi so`z turkumiga mansubligini so`rayman. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling