Mavzu: O'yin vaziyatlarini kiritish orqali talabalarning bilim va ijodiy faolligini faollashtirish usullari


Download 386.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana06.05.2023
Hajmi386.92 Kb.
#1433975
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DARSLAR OYIN




MAVZU:
 
O'YIN VAZIYATLARINI KIRITISH ORQALI 
TALABALARNING BILIM VA IJODIY FAOLLIGINI FAOLLASHTIRISH 
USULLARI 
 
 MUNDAREJA: 
ASOSIY QISM 
I BOB. DARSLARDA O’YIN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
1.1. TA’LIMDA O’YINLI MASHG’ULOTLARDAN FOYDALANISH 
MAQSAD VA VAZIFALARI 
1.2. DIDAKTIK O’YINLI MASHG’ULOTLARNING O’ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
II.BOB. O’QITISHNING FAOL PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI 
2.1. 
INNOVATSIYA 
VA 
INNOVATSION 
JARAYON 
HAQIDA 
TUSHUNCHA. INNOVATSION JARAYON BOSQICHLARI. 
2.2.INNOVATSION PEDAGOGIKA. 
 
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



KIRISH 
 
Ta’lim jarayonida o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida 
qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchlarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati 
orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchlarning ta’lim olish faoliyati o’yin 
faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi. 
Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
- o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi; 
- o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot 
madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; 
- shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon 
yaratiladi; 
- hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va 
mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; 
- o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga 
barham berish imkoniyati yaratiladi; 
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi
- insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, 
ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor 
qaratiladi; 
- o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda 
tutiladi. 
Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’quvchlarning bilim olish va o’yin faoliyatining 
uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, 
konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin. 
O’qituvchi-pedagog avval o’quvchlarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra 
guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan 
so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. CHunki o’quvchlar didaktik 
o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va 
malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik
o’zaro yordam vujudga kelishi lozim. 

Download 386.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling