Mavzu: O’yinning tugashi Reja: O’yin rahbarlarining asosiy vazifalari. O’yinni tushuntirish va o’tkazish


O’YINNI O’TKAZISHGA TAYYORGARLIK KO’RISH


Download 55.79 Kb.
bet2/6
Sana13.04.2023
Hajmi55.79 Kb.
#1352985
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’yinning tugashi

O’YINNI O’TKAZISHGA TAYYORGARLIK KO’RISH.
O’yinni tanlash eng avvalo dars oldiga qo’yilgan vazifaga bog’liq bo’ladi. Chunki uni aniqlashda, rahbar bolalarni yosh xususiyatlarini, ularni rivojlanishini, jismoniy tayyorgarligini, bolalarni sonini va o’yinni o’tkazish sharoitini xisobga oladi.
Harakatli o’yinlarda 3 dan to 300 tagachan kishi qatnashishi mumkin.
Tashabbuskorlik sharoitida xammadan ko’ra ko’proq tez-tez 3-10 ta o’yin qatnashchilariga mo’ljallangan o’yinlardan foydalaniladi. Ular odatda bolalar bilan mustaqil ravishda xovlilarda, maydonchalarda, shuningdek har xil yig’ilishlarda tashkil etiladi. O’qituvchi, tarbiyachi, yetakchilar rahbarligida tashkil etilgan mashg’ulotlar (darsda, yig’ilishlarda, dam olish oromgoxlarida o’tkaziladigan mashg’ulotlarda, sport maktabida) 20-40 ta harakatli o’yinlar o’tkaziladi. Katta bayramlarda kechalarda va bolalar ko’p to’plangan ommaviy sayillarda 100-300 o’yin qatnashchilariga mo’ljalangan ommaviy harakatli o’yinlardan foydalanish mumkin.
O’yinni tanlashda albatta o’tkaziladigan mashg’o’lotni shaklini xisobga olish shart (darsda, tanaffusda, zvenolar, bayramlarda, sayrlarda). Darsda va tanaffusda vaqt chegarlangan bo’ladi; o’yin mazmuni va vazifasi dasrdagiga ko’ra, tanaffusda boshqacha bo’ladi; bayramlarda ayniqsa ommaviy va attraktsion o’yinlaridan foydalaniladi bu o’yinlarda har xil yoshdagi bolalar va turli tayyorgarlikdagi bolalar qatnashishlari mumkin.
O’yinni tanlash va o’tkazish to’g’ridan-to’gri uni joyiga bog’liq bo’ladi. Unga katta bo’lmagan tor zalda, maydonchada yoki yo’lakchada o’yin bir chiziqqa saflangan xolda o’tkaziladi, u o’yinda o’ynaydiganlar navbatma-navbat qatnashadilar. Katta zalda yoki maydonchada tarqalib yugurish katta va kichik koptoklarni uloqtirish va sport o’yinlari elementlari bilan o’ynaladigan o’yinlarni o’tkazish mumkin. Shahardan tashqariga sayrga va ekskursiyaga chiqqan vaqtida joylarda o’tkaziladigan o’yinlardan foydalaniladi. Qishda maydonchada qishki o’yinlar chang’ida, konkida, chinada va qardan har xil shakllar qorqizlar yasash mumkin.
Ochiq xavoda o’yinni o’tkazishda obi-xavo sharoitini (ayniqsa qishda) xisobga olish zarur. Agarda havo xarorati past bo’lsa bunday paytda barcha o’yin qatnashchilari faol harakat qilishlari kerak. O’yinda ko’p turib qolish va o’zini navbatini ko’p kutib qolish xolatlaridan qochib qutilish kerak. Kunni issiq paytlarida eng yaxshisi kam harakatchang o’yinlardan foydalanilgani ma’qul, chunki o’yin qatnashchilari o’yin topshiriqlarini navbat bilan bajaradilar.
Shuningdek o’yinni tanlashda qo’llanmalar va asbob-anjomlarni bor bo’lishiga bog’liq. Tegishli asbob-anjomlarni yo’qligi va uni noto’g’ri almashtirish o’yinni buzilishiga olib keladi.
Raxbar jismoniy tarbiya bo’yicha dasturidagi o’yinlar, to’plamlardan, bolalar o’rtasida yaxshi o’ynaladigan o’yinlar, raxbarni va bolalar jamoasi va mustaqil ijodiy yangi o’yin variantlaridan foydalaniladi. Ushbu maqsad uchun belgilangan tarbiyaviy jixatdan ko’proq tez-tez samara beradigan yangi shakldagi, ijodiy qayta ishlangan o’yinlarni yangi shakliga ega bo’ladi.
Bolalarni katta sportga bo’lgan katta qiziqishi bilan bog’liq juda ko’p o’yinlar sport o’yinlari va boshqa sport turlari elementlari bilan yaratilgan. Bu kichik va o’rta yoshdagi o’quvchilari qulidan keladigan ular uchun turli-tuman sport turlariga ishtirok qiladigan shaklda ishtirok etishga ruxsat beradi: basketbolda (“To’p uchun kurash”, “To’p kapitanga”, “To’rt tomonga to’p uzatish”), voleybolda (“Voleybolchilarni to’p uzatishi”, “To’pni uzatdingmi o’tir”).
Tarbiyaviy axamiyatga ega bo’lgan milliy harakatli o’yinlarni kengroq ommalatirish zarur. Bu esa har xil millat bolalari o’rtasida do’stlikni, har xil xalqlarni turmush xayoti va madaniyati ularni o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishga yordam beradi.

Download 55.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling