Mavzu: O’yinning tugashi Reja: O’yin rahbarlarining asosiy vazifalari. O’yinni tushuntirish va o’tkazish
Download 55.79 Kb.
|
O’yinning tugashi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’YINNI TAXLIL QILISH.
- Darslik va oquv qollanmalar royhati.
O’YIN NATIJALARIGA YAKUN YASASH.
O’yin natijalarini aniqlash katta tarbiyaviy axamiyatga egadir. Rahbar o’yin tomom bo’lgandan keyin uni natijasini aytishi shart. Buning uchun tinch sharoit yaratishi kerak, agarda kerak bo’lsa, yordamchilardan ochkoni xisobga olib boruvchilardan ma’lumotni yig’ib oladi va natijani baland ovozda e’lon qiladi. Hech qachon xakam bilan etishishga yo’l qo’ymasligi zarur. Chunki xakamni qarori barcha uchun majburiydir. O’yin natijalarini aniqlashda nafaqat tezlikni biroq u yoki bu topshiriqni sifatli bajarishini xisobga olishni, buni o’yin qatnashchisini oldindan ogoxlantirish kerak. raxbar o’yin tugagandan keyin ayrim o’yinchilarni harakatlariga va umuman o’tkazilgan o’yinga baxo berish o’yin natijalariga yakun yasaydi. O’YINNI TAXLIL QILISH. O’yinni natijalarini e’lon qilishda o’yinni tushinib etish, o’yin qatnashchilari tomonidan texnik usullar va texnikasida qo’yilgan xatosini ko’rsatib berish zarur. Kichik maktab yoshidagi bolalarga o’yinni sujetini taxlil qilishda o’yinni sujetini rivojlantirishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni, aloxida rollarni yaxshi bajargan o’yin qatnashchilarini ko’rsatib o’tish juda foydali bo’ladi. Ijobiy tashabbus ko’rsatgan va o’yin qoidalariga rioya qilgan o’quvchilarni aloxida o’rnak uchun ko’rsatib o’tish kerak. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ya’ni o’yin jarayonini o’tkazishini o’zi juda murakkab: u nafaqat bolalarni yosh xususiyatlariga, ishlash sharoitiga, balki bolalarni jamoa bo’lib o’ynashga tayyorgarligiga, ularni kayfiyatiga, o’yin rahbarini o’zining maxoratiga ham bog’liq bo’ladi. O’yinni o’tkazish pedagogik jarayon bo’lib, uni xardoim ham oldindan aytib bo’lmaydi. Bolalar bilan shug’ullanishni amaliy tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’yin jarayonida o’ynovchilarni harakatini taxlil qilishni va tuzatishni bilish, to’g’ri taxlil qilishni va o’yinni raxbari sifatida o’zini xulqini baxolashni bilish o’yinga raxbarlik qilish maxoratini takomillashtirishga yordam beradi. Darslik va o'quv qo'llanmalar ro'yhati. 1- Harakatii o'yinlar T.S Usmonho'jaev F Xo'laev. Toshkent - 1992 y. 2 -Harakatli o'yinlar (ma'ruzalar matni) Rahimqulov K - 2001 y. 3 - Halq milliy o'yinlari F Ho'jaev va boshqalar. 1-qisim. Toshkent 2001 y 4- O'zbek milliy o'yinlar A .N. Normurodov Toshkent. 1999y . 5 - Jismoniy tarbiya bolalar va o'smirlar uchun 1001 mashiq hamda harakatli o'yinlar. Toshkent 2001 y. Rahimqulov K.D. 6. F.Xo’jaev, K.Raximqulov,B.Nigmanov “Harakatli o’yinlar” Toshkent-2005y Download 55.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling