Mavzu: O’zbek adabiy til me’yorlari
Download 236.64 Kb.
|
Adabiy til meyorlari. Tonetik va talaffuz meyorlari-fayllar.org
Adabiy til va uning me’yorlari haqidagi gaplar nutq madaniyati masalasiga bevosita borib taqaladi. Nutq madaniyati adabiy tilning me’yorlarini puxta egallash va ulardan nutqda foydalanish layoqati darajasi demakdir. Bu layoqat darajasi har kimda har xil namoyon bo`ladi (uning kasb-kori, ma’lumoti, madaniyligi darajasiga qarab). Nutq madaniyati keng tushuncha bo`lib, shaxsning atrofdagilarga muomalasi, madaniyati ham, yozma va og`zaki nutqining barcha ko`rinishlari ham shu tushuncha doirasiga kiradi.Adabiy til va uning me’yorlari haqidagi gaplar nutq madaniyati masalasiga bevosita borib taqaladi. Nutq madaniyati adabiy tilning me’yorlarini puxta egallash va ulardan nutqda foydalanish layoqati darajasi demakdir. Bu layoqat darajasi har kimda har xil namoyon bo`ladi (uning kasb-kori, ma’lumoti, madaniyligi darajasiga qarab). Nutq madaniyati keng tushuncha bo`lib, shaxsning atrofdagilarga muomalasi, madaniyati ham, yozma va og`zaki nutqining barcha ko`rinishlari ham shu tushuncha doirasiga kiradi. Nutq madaniyati yuqori bo`lgan kishi, birinchidan, o`z nutqini to`g`ri, adabiy til me’yorlariga muvofiq tuzadi, ikkinchidan, til vositalaridan eng muvofiq, eng ko`rkamlarini tanlab olib, nutqining ham to`g`ri, ham jozibali bo`lishiga erishadi. Nutqning ixchamligi, mazmundorligi ham katta ahamiyatga ega. Shu o`rinda ikki buyuk shaxs – genial san’atkor Charli Chaplinga genial olim Albert Eynshteynning xati va u xatning javobini keltiramiz, chunki bu ikki xat nutq madaniyatining yuqorida ko`rsatilgan hamma talablariga to`la javob beradi: Aytishlaricha, Charli Chaplin kinolarini zo`r qiziqish bilan ko`rgan Albert Eynshteyn iste’dodli artistga xat orqali o`z minnatdorchiligini yo`llagan: “Janob Chaplin, Siz yaratgan filmlar juda ajoyib. O`ylaymanki, ularni Yer kurrasning hamma joyida tushunishadi va Siz, albatta, mashhur bo`lasiz!” Chaplin esa unga quyidagicha javob xati yuborgan ekan: “Men to`g`rimda yaxshi fikrlar aytganingiz uchun Sizdan minnatdorman. Biroq men ham o`z navbatida boshqa bir narsadan hayratdaman. Sizning “Nisbiylik nazariyangiz”ni Yer yuzida hech kim tushunmaydi-yu, lekin, shunga qaramay, Siz ham mashhursiz!”.Nutq madaniyati yuqori bo`lgan kishi, birinchidan, o`z nutqini to`g`ri, adabiy til me’yorlariga muvofiq tuzadi, ikkinchidan, til vositalaridan eng muvofiq, eng ko`rkamlarini tanlab olib, nutqining ham to`g`ri, ham jozibali bo`lishiga erishadi. Nutqning ixchamligi, mazmundorligi ham katta ahamiyatga ega. Shu o`rinda ikki buyuk shaxs – genial san’atkor Charli Chaplinga genial olim Albert Eynshteynning xati va u xatning javobini keltiramiz, chunki bu ikki xat nutq madaniyatining yuqorida ko`rsatilgan hamma talablariga to`la javob beradi: Aytishlaricha, Charli Chaplin kinolarini zo`r qiziqish bilan ko`rgan Albert Eynshteyn iste’dodli artistga xat orqali o`z minnatdorchiligini yo`llagan: “Janob Chaplin, Siz yaratgan filmlar juda ajoyib. O`ylaymanki, ularni Yer kurrasning hamma joyida tushunishadi va Siz, albatta, mashhur bo`lasiz!” Chaplin esa unga quyidagicha javob xati yuborgan ekan: “Men to`g`rimda yaxshi fikrlar aytganingiz uchun Sizdan minnatdorman. Biroq men ham o`z navbatida boshqa bir narsadan hayratdaman. Sizning “Nisbiylik nazariyangiz”ni Yer yuzida hech kim tushunmaydi-yu, lekin, shunga qaramay, Siz ham mashhursiz!”. Download 236.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling