Mavzu: O’zbek adabiy til meyorlari
Download 28.87 Kb.
|
O\'BEK ADABIY TIL MEYORLARI.ABDULLA QAHHOR
Mavzu:O’zbek adabiy til meyorlari. Adabiy til “umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum normaga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi formasidir ” (Hojiyev A., Lingvistik terminlarning izohli lug`ati, T.,”O`qituvchi”,1985,12-bet). O’zbek xalq adabiy tilining shakllanishi o`zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy nomi bilan bog`liq. Navoiy “Xamsa”, “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub”, ”Muhokamatul lug`atayn” kabi asarlari bilan o`zbek adabiyotini yuksaklikka ko`tardi va ayni paytda xuddi shu ulkan va bebaho ijodi bilan yagona o`zbek xalq adabiy tiliga asos soldi. Alisher Navoiy hamma vaqt turkiy (o`zbek) tilni ulug`ladi, uning boyligini o`z ijodi bilan namoyon qildi, boyligiga boylik qo`shdi O’zbek xalq adabiy tilining rivojida Boburning she’riyati va birinchi o`zbekcha nasriy asar “Boburnoma”ning yozilishi, XVIII-XIX asr o`zbek demokratik adabiyotining yirik vakillari Turdi Farog`iy, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Maxmur kabi shoirlarning ijodi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Xalq manfaatini himoya qilgan bu shoirlar, albatta, xalqning ahvolini, turmushi, dard va orzularini yaxshi bilganlar hamda o`z ijodlarida xalq ruhiga mos keluvchi, uning kechinmalarini ifodalovchi, xullas, unga yaqin, xalqona so`z va iboralarni ko`plab qo`llab, adabiy tilni boyitishga, uni xalqqa yaqinlashtirishga xizmat qilganlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O`rta Osiyo chor Rossiyasiga qo`shib olinishi bilan o`lkadagi ijtimoiy-siyosiy tuzum, umuman, turmush o`zgarib ketdi va o`zbeklar hayotiga ruslar hayoti va iqtisodiyotiga oid ko`plab yangi buyum, jihoz, iste`mol mollari kirib keldi, rasmiy idoralar ish yuritish tartibi o`zgardi, dunyoviy ilmlarni o`qitish dargohlari ochildi. Bularning hammasi o`zbek tilida ko`plab yangi so`zlar va iborlarning ham paydo bo`lishiga olib keldi. O`sha davr shoirlari va tarjimonlari ijodida manashu jarayon yaqqol o`z ifodasini topgan. Masalan, Furqatning “Vistavka xususinda”, “Gimnaziya”, “Royal xususinda” kabi masnaviylari, Muqimiyning “Hajvi Viktor boy”, “Veksil”, “Moskovchi boy ta’rifida”, “Ta’rifi pech”, Zavqiyning zamon o`zgarishlarini aks ettiruvchi turkum she’rlarida qo`llangan telegraf, telpon, pech, dabernas (доверенность), bo`lus (волость), kontur, chas (часть), samovar, suruk (срок), do`g`ma (дума), davay, kalish, gazetxona, fonus, purjina, uyoz, shapka, piyon, zovut, kupes so`zlari haqiqatan fikrimizning isbotidir. Til ijtimoiy ongning ko`rinishlaridan biri, jamiyat a’zolari orasida kommunikatsiyaning eng muhim omili bo`lgani uchun uning rivojlanishi ham o`z navbatida yana shu ijtimoiy hayot bilan, bu hayot egalarining aqliy, ilmiy, madaniy saviyalari, shu hayot asosidagi iqtisodiyotning ham rivoji bilan uzviy bog`liq. Shu jihatdan olganda Oktabr inqilobiy to`ntarishidan keyingi sovet tuzumi davrida sobiq SSSR tarkibida XX asrning 90-yillarigacha bo`lgan O`zbekistonda hayotning tubdan o`zgargani, hokimiyatning mehnatkash qo`liga o`tgani hamda xalqni savodli, ilmli, sog`lom bo`lishi, erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqli bo`lishlariga ko`p ahamiyat qaratildi. Shu bilan birga, xalqning diniy e’tiqodlari, o`ziga xos milliy udumlariga, tiliga, aksincha, e’tibor kamaydi; chunki bu zamonda tabiat va jamiyat qonunlari materialistik falsafaga suyanib ish ko`rar edi. SSSRdagi barcha respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham “qardoshlik va birodarlik tili” bo`lgan rus tilining ta’siri kuchli edi. Eng avvalo, rus kirill grafikasi asosidagi alfavitga o`tildi, undan keyingi yillarda esa sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, madaniyat va san’at, ilm-fanning tez sur’atlardagi taraqqiyoti bilan bog`liq holda rus tilidan bevosita va bilvosita Yevropa tillaridan ko`plab so`zlar, affikslar hamda qisqartmalar o`zlashtirila boshlandi. Ruscha va internatsional so`zlar hisobiga bu davrda o`zbek tili beqiyos darajada boyidi. Hatto rus tili O`zbekistonda aholining ikkinchi tiliga aylandi, bilingvizm yuzaga keldi. Bu o`zbek tilining tashqi omil hisobiga boyishi edi. Ichki omillar hisobiga tilimizning o`zgarib, boyib boorish jarayoni esa susayib ketdi. Ayniqsa, milliy turmush tarziga xos so`zlar, iboralar, murojaat so`zlari, qo`shimchalar qo`llanishdan chiqib bordi. Masalan: rag`at (muhit), imlama mehmondorchilik, iskart (o`lchov, me’yor, chegara), avsat (to`n) – o`rtahol (to`n), arrapusht (umurtqa suyagi), imoratsoz, sandiqzada, porom, po`kach, kursi, bozorchi, kosib, chilangar, qandolatpaz, g`oyibona, nuridiyda, toqati toq, doli guliga kelibdi kabi. O`zbek tiliga rus tilidan va u orqali boshqa tillardan so`z o`zlashtirilishiga bir umumiy nazar tashlagandayoq, bu so`zlar o`z davrining ruhiyatini aks ettirishini kuzatish mumkin. Demoqchimizki, 30-yillardagi o`zlashtirilgan so`zlar 40-yillarnikidan,bu davrlarga xos so`zlar esa 50-70 – yillar oralig`ida o`zlashgan so`zlardan farq qiladi. Adabiy tildagi salmog`I va og`zaki so`zlashuv nutqidagi salmog`I nisbati ham. Masalan, 30-40 – yillar davriga xos o`zlashgan so`zlarga misol qilib: samovar (choyxona ma’nosida), doktorxona, park, izvosh, pristav, notarius, akatsiya, “Russko-aziatskiy bank”, pivoxona,vaza, rezinka, ofitser, turma, gazeta, internat, amrikon, minut, kilimetr, kolxoz, tabelchi, progul, stol, patefon, kachalka, membrane, shaxmat, shirkat, ferma, pochtaxona, adres, blanka, akademiya, institute, metod, poyezd, kerosin, ZAGS, aktiv, rayon soveti, uborshitsa, dokladchi, shofyor, gruzovoy mashina, portret, staxanovchi, chislo, byulleten, rabfak, texnikum, kanselariya, praktikum, minimum, maksimum, sud, sudya, ekspluatatsiya, realism, obyekt, fiziologiya, direktor, otvod, nomer, traktorist, plastinka, pojar, kultura, borjom kabi qator so`zlarni keltirish mumkin. 50-70 – yillarda o`zlashgan so`zlar esa Ikkinchi jahon urushidan keyingi tinch qurilish, xo`jalik va sanoatni rivojlantirish, fan-texnika va madaniyat, yuksalgan SSSRdagi xalqlarning do`stligi kundalik turmushimizning belgisiga aylanib ketgan yillarda esa quyidagi so`zlar amalda bo`lgan: Vilt, godovoy,gudok, dejur, doxod, ideya, kadr, kandidat, kanikul, kvalifikatsiya,, kvartal, besh yillik, kitel, klesh,klub, kollektiv, mayovka, konkurent, zayom, zakaz, otvyortka, parad, povestka, nakladnoy, proba, pristup, razbor, priyomnik, sberkassa, sbor, setka, sort, spekulant, staj, etaj, subbotnik, schotchik, klass, tipovoy, podxod, ukol, propiska,, chekanka, polka, chexol, shuba, sessiya, kanal. Bu so`zlar shunchalik faol va keng qo`llanar ediki, ularni adabiy til me’yori darajasida qabul qilish mumkin edi. Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi; ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi. Qobil boboning qo‘shnisi - burunsiz ellikboshi kirdi. U og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi; negadir ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va past tovush bilan dedi: – Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi! Uning og‘ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag‘ishlagan edi, bu so‘zi haddan ziyod sevintirdi. Chol yig‘lab yubordi. – Xudo xayr bersin... Ola ho‘kiz edi... Odamlar, o‘g‘ri devorni qachon va qanday asbob bilan teshgani, ho‘kizni qaysi tomonga olib ketgani, uni qaysi bozorda sotishi mumkin ekanligi to‘g‘risida bahslasha-bahslasha tarqaldi. G’ovur bosildi. Qobil boboning kampiri yig‘idan to‘xtab, ellikboshini duo qila ketdi. Ellikboshi o‘g‘ri teshgan yerni yana bir ko‘rdi. Qobil bobo qo‘l qovushtirib uning ketidan yurar va yig‘lar edi. Yig‘lama, yig‘lama deyman! Ho‘kizing oq poshsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa, topiladi. Ellikboshi ho‘kizni juda naqd qilib qo‘ydi – go‘yo u ko‘chaga chiqsa bas – ho‘kiz topiladi. Bu "xudo yallaqagur" shunchalik qilgandan keyin bir nima berish lozim-da. Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi. Bu odam ellikboshi bo‘lish uchun ozmuncha pul sochganmi? Mingboshining bir o‘ziga yetti yuz bog‘ beda, bir toy bergani ma’lum. Poshsholikdan oylik yemasa! Qobil bobo hamyonini qoqishtirib, borini ellikboshiga berdi, yana qancha duo qiddi. Ellikboshi beto‘xtov aminga xabar qil-moqchi bo‘lib chiqib ketdi. O’zi chaqirtiradi. Bir hafta o‘tdi. Bu bir hafta ichida kampir "duoning zo‘ri bilan qulf ochadigan" azayimxonga obdastagardon qildirgani qatnab yarim qop jiyda, uch yelpish tovoq jo‘xori, ikki kalava ip eltdi, ammo ish chiqmadi. Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning oldiga bordi. Aminning tepa sochi tikka bo‘ddi: — Ha, ho‘kizni uylariga eltib berilsinmi?! Axir, borilsin, arz qilinsin-da! Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi! Qobil bobo yor-do‘stlari bilan kengashdi — pristavga puldan boshqa nima olib borsa bo‘ladi? Ma’lum bo‘ldiki, uni begim deguncha kishining beli sinar ekan. Uchta tovuq, garchi biri kurk bo‘lsa ham, Qobil boboning o‘zidan chiqdi. Yuzta tuxumni qo‘ni-qo‘shni, yor-birodarlar o‘zaro yig‘ib berdi. Ammo bu tortiq bilan tilmochdan nari o‘tib bo‘lmadi. Tilmoch tortiqni oldi va beto‘xtov pristavga yaxshilab tushuntirishni va’da qildi. Cholning butun bo‘g‘inlari bo‘shashib ketdi, keyin tutoqishdi, ammo go‘rda bir narsa deya oladimi! "O’ynashmagil arbob bilan - seni urar har bob bilan". "Yaxshilab tushuntirilgan" pristav bitta kulangir, bitta farangi tovuq, uch so‘m pulni olganidan keyin, Qobil boboning baxtiga, "beto‘xtov hokimga xabar beraman" demasdan, "aminga bor", deb qo‘ya qoldi. Amin "ellikboshiga borilsin", dedi. Gumoningizni ayting bo‘lmasa! — dedi ellikboshi tajang bo‘lib, - kim olganini men bilmasam, avliyo bo‘lmasam! Olgan odam allaqachon so‘yib saranjomladi-da! Uzoq demasangiz, erinmasangiz ko‘nchilikka borib terilarni bir qarab chiqing. Ammo terisi ko‘nchilikka tushgan bo‘lsa, allaqachon charm bo‘ldi; xudo biladi, kavush bo‘lib bozorga chiqdimi... — Endi bizga juda qiyin bo‘ldi-da. Peshonam sho‘r bo‘lmasa... — dedi chol yerga qarab. Ey, yosh bolamisiz! Nega yig‘laysiz? Kap-katta odam... Bitta ho‘kiz bo‘lsa bir gap bo‘lar, xudo ajalga to‘zim bersin! Men qaynagamga aytayin, sizga bitta xo‘kiz bersin. Bitta ho‘kiz odamning xunimi? Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab qaynatasi— Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi. Paxtafurush cholning holiga ko‘p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita ho‘kiz berdi, lekin "kichkinagina" sharti bor. Bu shart kuzda ma’lum. bo‘ladi... Sotiboldining xotini ogʻrib qoldi. Sotiboldi kasalni oʻqitdi – boʻlmadi, tabibga koʻrsatdi. Tabib qon oldi. Betobning koʻzi tinib, boshi aylanadigan boʻlib qoldi. Baxshi oʻqidi. Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi, tovuq soʻyib qonladi… Bularning hammasi, albatta, pul bilan boʻladi. Bunday vaqtlarda yoʻgʻon choʻziladi, ingichka uziladi. Shaharda bitta doktorxona bor. Bu doktorxona toʻgʻrisida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch parkda, daraxtlar ichiga koʻmilgan baland va chiroyli oq imorat; shisha qabzali kul rang eshigida qoʻngʻiroq tugmasi bor. Chigit poʻchoq va kunjara bilan savdo qiladigan xoʻjayini Abdugʻaniboy omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib oʻladigan boʻlganida bu doktorxonaga bormay Simga[1] ketgan edi. Doktorxona deganda Sotiboldining koʻz oldiga izvosh va oq podshoning surati solingan 25 soʻmlik pul kelar edi. Bemor ogʻirlashdi. Sotiboldi xoʻjayinining oldiga arzga bordi, ammo bu borishdan muddaosi nima ekanini aniq bilmas edi. Abdugʻaniboy uning soʻzini eshitib koʻp afsuslandi, qoʻlidan kelsa hozir uning xotinini oyoqqa bostirib berishga tayyor ekanini bildirdi, keyin soʻradi: Devonai Bahovaddinga hech narsa koʻtardingmi? Gʻavsul aʼzamga-chi? Sotiboldi ketdi. Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur boʻldi – har xil savatchalar toʻqishni oʻrgandi. U ertadan-kechgacha oftobshuvoqda gavronlar ichiga koʻmilib savat toʻqiydi. Toʻrt yashar qizchasi qoʻliga roʻmolcha olib, onasining yuzini karaxt, nimjon, xira pashshalardan qoʻriydi; baʼzan, qoʻlida roʻmolcha, mukka tushib uxlab qoladi. Hammayoq jim. Faqat pashsha gʻingʻillaydi, bemor inqillaydi; har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi: “Hey doʻst, shaydullo banomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo…” Bir kechasi bemor juda azob tortdi. U har ingraganda Sotiboldi chakkasiga burov solingan kishiday talvasaga tushar edi. Qoʻshnisi bir kampirni chaqirdi. Kampir bemorning toʻzigan sochlarini tuzatdi, u yoq-bu yogʻini siladi, soʻngra… oʻtirib yigʻladi. Begunoh goʻdakning saharda qilgan duosi ijobat boʻladi, uygʻoting qizingizni! – dedi . Bola anchagacha uyqu gʻashligi bilan yigʻladi, keyin ota-sining gʻazabidan, onasining ahvolidan qoʻrqib, kampir oʻrgatgancha duo qildi: Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin Bemor kundan-kun battar, oxiri oʻsal boʻldi. “Koʻngilga armon boʻlmasin” deb “chilyosin” ham qildirishga toʻgʻri keldi. Sotiboldi toʻqigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz koʻtardi. “Chilyosin”dan bemor tetik chiqqanday boʻldi; shu kechasi hatto koʻzini ochib, qizchasini yoniga tortdi va pichirladi: Xudo qizimning saharlari qilgan duosini dargohiga qabul qildi. Dadasi, endi tuzukman, qizimni saharlari uygʻotmang.. Abdulla Qahhor' hayoti va ijodi Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qoʻqon shahrida dunyoga kelgan.Otasi Abduqahor temirchilik kasbi bilan Qoʻqon atrofidagi Buvayda,Yaypan,Oqqoʻrgʻon,Qudash,Olqor qishloqlarida biridan ikkinchisiga koʻchib yurardi, oila biror joyda muqim yashamasdi .Boʻlajak yozuvchi dastlabki taʼlimni buvaydadagi eski maktablarning birida tahsil oldi .soʻng Oqqorgʻon qishlogida jadid maktabida tahsil koʻradi.Shuningdek Abdulla Qahhor 1925-yil Toshkentaga kelib kechasi oʻqib kunduzi ishlab kun kechira boshlagan . 1930-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetini bitiradi va Toshkentda turli gazetalarda ishlab, oʻsha vaqtlarda oʻzini asarlarini chop ettiradi .Adibning „Sinchalak“ (1958), „ Muhabbat“ (1968), „Oʻtmishdan ertaklar“(1965) qissalari oʻzbek nasri taraqiyotida muhim oʻrin tutgan asarlardir . Daxshat hikoyasi haqida Abdulla Qahhorning Dahsht hikoyasi haqida toʻxtaladigan boʻlsak u betakror tarza yozilgan hikoyalaridan biridir .Adib koʻplab hikoyalari bilan mashhur ammo uning hikoyalari ichida muhim ahamiyatga ega va taʼsirchan yoritib berilgan asar bu Dahshat hikoyasidir.Bu hikoyada Dodhoning bemehrligi, beparvoligi yaqqol aks etib turadi shuningdek, Dodhoning bunday qiliqlariga ortiq dosh berishni xohlamagan Unsin hattoki izgʻrin shamol uvillab turan paytda, goʻristona borib qumgʻonda suv qaynatib kelishga ham rozi boladi. Aslini olganda bunday havoda oddiy odam goʻristonga borish tugul kochada yurishga qorqadigan bir payt unsinni bemehr dodho uni goʻristonga yuboradi chunki unsinni o'zi bunga rozi bolgan edida buning sababi shundaki, Unsin goʻristonga borib suv qaynatib kelish sharti bilan boradi va u bu shartni bajarolsa oʻz yurti Shohimardonga ota onasini oldiga umurbod ular bilan birga boladi yani shartni uddasidan chiqsa Dodho uni javobini berishi kerek edi . Unsin goʻristonga bordi ham, u suv qaynatib boʻlgach ichidagi ulkan qoʻrquv bilan ketayotganda, paranjisi qolib ketgani yodiga tushadi va ortga qaytib uni olib kelayotgan paytda oyogʻi behosdan yerga kirib ketadi Unsin bundan qoʻriqb oyogʻi oʻlikning qorniga kirib ketganday boʻladi va arang katta koʻchaga chiqib oladi soʻng uyiga qaytayotganda birdan husidan ketadi chunki razil Dodho Unsinni tekshirib kelish uchun oʻz maymunini jonatgandi. U maymun unsinni yelkasiga bir sakragandi.Unsin qoʻrqib yiqildi chunki Unsin uni arvoh deb oʻylagandida va keyin Unsin ancha vaqtdan soʻng oʻziga keladi va arang uyiga yetib keladi va peshinga bormay joni uziladi….. A. Qahhor yozgan: “Bolalik yillariy Farg‘ona vodiysida o‘tgan... O‘ttizinchi yillar o‘rtalarini eslaganimda, menga tartibsiz va g‘alati tush bo‘lib tuyuldi... Bunday xotiralarim ko‘p bo‘lgan. Ular ko‘pincha yuzaga sizib chiqardi, ammo shundaylari ham bo‘lardiki, ular ongimning chuqur xotiralarida qolib ketardi. Anton Pavlovich Chexov bo‘lmaganida, o‘sha yerda umrbod qolib ketardi ham. Bundan o‘ttiz yil muqaddam qo‘limga Anton Pavlovich Chexovning yigirma ikki boblik asarlar to‘plami tushib qoladi. Men bu kitobni deyarli bir necha kun ichida o‘qib chiqdim. G‘ayritabiiy narsa yuz berdi, go‘yo, buyuk hikoyalar muallifi, muhtaram ustoz qo‘limga o‘z ko‘zoynagini tutqazib, “Ko‘zoynakni taq va xalqingni o‘tmishiga nazar boq”, deganday bo‘ldi... Shunday qilib, xayolimda yoshlik surati uyg‘onib, o‘tmish hayoti ko‘zimni oldida yanada ravshanroq namoyon bo‘ldi. Ehtimol, shu sabab o‘ttizinchi yil o‘rtalarida yaratilgan hikoyalarim dardu-g‘amga to‘ladir: “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Millatchilar”, “Shahar bog‘i”...” O‘z asarlari mazmunini boyitish va janr xilma-xilligini kengaytirish ustida tinimsiz ishlovchi o‘ychan va talabchan rassom A. Qahhor, shuningdek, romannafislik va dramaturglikka ham qo‘l uradi. Uning “Shoyi so‘zana” hajviy asari mamlakatimiz va undan tashqaridagi ko‘plab teatr sahnalarini aylanib, alohida shuhrat qozongan. Abdulla Qahhor o‘zbek tiliga rus va sovet adabiyotini tarjima qilgan. (A.S. Pushkinning “Kapitan qizi”, N.V. Gogolning “Revizor” va “Uylanish”, L.N. Tolstoyning “Urush va tinchlik”, A.S. Serafimovichning “Temir oqim”, M. Gorkiyning “Mening universitetlarim”, shuningdek, A.P. Chexov, M.S. Shaginyan, K.A. Trenyov va boshqalarning asarlari). 1968 yilning 25 may kuni Abdulla Qahhorga “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan, o‘limidan so‘ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. 2007 yil O‘zbekiston jamiyati tomonidan Abdulla Qahhor tavalludining 100-yilligi keng nishonlangan. Toshkentda o‘zbek adabiyoti rivojiga bebaho hissa qo‘shgan chinakam xalq yozuvchisiga aylangan ijodkorning haykali o‘rnatilgan. Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotiga ajoyib hikoyasi va ushbu janrning tengsiz ustasi bo‘lib kirib kelgan, ammo u romannafiya va dramaturg sifatida ham ishtirok etadi. Uning hikoyalarida o‘zbek xalqining eng yaxshi jihatlari — sog‘lom aqli, hajviylikka yo‘g‘rilgan hayotiy donoligi namoyon bo‘ladi. Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Abdulla Qahhorga o‘limidan so‘ng “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan. Abdulla Qahhor serqirra iqtidor sohibi. U 1907 yil 17 sentabr kuni Qo‘qonda tug‘ilgan. Abdullaning otasi temirchi bo‘lib, oilasi qishloqdan qishloqqa vaqtincha ish qidirish ilinjida ko‘chib yurgan. Kechqurunlari otasi unga suratlar tushirilgan eskirib ketgan kitoblardan hikoyalar o‘qib berardi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, otasi Abdukahhor Jalilov va onasi Rohat o‘g‘liga boshlang‘ich ta’limni bera olishgan. 1919 yildan 1924 yilgacha Abdulla maktabda o‘qiydi, so‘ngra o‘qishini Qo‘qon texnikumida davom ettiradi. Qo‘qon pedagogika texnikumini tugatib, 1924-1926 yillar Qo‘qon davlat komsomollar qo‘mitasida ishlaydi, so‘ngra Toshkentdagi “Qizil O‘zbekiston” gazetasi tahririyatida ishlaydi. 1926-1934 yillar ishchilar fakultetida, keyin birinchi O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oladi. 1934-1938 yillar “Sovet Adabiyoti” jurnalida mas’ul kotib, 1938-1939 yillar Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatrining adabiy bo‘limiga boshchilik qiladi. 1939 yildan O‘zbekiston nashriyotlarida muharrir va tarjimon bo‘lib ishlaydi. O‘zbek SSR Qo‘shma korxonasi prezidiumi raisi (1954-1956). 1955 yil O‘zbek SSR Oliy Kengashi deputati etib saylanadi. Download 28.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling