Nazorat uchun savollar


Download 31.5 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi31.5 Kb.
#111941
Bog'liq
2-mavzu Ismoilov.T.


Nazorat uchun savollar:

1.Xizmatlar sohasida mehmondorchilikning ahamiyati va o’rni

2.Jahon industriyasida mehmonxona industriyasining o’rni va bugungi holati

3.Jahon mehmondorchilik industriyasining zamonaviy yo’nalishidagi rivojlanishi

4.O’zbekistonda mehmondorchilik industriyasiningrivojlanish xususiyatlariva unga tasir ko’rsatuvchiomillar.
1.Mehmonxonalar faoliyatida servis va xizmat ko‘rsatish darajasini har jihatdan rivojlantirish, mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati va farovon hayot barpo etishning muhim omillaridan biridir
Hozirgi kunda respublikamizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Turistlar uchun mavjud turistik obyektlarni tomosha qilishlari uchun xizmat ko‘rsatish darajalari ham tobora yaxshilanib bormoqda.
Oldingi yillarga qaraganda mamlakatimizga tashrif buyuruvchilar soni ham keskin oshmoqda. Bu esa turizm sohasida katta yangilanishni taqozo etdi. Chunki, turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi mehmonxonalarni sifat jihatdan yaxshilash kerakligini davr taqozo qildi.
Bugungi kunga kelib respublikamizdagi mavjud mehmonxonalarning aksariyati qayta ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy qilindi. Hozirgi kunda zamon talablari darajasida ya’ni 3-4-5 yulduzli mehmonxonalar mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Bu esa davlat budjetiga valyuta tushumini oshirmoqda va shu bilan birga aholining ish bilan ta’minlanishiga imkon yaratmoqda.
Bilamizki, so’nggi bir necha yillar davomida mamlakatimizda turizm sohasining asosi bo’lgan mehmonxonalar industriyasi jadal rivoj topmoqda. Shuningdek, yuqori darajada xizmat ko’rsatuvchi mehmonxonalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, aholining ish bilan ta’minlanishi va o’z navbatida sayyohlikning ham yanad rivojlanishiga imkon yaratadi. Quyidagi chizma asosida poytaxtimizdagi mehmonxonalar industriyasining rivojlanish holatini ko’rishimiz mumkin.

2.Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga (mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi narx-navoga qarab ko‘p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi. Har yili ommaviy axborot vositalari ko‘p sonli mijozlarga mazkur servis turidagi faoliyatning yangi shakllari haqida ma’lumot beradi.


Bundan 100 yil oldin joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turi mavjud bo‘lgan:
jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar;
aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar.
Vaqtini yo‘lda o‘tkazishga majbur bhlgan odamlarda tanlash imkoniyati bo‘lmagan. Bugungi kunda mehmonxona mahsulidan foydalanuvchilarga joylashtirish korxonalarining rang-barang shakllari va turlari, chunonchi, iqtisodiy klassga mansub bo‘lgan hashamatli otellar va mehmonxonalar, motellar, kempinglar va h.k. taklif qilinadi. Har bir odam o‘z didi va puliga qarab hzi uchun ma’qul variantni tanlash imkoniyatiga ega.
O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo‘shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bhlgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat ko‘rsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar.
Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi, shuningdek vaqti-vaqti bilan mehmonxona xizmati yangi-yangi turlarining paydo bo‘lishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli qilib qo‘yadi. 24-jadvalda dunyoning aksariyat davlatlariga xos bo‘lgan 7 har xil toifa bo‘yicha mehmonxona korxonalari 9 turining solishtirma tavsifi berilgan.
Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig‘imiga, qavatlariga, konstruksiyasining tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga (yillik, mavsumiy), joylashgan yeriga (shahar, kurort va h.k.), ular nima maqsadga mo‘ljallanganligiga, oziq-ovqat bilan ta’minlanganligiga, narx-navo darajasiga qarab farqlanadi. Loyihalash paytida bu omillarning barchasi hisobga olinadi va mehmonxona xonalarining tarkibiga, binoning memorlik-tarx tuzilishiga va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatadi. Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sig‘imi, necha qavatdan iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi.

3.Turizm bugungi kunda tez rivojlanayotgan va daromadi bo’yicha yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. So’nggi yillarda turizm jahon eksportida o’zining ulkan hissasiga ega bo’ldi va butunjahon yalpi ichki mahsulotining 11%ini tashkil qilmoqda. So’nggi 40 yil davomida boshqa mamlakatlarga tashrif buyuruvchi turistlar soni 20 martaga turizmdan keluvchi daromad 60 martaga oshdi va xalqaro turizmdan olinuvchi daromad 400 mlrd dollarga etdi.


Xususan, O`zbеkistоnda erishilayotgan muvaffaqiyatlar zaminida iqtisоdiyotni libеrallashtirishni chuqurlashtirish, mamlakatni mоdеrnizatsiyalash, barcha sоhalarni, хususan, hizmat ko`rsatish sоhasining еtakchi tarmоqlaridan biri bo`lgan turizmni ham barqarоr rivоjlantirish yotibdi.
Rеspublika Prеzidеnti I.A.Karimоv ta'kidlaganidеk "Barchamizga ayonki, хizmat ko`rsatish sоhasi iqtisоdiyotimizni barqarоr rivоjlantirishning eng muhim manbai va оmili hisоblanadi. Jahоn tajribasi bugun aynan ushbu sоha yalpi ichki mahsulоtni shakllantirish, ahоli bandligini ta'minlash, оdamlarning farоvоnligini оshirishda еtakchi o`rin tutishini ko`rsatmоqda"[1]. Darhaqiqat, hоzirgi kunda hizmat ko`rsatish tarmоg`ining muhim tarkibiy qismi bo`lgan turizm sоhasini jadal sur'atlarda rivоjlantirish mamlakatimiz iqtisоdiyotining ustuvоr yo`nalishlaridan biri hisоblanadi.
Turizm dunyo tamaddumining bosh gultoji bo`lib, hozirgi kunda sayohat insoniyat maqsadlarining asosini tashkil qilib kelmoqda. Ayniqsa, milliy turizmning rivojlantirish istiqbollari, O`zbekistonda turizm industriyasining jahon bozoridagi mavqeini oshirishga ko`maklashadi. Fikrimizning isboti sifatida bugungi kunda turizm sohasida katta yutuqlarga erishilayotganligi, tez sur’atlar bilan o`sib borayotganligi, yangidan – yangi mehmonxonalarning barpo etilayotganligi, ishchi o`rinlari sonining ko`payishi, malakali mutaxassislarning ortib borishi, turistlar oqimining yildan – yilga ko`payayotganligini ta’kidlab o`tishimiz joiz deb hisoblaymiz. Albatta O`zbekistonning qulay iqlim sharoitlari va o`ziga xos landshaftini inobatga olganda sport va ekologik turizmning rivojlanishi uchun barcha asoslar mavjud. Farg'ona vodiysi va Toshkent viloyati ajoyib tog' tizimlari, gullagan vodiylar va ajoyib tog' daryolariga boy. Tog'ning toza havosi, yil davomida quyoshli kunlarning ko`pligi, ajoyib tog' manzaralari nafaqat O`zbekiston fuqarolarining, balki Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston kabi qo`shni mamlakatlarning aholisi ham tashrif buyuruvchi turizm obyektlariga aylanishiga imkon beradi. O`zbekiston hududida mineral suvlarning turli xil turlari keng tarqalgan, mamlakatdagi 300 dan ortiq shifobaxsh yer osti mineral suv manbalariga ko`plab odam tashrif buyuradi. Hozirgi kunda bu manbalardan 121 tasi faoliyat yuritmoqda. Chimyon va To`rtko`l kabi tog' – chang'i sportini rivojlantirish mumkin bo`lgan bir qancha tog' maskanlari mavjud. Baland qorli tog'lar, alpinizm, speleoturizm, daryo turizmi kabi turli tog' turizmi turlarini amalga oshirish imkonini beradi. Shifobaxsh giyohlarning ko`pligi turli xil ekologik turlar, turli giyohlar va o`simliklar yig'ish uchun turlarni tashkil etishga imkoniyat yaratadi. Bu esa ko`plab chet ellik turistlar orasida qiziqish uyg'otadi. Turizmning hozirgi holatini baholar ekanmiz, shuni qayd etish muhimki, O`zbekistonda infratuzilmaning rivojlanish darajasi chet ellik turistlarning ehtiyojlarini to`liq qondira olmayapti. Infratuzilmaning rivojlanmaganligiga raqobat va takomillashishni rag'batlantirish imkonini bermagan avvalgi ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sababchi hisoblanadi. Infratuzilma yetarlicha rivojlanmagan taqdirda turistlar oqimini ko`paytirish va shunga mos ravishda valyuta tushumini ko`paytirish mumkin emas. Bundan kelib chiqqan holda infratuzilmaning ahvoli turizmning rivojlanishi va mamlakat imidjini shakllantirishga bevosita ta'sir ko`rsatadi. Avvalo, shuni alohida qayd etish lozimki, O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishmaguncha turizmga yetarlicha e'tibor qaratilmagan. Respublikaning turistik salohiyati to`g'r
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling