o‘ unlisi: 1) bir bo‘g‘inli so‘zlarda, shuningdek ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida qisqa talaffuz etiladi: zo‘r, to‘r, ro‘mol, so‘roq. 2) k, g, y, x undoshlaridan so‘ng old qator unli tarzida; q, g‘, x undoshlaridan keyin orqa qator unli tarzida talaffuz etiladi. Masalan, ko‘l va qo‘l, ho‘l va xo‘r. e unlisi: 1) so‘z va bo‘g‘in boshida kengroq (ekin, erkin, es), bo‘g‘in ichida bir oz torroq (kecha, beda, tekin) talaffuz etiladi. - Qolgan undosh tovushlar so‘zning turli o‘rinlarida har xil vaziyatda kelsa ham, asosan, o‘zgarishsiz talaffuz etiladi.
- Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning o‘zbek tilidagi talaffuzi haqidagi quyidagi fikrlarni keltirish mumkin.
- O‘zlashma so‘zlardagi ishlatiluvchi f undoshini hozirgi o‘zbek adabiy tilida p deb talaffuz qilish me’yor hisoblanadi: ferma-perma, faner-paner.
- Arab tilidan o‘zlashtirilgan ta’na, da’vo, ma’no kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi unlilar arabcha «ayp» tovushi ta’sirida bo‘g‘iz artikulatsiyasi bilan cho‘ziqroq talaffuz etiladi.
- Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda «i» unlisi o‘zbek tilining «i» tovushidan torroq va cho‘ziqroq talaffuz etiladi: til-tir > ti:r, tish-tir > ti:r.
- Rus tilidagi o‘zlashtirilgan so‘zlardan o‘rta, keng, lablangan «o» unlisi urg‘uli bo‘g‘inda o‘zbek tilidagi o‘rta keng, lablangan «o‘» dan kengroq talaffuz etiladi: to‘n-ton, tok-tok (rus).
- Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning oxirida lab-tish v undoshi jarangsiz f tarzida talaffuz qilinadi: aktiv-aktif, ustav-ustaf, ba’zan so‘z ichida ham jarangsizlashadi: avtomat-aftomat, avtobus-aftobus. Lekin o‘zbekcha so‘zlarda qo‘llanadigan «f» har doim o‘zgarishsiz talaffuz qilinadi va bu adabiy til uchun me’yor hisoblanadi.
- Yozma nutqning og‘zaki nutqdan farqli tomonlari
- Yozma nutq va og‘zaki nutq inson nutq faoliyatining ikki shakli. Har ikkisi ham kishilik jamiyatining muloqot vositasidir. Og‘zaki nutq birinchi shakllanadi, yozma nutq esa keyin shakllanadi. Yozma nutq og‘zaki nutqning tayyor mexanizmlaridan foydalangan holda uni takomillashtirib va ularni bir qadar murakkablashtirib boradi, tilning yangi ifoda shakllari uchun xos bo‘lgan yangi unsurlarni qo‘shadi.
- Yozma nutq ta'lim jarayonida maqsadli ravishda egallab boriladi. Og‘zaki nutq bolaning kattalar bilan amaliy muloqoti jarayonida ularga taqlid qilish asosida shakllanadi. Yozma nutqda so‘z tanlashga, jumla tuzishga ancha yuqori talab qo‘yiladi. Yozma nutq tashqi tomondan (aytaylik, suhbatdosh tarafidan) tuzatishsiz kechadi. Yozma nutq muloqotning jonli vositalaridan xoli, ya'ni mimika, jestlar ishtirok etmaydi.
- Demak, yozma nutq til mavjudligining bir shakli. Yozma nutq qat'iy me'yorga va tartibga solingan
Do'stlaringiz bilan baham: |