Mavzu: O’zbek kompozitorlari ijodida sahnaviy musiqa janrlari musiqali- drama, opera balet


Download 78.81 Kb.
bet1/10
Sana05.05.2023
Hajmi78.81 Kb.
#1431923
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbek kompozitorlari


Mavzu: O’zbek kompozitorlari ijodida sahnaviy musiqa janrlari musiqali- drama, opera balet
Reja:
 Kirish
Asosiy qism
I-Bob O’zbek kompozitorlari ijodida sahnaviy musiqa janrlari

    1. Ko’p asrlik an’anaviy musiqa ijodining serqatlamligi.

    2. O’zbekistonning musiqiy madaniyati 20-40 yillar

    3. XX- asrning 50- 80 yillarida musiqali- drama, opera balet

II-Bob. O’zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari va uning o’ziga xos xususiyatlari.
2.1O’zbek xalq cholg’u asboblari uchun musiqa
2.2. O’zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari

Ilovalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Xalqimizning istiqlolga erishish munosabati bilan azaliy qadryatlarimizni tiklash, o’z tariximizni, milliy urf – odat va an’analarimizni, ma’naviy va shu jumladan, badiy merosimizni atroflicha o’rganish hamda undan baxramad bo’lish imkoniyati vujudga keldi.
O’zbek xalqining musiqa merosi juda boy va qadimiy tarixga ega. Uning ajoyib an’analari hozirgi kunda ham o’z badiiy va estetik qiymatini saqlab kelmoqda. Bu an’analar zamonaviy o’zbek musiqa madaniyatining ajralmas qismini tashkil qiladi.
Qadim – qadim zamonlardan ona – zaminimiz o’zining boy ma’naviy merosi, yuksak madaniyati, urf – odat, marosim va an’analari bilan jahon tsivilizatsiyasida munosib o’rin egallagan. Bu o’lka xalqlarining buyuk siymolari duny ilm – fani va madaniyatining barcha sohalari rivojiga o’zlarining munosib xissalarini qo’shib kelganlar.
“Vatanimiz”, degan edi I.A.Karimov, - bashariyat tafakkur xazinasiga unutilmas xissa qushib keldi. Asrlar moboynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik, marifatparvarlik kabi ezga – fazilatlar sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi va o’z navbatida falsafiy, ahloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi.
SHuni alohida ta’kidlash joyizki, o’zbek xalqining tarixiy taraqqiyoti davrida moddiy va ma’naviy ma’daniyati bar tekis ravishda rivojlanmadi. Unda uyg’onish va yuksalish bilan birga depsinish, turg’unlik holatlari ham bo’lib turdi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo xalqlari o’tgan uzoq tarixiy davr mobaynida ko’plab istilochilar tomonidan zabt etilgan. Ular yerli aholini boy milliy madaniyatidan begonalashtirish siyosatini olib borganlar.
SHunga qaramay xalqimiz o’z milliy ongi, milliy g’ururi, milliy iftixori va ma’naviy dunyosini asrab qolgan va uni boyitib borgan.
Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritganch, ma’naviy-madaniy hayotimizda tub o’zgarishlar yaratish uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. “Ma’naviyat taqdirining ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak. Bu xazina insonga hayotda barqarorlik bag’ishlaydi. Uning qarashlari shunchaliu boylik orttirish yo’lida kun ko’rishga yo’l qo’ymaydi. Fojealar vaqtida omon saqlab qoladi va moddiy qiyinchiliklar kunlarida irodani mustahkamlaydi”,- degan edi yurtboshimiz I.A.Karimov.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab davlatimiz Prezidenti rahbarligida madaniyat va san’at rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. CHunki millatning o’tmish va kelajak oldidagi mas’uliyati uning ma’naviyatiga alohida e’tibor berishni taqozo etadi. Asosiy maqsad – o’tmish madaniy, ma’naviy merosimizni chuqur o’rganish, uni keng ommalashtirish, shu qadriyatlar vositasida komil insonlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish, pirovardida ularni kelajak avlodlarga bus-butun yetkazishdan iboratdir.
Milliy madaniyat, ma’naviyatimizning chuqur o’rganishda qo’shiqchilik san’ati ham alohida o’rin egallaydi. Milliy qo’shiqchilik san’atimiz tarixi, uning an’anaviy qirralarini o’rganish, ijro usullarining rang-barangligini ta’lil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining musiqa san’ati to’g’risidagi qaror va farmonlarida milliy an’anaviy musiqa san’atini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Farmonlarda ko’zda tutilgan eng asosiy maqsad – musiqa san’ati yutuqlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ushbu soha ijodiy xodimlarining mehnatini yanada rag’batlantirish va ularni ijtimoiy himoyalashni nazarda tutishdan iborat edi. SHu farmondan kelib chiqib, respublika qo’shiqchilik, musiqa madaniyatini yanada yuksaltirishning tegishli chora-tadbirlari belgilanib, shu asosda ko’pgina ijodiy ishlarni amalga oshirilmoqda.
Asosiy qism
I-Bob O’zbek kompozitorlari ijodida sahnaviy musiqa janrlari

    1. Ko’p asrlik an’anaviy musiqa ijodining serqatlamligi.

1.Ko’p asrlik an’anaviy musiqa ijodining serqatlamligi. O‘zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an’anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo‘llari, shuningdek, folk­lor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko‘rinishlari bir-birini to‘ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 
Mustaqillik sharofati bilan milliy-ma'naviy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, unutilayozgan, tarixan qadrli an’analarimizga bo‘lgan e’tibor, ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor yo‘nalish kasb etdi.
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ma'naviy boyligimizga bo‘lgan e'tibor davlat miqyosiga ko‘tarildi. Musta­qillikning dastlabki yillaridanoq ota-bobolarimizdan, aj­dod­­la­ri­mizdan qolgan ma'naviy boyliklarni, jumladan, musi­qiy madaniyatni avaylab asrash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida talaygina ishlar qilin­di. Bu borada o‘tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qol­dirib ketgan ulkan ma'naviy boyligimiz asosiy omil bo‘­lib xizmat qilmoqda.
“Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish - halqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mus"tahkam poydevoridir” mavzusida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning davlatimiz ziyolilari bilan uchirashuvida: madaniyatimiz va san'atimizni rivojlanish hamda bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotidagi ta'sirini xolisona va tanqidiy baholab, o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish. Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyatini chuqur tahlil etib, ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi o‘rni va vazifasini oshirish deb ta’kidlab o’tdilar. Mustaqil taraqqiyot yillarida to`plangan tajriba, dunyoqarash jamoatchiligi o`zbek modeli deya e'tirof etgan o`zimizga mos taraqqiyot yo`li-kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o`zgarish va yangiliklar xalqimiz qalbi ongi va g`ururiga ulkan ta'sir ko`rsatmoqda
Tarixdan ma'lum, ma'naviyatimizning asosiy bo‘g‘ini bo‘l­gan musiqiy madaniyatimiz, an'anaviy qo‘shiqlarimiz, maqom ijrolari hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida e'tirof etib kelingan. Xalq og‘ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo‘shiq va musiqa ularga hamroh bo‘lgan.[1] Zero, bugungi muborak mustaqillikka erishgan kunimizda, o‘zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an’anaviy qo‘shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. An'anaviy musiqa va qo‘shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kun­da ham shu dolzarbligini yo‘qotmagan holda mustaqillikka, mehnatkashlar ongini shakllantirish yo‘lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bo‘lib qolaveradi. Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi san'ati milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog‘liq holda paydo bo‘lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi qo‘shiqlari o‘lmas meros bo‘lib, barcha davrlardagidek bugun ham «labbay» deb javob bermoqda. Lekin shu bilan bir qatorda faqat tarixga sajda qilmay, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo‘shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlantirishda bosh omillardan bo‘lmish musiqiy sanhat bilan shug‘ullanayotgan barcha mutaxassis va sanhatkorlarga muhim vazifa qilib qo‘yilishi tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni boshlab yubordi. Odamlari­miz qalbi, tafakkuri va tasavvurida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlariday, ma'naviyat masalasi millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm- rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o‘zlikni anglash singari juda ko‘p omillarni o‘z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi.
«Xalqimizning kelajagi, - deb yozadi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, - eng avvalo, uning o‘ziga, ma'naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog‘liqdir. Moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma'naviy va aqliy o‘sish ehtiyojiga g‘ov bo‘lmasligi lozim. Ma'naviylik va ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib keldi».
Ushbu tamoyillardan kelib chiqib, ma'naviy jabhalarning barcha yo‘nalishlari o‘zlarining maqsad va vazifalarini belgilab olishlari zarur bo‘ladi. Ayniqsa, bu jabhada musiqiy madaniyatning ma'naviy hayotdagi o‘ziga xos o‘rnini baholash, uning tahsirchanlik kuchini mustaqillik mafkurasi tomon yo‘naltirish uning bosh mezoni ekanligini anglash muhimdir. Madaniy hayotda bugungi kunda shu tamoyilga ko‘ra siljishlar kuzatilmoqda. Ijodkorlarning fikri- zikri ana shu tamoyillar yo‘liga yo‘naltirilgan desak, xato qilmagan bo‘lamiz.
Brundtland komissiyasining 1987 yildagi ta'rifiga muvofiq barqaror taraqqiyot bu - «hozirgi zamon talablarini qondiradigan, kelgusi avlodning o‘z shaxsiy talablarini qondirishga tahdid solmaydigan»[2] taraqqiyotdir. Barqaror taraqqiyot tegishli xalqning nafaqat iqtisodiy muvozanati, balki uning iqtisodiy gullab-yashnashi, atrof muhitning yuqori darajasi va ijtimoiy tenglikning birgalikda (sinxron) olib borilishini bildiradi[3] − bu yorqin kelajakni ta'minlashda o‘ziga yarasha qiyinchilik bilan erishiladi.
Musiqiy madaniyat o‘zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o‘zining chuqur ildizlari qadimgi davrlarga yetib boradigan o‘zbek xalqining boy musiqa merosi hozirgi kundalik hayotimizdan ham tushgani yo‘q. U xalq ijodining yuksak namunalari, folklor ijrochiligi, kuy tuzilishi, mazmunan rivojlangan cholg‘u va ashula asarlari, dostonlar ijro­chi­li­gi hamda murakkab ijrochilik turkumi atalmish maqom musi­qa­sini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, xalq musiqiy mada­niya­tida o‘zlarining barcha davrlarda sezilarli hissalarini qo‘shib kelayotgan xalq bastakorlarining ijodi ham salmoqli o‘rin tutadi.
2.Mrosim, urf-odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bevosita bog’langan, fol’klor, xalq ijodi. Marosim xalq qo’shiqlari ijodi quyidagilarni qamrab oladi.
Urf-odat, marosim va bayramlar tarkibiga mehmondo‘stlik an'analari, axloq-odob bilan bog‘liq urf-odatlar, farzand tarbiyasi bilan bog‘liq marosimlar, beshik to‘yi, ism qo‘yish marosimi, sunnat to‘yi, sovchilikka borish, kelin salom, milliy va mahalliy miqyosda o‘tkaziladigan sayllar, hasharlar, tomoshalar, bayramlar va boshqalarni kiritish mumkin.
Marosim inson hayotida muhim hodisalar sodir bo‘lganida vujudga keladi va kishilar hayotidagi eng muhim voqyealarni (masalan, tug‘ilish, uylanish, o‘lim) qayd etadi, rasmiylashtiradi. O‘zbek oilalarida yosh oilalarni tarbiyalash uchun o‘ziga xos ma'naviy “zina” sifatida xizmat etadigan, chaqaloq tug‘ilgandan, to ulg‘ayib, yangi oila qurgungacha bo‘lgan hayotiy muhim voqyealarni qayd qiladigan marosimlar tizimi (“Chaqaloq dunyoga kelishi”, “Ism berish”, “Chaqaloq chilla”, “Beshik to‘y”, “Soch to‘y”, “Tish to‘y”, Birinchi qadam”, “Sunnat to‘y”, “Muchal yosh”, “Nikoh to‘y” kabilar) vujudga kelgan.
Beshik to‘yi - o‘zbeklar oilasida to‘ng‘ich farzand tug‘ilishi sharafiga o‘tkaziladigan tantanali marosim hisoblanadi. Bu udum O‘zbekiston viloyatlarida o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Beshik bilan bog‘liq turli xil urf-odatlar bor. Masalan, beshikni hyech qachon ikki kishi ikki tomonidan ko‘tarmaydi, uni faqat bir kishi ko‘tarishi lozim. Beshik doimo toza joyda saqlanadi. Undan foydalanilmaganda ham asbob-anjomlari bilan yig‘ib toza joyga qo‘yib qo‘yiladi. Oilada tug‘ilgan keyingi farzandlarning hammasi ana shu beshikdan foydalanadi, ya'ni oilada tug‘ilgan keyingi farzandga boshqa yangi beshik olinmaydi.
Chaqaloqning yaqinlari davrasida beshikka solish xalq tilida “beshik to‘yi” marosimi ham deyiladi. Bu udum O‘zbekistonning turli hududlarda turlicha tartibda o‘tkaziladi. Odatda beshik to‘ng‘ich farzandga qizning ota-onasi tomonidan beriladi. Marosim oilaviy marosim shaklida o‘tkaziladi.Unda kelin va kuyov tomonning eng yaqin qarindoshlari qatnashadi va yoshi ulug‘ momolar yosh onaga bolani beshikka solish (belash) tartibini o‘rgatishadi.
Boychechak marosimi – turkiy xalqlarda ko‘klam kelishi bilan bahorning ilk guli – boychechak chiqqanligi munosabati bilan o‘tkaziladi. Bahor bilan bog‘liq «Lola», «Gul» kabi ko‘plab sayillarning ibtidosida «Boychechak» marosimi turadi. Boychechak sayli qish qahratonidan omon chiqqan xalqning shukronalik bayrami hamdir. Qadimda bu marosim qish va ko‘klamning kurashini ifodalagan. Bunday marosim va bayramlar tog‘ bag‘rida, qir-adirlarda, bog‘larda o‘tkazilgan. Marosim yerli xalq hayotida muhim sanalgan va unga maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan. Boychechak sayli dastlab kattalar va bolalar ishtirokida o‘tkazilgan. Hozirgi kunda faqat bolalar tomonidan nishonlanadi. Bolalar guruh-guruh bo‘lib qishloq yaqinidagi qir-adirlardan boychechak terib kelishadi. Bunda guruhlar o‘rtasida raqobat ham kechishi mumkin. Qaysi guruh qishloqqa birinchi bo‘lib boychechak keltirsa eng ko‘p sovg‘a-salomlar ularga beriladi.
Darvishona - Bahor faslida o‘tkaziladigan marosimlar ichida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi, dasht joylarda o‘troq yashaydigan aholi tomonidan o‘tkaziladigan Darvishona marosimi alohida o‘rin tutadi. Bu marosim o‘tkaziladigan kun yerli aholining oqsoqollari tomonidan belgilanadi va erta tongdan boshlab qishloq atrofidagi ma'lum joyga erkaklar yig‘ilishadi. Bu yerda kun davomida amalga oshiriladigan obodonchilik va tozalash ishlari taqsimlanadi. Asosan, qabriston, suv keladigan ariqlar, quduqlar, zovurlar, yo‘llar va boshqa aholi umumiy ravishda foydalanadigan ob'ektlarda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Qishloq yig‘iladigan ma'lum joy yoki ochiq havoda qishloq aholisidan yig‘ilgan pulga sotib olingan mol (yoki qo‘y)lar so‘yilib, taomlar tayyorlanadi. Ishlar yakunlangandan keyin bu ishlarda ishtirok etgan barcha aholi yana to‘planib, taom tortilishidan oldin yil davomida qilinadigan ishlarni kelishib olishadi.
Yomg‘ir chaqirish – qurg‘oqchilik munosabati bilan bahor faslida o‘tkaziladigan marosim hisoblanadi. Asosan lalmi (faqat qor va yomg‘ir suvlari bilan sug‘oriladigan) yerlarda dehqonchilik qiluvchi aholi tomonidan o‘tkaziladi. Marosim turli viloyatlarda turlicha “So‘z xotin”, “Sut xotin”, “Suv xotin”, “Sust xotin” nomlari bilan yuritiladi. “Sust xotin” marosimi O‘zbekistonning Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan viloyatlaridagi ayrim qishloqlarda ayollar, Sho‘rchi, Koson tumanlarida va o‘zbek laqaylarida erkaklar ishtirokida o‘tkazilgan. Bunda belgilangan vaqtda o‘n-o‘n besh nafar ayollar maxsus yasalgan qo‘g‘irchoqqa keksa ayolning kiyimini kiydirishgan. Uni bir ayol ko‘tarib olgan va qolganlar uning orqasidan ergashib, qishloqdagi uylarga birma-bir kirib chiqishgan. Xonadon egasi esa mamnuyat bilan ularga atagan narsalarini hadya etishgan. Marosim so‘ngida ramziy qo‘g‘irchoq qishloq ahli tomonidan yaqin oradagi suv havzasiga oqizib yuborilgan.
Kelin salom-Nikoh to‘yidan keyingi katta marosimlardan biri “kelin salom” udumidir. Marosimdan maqsad kelinni kuyov tomonning qarindoshlari bilan tanishtirish. Marosim turli hududlarda turlicha o‘tkaziladi.
Muchal to‘yi – inson hayotida (aslida) har o‘n ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan marosim bo‘lgan. Muchal yoshlari (o‘n ikki yillik sikl tugab, u yana takrorlana boshlanish davri) qadimdan Navro‘z bayrami kunlari nishonlanib kelingan. Ayniqsa birinchi muchal almashish – o‘n ikki yoshdan o‘n uch yoshga o‘tish (boshqa muchal yoshlariga qaraganda) katta tantana bilan nishonlangan. Qadimda muchal yoshini nishonlayotgan inson o‘zining kiyimlarini yaqin qarindosh-urug‘lari yoki qo‘ni-qo‘shnilarga hadya qilgan. Bu odat muchal davriyligini saqlashga xizmat qiladi deb ishonishgan.
Navro‘z (forscha – yangi kun) – shamsiy (quyosh) yil hisobi bo‘yicha yangi yilning birinchi kuni. O‘rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy an'anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka (21 yoki 22 mart), ya'ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to‘g‘ri keladi. Navro‘z dehqonchilik ishlarini boshlash bayrami hisoblanadi. Bayramda ommaviy xalq sayillari uyushtirilib, yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishiriladi, bahorgi ekinlarni ekish boshlanadi.
Nikoh to‘yi – yangi oila yaratish maqsadida tashkil etiladigan marosimlar turkumi.
«Nikoh» arabcha so‘z bo‘lib, er-xotinlikni shariat yo‘li bilan qonuniy rasmiylashtirishdir. Nikoh to‘yi «ijob to‘yi», «uy tushirar to‘yi», «katta yaloq qizartirar to‘yi» deb ham nomlanadi. Nikoh uch qismga – to‘ydan oldingi, bvosita to‘y va to‘ydan keyingi qismlarga bo‘linadi.
Ramazon hijriy yil hisobining to‘qqizinchi oyi hisoblanadi. Islom dinida ramazon oyida Olloh taolo payg‘ambarimiz Muhammad(s.a.v.)ga Qur'onni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli ramazon muqaddas oy hisoblanadi. Bu oy davomida musulmonlarga ro‘za tutish buyuriladi. Islomdan avval Ramazon – arablarning 4 muqaddas oyidan biri sanalib, islom dini joriy etilishi arafasida Makkada ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) an'ana bo‘lgan.
Sumalak sayli – bahor faslining ilk kunlarida ommaviy tarzda o‘tkaziladigan marosim. Asosiy taom “sumalak” bilan bog‘liq bir qancha odatlardan tashkil topadi. Ba'zi ma'lumotga ko‘ra, sumalakning tarixi 3000 yildan oshiqroqdir.Tuz solinmasdan pishiriladigan yagona taom ham sumalak hisoblanadi. Sumalak tayyorlash uchun faqat undirilgan bug‘doy suvi, un, o‘simlik yog‘i va suv kerak bo‘ladi. U eng uzoq pishiriladigan taom hisoblanib, u kamida 22-24 soat davomida tagiga olmasligi uchun kavlab turiladi va unga tosh, yong‘oq tashlanadi.
Sunnat to‘yi – o‘g‘il farzand uchun o‘tkaziladigan to‘y marosimi. Marosim bola 3-5-9 yosh, ayrim hollarda undan kattaroq yoshda o‘tkaziladi. O‘zbekistonning turli xududlarida bu marosim “sunnat to‘yi”, “chipron” “chukron”, “xatna to‘yi”, “qo‘lni halollash (poklash)” kabi nomlar bilan yuritiladi.
Sunnat to‘yining tarixi ibtidoiy jamiyatda balog‘at yoshini nishonlash, bolalarni o‘smirlikka o‘tish marosimiga borib taqaladi. O‘sha davrlardayoq bolani sunnat (xatna) qilish odati paydo bo‘lib, u bir tomondan, issiq iqlimda gigiena (ozodagarchilik)ga rioya qilish vositasi bo‘lgan, ikkinchidan, mardlik va jasurlik hisoblangan.
3.O’zaki an’anadagi professional musiqa yo’llari. XIX asr oxirlariga kelib o‘zbek musiqiy madaniyatida o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu albatta, Turkiston o‘lkasini Russiya tomonidan istilo qilinishi bilan bog‘liqdir. Bu borada ikki tomonlama qarash bilan o‘rganmoq zarur bo‘ladi. Chunki bazi bir hollarda milliy musiqa madaniyatimizga salbiy ta’sirini kuzatsak, ikkinchi tomondan, o‘ziga xos rivojlanish davri bo‘lganligini ham ehtirof etish zarur bo‘ladi. Chunki nota yozuvining kirib kelishi, o‘lkamizda milliy musiqa san'atimizni ilmiy ravishda o‘rganish, folklor va etnografiya sohasidagi rivojlanishga sezilarli ta’sir etdi.
Bu borada V.A.Uspenskiy, ye.Ye.Romanovskaya, N.N.Miro­nov singari musiqashunos va etnograf olimlarning mehnatlarini aytib o‘tish zurur bo‘ladi. Ilyos Akbarov, Mutal Burxonov, Yunus Rajabiy, Tolibjon Sodiqov, Muxtor Ashrafiy singari musiqamiz darg‘alari ulardan saboq oldilar. Bundan tashqari, jahon musiqiy madaniyatining durdonalari sanalmish fortopiano sozi, opera va balet, simfonik ijro, jahon klassik musiqiy sozlarining kirib kelishi musiqiy madaniyatimizning har tomonlama serqirra rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Natijada, o‘zbek xalq musiqalari, qo‘shiqlari, maqomlari joy olgan 20 jilddan ortiq kitoblar dunyo yuzini ko‘rdi.
So‘nggi 130 yil ichida musiqiy madaniyatimiz murakkab, keskin ziddiyatlarga, ijobiy va salbiy ko‘rinishlarga to‘la tarixiy davrni boshidan kechirdi. Ana shu holatlarga qaramay, o‘tgan davrlar mobaynida ilm fan, san’at, jumladan, musiqiy madaniyat sohasida faxrlanishga arzigulik ishlar amalga oshirilganligini ehtirof etish zarur. Yaqqol misol sifatida musiqa ijodiyoti, ijrochiligi, musiqa ilmi, tahlili singari sohalarni olish mumkin.
Shu o‘tgan davrlarning salbiy oqibatlari sifatida hayotimizning o‘ta siyosiylashtiriluvi, milliy qadriyatlarimizni men­si­maslik, uning toptalishiga yo‘l qo‘yilishi, xalqchil yo‘nalishlarga bepisandlik munosabatida bo‘lish, azaliy xalqaro madaniy aloqalar rivojlanishiga sunhiy to‘siqlar qo‘yilishi kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi zamon o‘zbek musiqa ijodiyoti serjabha va ko‘lami keng, usluban boy va rang-barang, rivojlangan va shiddatli jarayon sifatida gavdalanadi. Zotan, musiqiy madaniyatimiz juda qadim, betakror va noyob an’analarga ega bo‘lgani holda, zamona zayli bilan yangidan-yangi yo‘nalish, shakl, janr, uslublar bilan yanada boyib bormoqda. Demakki, asrlar osha bizgacha yetib kelgan ardoqli navobaxsh merosimiz qatori bir necha avlod ijodkorlarining ko‘rkam musiqiy an’analari madaniy-ma'naviy mulkimizga aylandi. Har qanday sanhat turi har xil vositalar orqali hayotiy voqyelikni aks ettirishga qodir ekan, so‘nggi yuz yillik mobaynida O‘zbekiston musiqasining rivojlanishi nechog‘lik murakkab va o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarda kechganini yaqqol tasavvur qilish mumkin. Xususan, 20-yillardan ehtiboran kompozitorlikka xos ifoda vositalarining izchil joriy etila boshlanishi musiqiy madaniyatimizda musiqa ijodkorligining yangi tizimi barpo etilishidan dalolat berdi.
Tabiiyki, tez orada o‘zbek xalq ijodiyoti, an’anaviy bastakorlik hamda havaskorlik singari o‘zaro chambarchas bog‘liq qatlamlar bilan uzviy bog‘liq ravishda milliy qadriyatlarimizga, «noan’anaviy» kompozitorlik ijodkorligi muhim tarmoq sifatida qo‘shiladi. Umumbashariy madaniy taraqqiyotga mos ravishda mazkur jabha o‘lkamizda tarixan juda qisqa muddat ichida uzil-kesil shakllanib, samarali rivoj topganini alohida ehtirof etish lozim.
G‘arbiy va Sharqiy Ovrupa mamlakatlari tajribasidan unumli foydalanibgina qolmay, o‘zgacha yaratuvchanlik qonun-qoi­da­larini o‘zlashtirish, uni o‘zbek xalq musiqasining boy imkoni­yat­­lari bilan mohirona payvand qilish maqsadida ilg‘or kompozi­tor­larimiz nafaqat Markaziy Osiyo, balki Sharq mintaqasi doi­rasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.
Yangicha musiqiy uslubda noyob zamonaviy asar yaratish, jahon xalqlari musiqasi rivojlanishini hisobga olib, tobora yangidan - yangi ijodiy ufqlarni ochib berish bilan tavsiflanuvchi baynalminal jarayonga O‘zbekiston o‘z munosib ulushi bilan dadil kira oldi. Kasbiy ulg‘ayish bosqichlarini tezkorlik bilan o‘tab, har tomonlama yetuklik pallasiga ko‘tarilishi bilan «O‘zbek kompozitorlik maktabi» dunyo musiqa madaniyatida o‘ziga munosib o‘rinni egallashga intildi.
Asosan XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan ana shunday ijodga moyillik darajasi ilgari ayricha holda bo‘lgan ikki toifadagi musiqiy tafakkur an’analarining o‘lkamizda uzviy mushtarakligiga erishilganligi bilan ham xarakterlanadi. Shu boisdan ko‘p ovozlik uslub ila bunyod etilgan turli janrlardagi badiiy jihatdan barkamol, mumtoz asarlar ma'naviy qadriyatlarimizning jahonshumul salohiyatini yanada oshirdi.
Musiqiy madaniyatimizning yangi yo‘nalishi bo‘lgan o‘zbek simfonik musiqasi 70-80-yillarda peshqadam safga chiqib olganini eslab o‘taylik. Bu o‘rinda respublikamizda, qo‘shni va qator xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan nufuzli madaniy tadbirlar, konsert, ko‘rik-tanlov hamda festivallarda katta muvaffaqiyat bilan ijro etilgan o‘zbekona poemalar, syuitalar, uvertyuralar, fantaziyalar, cholg‘u konsertlar va simfoniyalar xalqaro musiqa jamoatchiligi diqqat-ehtiborini qayta-qayta o‘ziga jalb qilgan. Bugungi kunda o‘zbek musiqa sanhati nafaqat asl an’anaviy ko‘rinishlarida, balki kompozitorlik yo‘nalishlarida ham xalqaro miqyosda tobora kengroq tan olinmoqda. Bu mahnoda sof cholg‘u musiqasi, xususan, uning ancha murakkab sanalmish simfonik ijodiyoti alohida ehtiborga molik. Endilikda respublikamiz kompozitorligi shunchaki xilma xil musiqa janrlari­da yozish va izlanish tajribalaridan iborat bo‘lmay, balki noyob an’analariga, mumtoz namunalar xazinasiga ega sermahsul oqimdir. Uni turli yillarda xalqchil kuy ohanglar zaminida yaratilgan noyob va betakror asarlar tashkil etadi. Zero, har qanday andozada bastalangan musiqaning milliylik, badiiy barkamollik, o‘ziga xoslik, mazmundorlik, tahsirchanlik kabi fazilatlari hamisha qadrlidir.
Yuksak kasb mahorati, teran bilimdonlik, nozik did bilan ko‘hna milliy an’analarga tayanib yaratilgan asarlarning umri boqiyligini birgina o‘zbek simfonik musiqasi misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Jumladan, 30-yillarning ikkinchi yarmida yaratilgan Alek­sey Kozlovskiyning ovoz va simfonik orkestriga moslashtirilgan ehtirosli «Tanovar» poemasi, «Lola» syuitasi, Reyn­gold Gliyerning «Farg‘ona bayrami» shodiyona uvertyurasi ting­lovchilarga hamon olam-olam zavqu shavq bag‘ishlab kelmoqda. Simfonik orkestr ishtirokida ijro etishga mo‘ljallangan o‘l­mas kashfiyot darajasidagi asarlar orasida Mutal Burhonovning yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun «Alisher Navoiyga qasida»si, Muxtor Ashrafiy, Georgiy Mushelp, Sulaymon Yudakovlarning qator simfonik asarlari, Doni Zokirovning «Lirik poema»si, Boris Nadejdinning «Bolalarga» syuitasi, Ikrom Akbarovning «Shoir xotirasiga», «epik poema»lari, «Samarqand hikoyalari» turkumi, Sayfi Jalilning «Samarqandnoma» simfoniyasi, To‘lqin Qurbonovning simfonik kuylari, Mirsodiq Tojiyevning «Shoir sevgisi» poemasi va 19 ta muh­tasham simfoniyalari, Mirxalil Mahmudovning 3 ta simfoniyasi, Nurilla Zokirov, Mustafo Bafoyev, Rustam AbdullayevHabibullo Rahimov, Bahrullo Lutfullayev va boshqa ijodkorlarning yutuqlari musiqiy madaniyatimiz ravnaqiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.
4.Aanaviy musiqa ijodining tarixiy ko’rinishlari. Zaminimizdagi musiqa san'atining rivoji uch ming yilga borib taqaladi. O‘tgan bu zalvorli davrlar mobaynida musiqiy madaniyatimiz juda ko‘p marta o‘zining uzoq rivojlanish davrini bosib o‘tdi va xalqimiz ma'naviy boyligining negizi sifatida ezgulik va taraqqiyot uchun xizmat qildi. Shuning uchun ham biz juda boy, rang-barang, ko‘lami keng, usluban xilma xil, qiymati chin mahnoda bebaho darajali ulug‘vor musiqiy merosga egamiz. O‘rta asrlarda faqat mumtoz ijodkorlik qatlamida «O‘n ikki maqom»dek muhtasham tizim, uning negizida shakllanib bizgacha yetib kelgan Buxoro va Xorazm maqom turkumlari, Farg‘ona-Toshkent maqomlari, an'anaviy ijrochilik va surnay yo‘llari, xalq bastakorlik ijodkorligi, musiqiy dostonchilik san'ati musiqiy madaniyatimizning sarchashmalari sifatida bahramand qilib kelmoqda. Milliy cholg‘ularimizning toifalari ko‘pligi, turfa yakka va jo‘rnavozlik ijro an'analarining o‘ziga xosligi bo‘yicha milliy musiqa san'atimizga dunyo uzra teng keladiganini topish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jahonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy, buyuk alloma­lari­mizdan Abu Ali ibn Sino, Abdulqodir Marog‘iy, Abdurah­mon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaynulobiddin Xusayniy, Kavka­biy Buxoriy, Darvish Ali Changiy va boshqalar sharqona jahon­shumul ahamiyatga molik noyob nazariy va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning ham muallifi sifatida keng tanilgandirlar. Ana shunday xalqchil va ustozona qatlamlar orqali bizgacha yetib kelgan musiqiy madaniyatimiz tufayli tarixan juda qis­qa muddatlarda O‘zbekistonda yanada yangicha, ko‘p ovozli milliy kompozitorlik ijodiyoti uzil - kesil shakllandi, o‘z qiyofasiga ega bo‘ldi, jadal ravnaq topdi. Bunda xalq musiqamiz, ayniqsa, maqomchilik an'analari faqat hayotbaxshlikni ta'minlabgina qolmay, balki mahsuldor zamin bo‘lib xizmat qildi.
Buyuk istiqlol tufayli musiqiy madaniyatimiz eski siyosiy - mafkuraviy tazyiqlardan xalos bo‘ldi. Shu bilan birga, u ko‘hna mumtoz an'analarimizning to‘la tiklanishiga, ayniqsa, yosh avlodlarni bilimdon, savodxon, ma'naviy barkamol darajada tarbiyalashga misli ko‘rilmagan imkoniyat yaratdi. Xususan, biz aynan mustaqillik davrida ko‘hna maqom ijrochiligi va an'anaviy ijodkorligida yuzaga kelgan yangicha ijodiy salohiyatning tiklanishini kuzatishga muyassar bo‘lmoqdamiz.
Diniy-falsafiy ashulalar masalasiga kelsak, bular, avvalo bizning tarixiy boyligimizdir. Kimgadir g‘ayri tabiiy tuyulsa ham, bu yo‘nalishga to‘siq bo‘lmaslik aslida ozodlik, er­kin­lik, yuksak madaniyatga xos chinakam demokratik tamoyillar­ning amaldagi yaqqol ifodasi bo‘lsa kerak. Chunki mumtoz sharq shehriyatida bitilgan ilohiy, tasavvufona mavzular o‘tmish musiqamizda o‘zining ohanrabo, ta'sirchan ifodasini topgan va qadrlangan. Bunday ashulalarning o‘z tinglovchilari, asosan, keksalar orasida shinavandalari, muxlislari bor. Buni albatta, hisobga olish zarur bo‘ladi.m Kezi kelganda shuni ham e'tirof etish kerakki, Ovro‘paga turdosh zamonaviy musiqa ijrochiligi bo‘yicha, jumladan, fortepiano, torli, damli va zarbli cholg‘ular, akademik uslubdagi xonandalik ixtisosliklaridan ko‘plab iqtidorli yosh musiqachilarimiz voyaga yetmoqda. Ularning aksariyati respublika va chet mamlakatlarda nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishib, g‘olib va sovrindorlikni qo‘lga kiritishayotgani quvonarli holdir. Xulosa qilib aytganda, musiqiy madaniyatimizning xalq ma'naviy hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Musiqiy madaniyat xalq ma'naviy dunyosining ajralmas qismi bo‘lib, uning ma'naviy ehtiyojini barcha davrlarda qondirgan va har doim hamdard bo‘lgan, beminnat xizmat qilgan. Zero, bugungi mustaqillik davrimizda ham o‘zining ma'naviy burchini muqaddas bilib, xal­qimizga xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi. 
O’zbek xalk musiqa merosini o’rganish zamonoviy notaga olishini tarixiy jarayonida A.F.Eyxgorn, N.N.Mironov, V.A.Uspenskiy, Ye.E.Romanovskaya, M.Ashrafiy, T.Sodiqov, SH.Ramazonov, Yu.Rajabiy, M.Yunusov, A.Xalilov, I.Akbarov, F.Karamatov, M.Axmedovlarni nashr etilgan to’plamlari V.A.Uspenskiyning Buxoro SHashmaqomi N.N.Mironov rahbarligida M.Ashrafiy, T.Sodiqov, va SH.Ramazanovlarni Buxoro, Farg’ona va Xiva qo’shiqlarni to’plami, Ye.E.Romanovskayaning ikki o’zbek Xalk qo’shiqlari, Xorazm klassik musiqasi, o’zbek laparlari, o’zbek cholg’u musiqasi. Nashrga I.Akbarov to’plagan: O’zbek vokal musiqasi Muqimiy va Furqat ashulalari. (1958y) to’plamlarni notaga oluvchilar; V.Uspenskiy, Ye.Romanovskaya, CHetvertakov, Muhammad Aliev, I.Akbarovlar. Yu.Rajabiyning besh tomli «O’zbek xalk musiqasi» (1955 – 1985), olti jildli «SHashmaqom»(1966 – 1975), M.Yunusovning «Xorazm ashulalari» (1959), «Xorazm maqomlari» (1962), ikkinchi nashr «Xorazm maqomlari» (1981 – 1985), A.Xalilovning «Qoraqalpok xalq na’malari» (1959), F.Karomatovning «O’zbek xalk musiqa merosi» (1978), ikkinchi kitob «O’zbek xalk musiqa merosi» (1985), «O’zbek doyra musiqasi» (1962), Toshkent konservatoriyasining sharqshunoslik kafedrasi laboratoriyasida xalq musiqasi qulyozmalari.

2. O’zbek folьklorshunoslik fanini rivojlantirishda A.F.Eyxgorn, N.N.Mironov, A.Fitrat, V.A.Uspenskiy, Ye.E.Romanovskaya, Il.Akbarov, F.Karamatov, R.Yunusov, O.Ibrohimovlarning faoliyatlarini, ularning yaratgan ilmiy ishlarini, maqolalar, broshyuralar va kitoblar tug’risida, ma’lumotlar va misollarni o’qish tavsiya qilinadi.

3. Manbashunoslik fanini nazariy va tarixiy sohalarini rivojlanish jarayoni. Mazkur sohalarda musiqashunoslar tomonidan yozilgan va nashr qilingan kitoblar va to’plamlar, broshyuralar, ilmiy maqolalar va o’quv tadqiqot manbalarni yaratishda: A.Fitrat, T.Vыzgo, V.Uspenskiy, O.Matyoqubov, S.Begmatov va boshqa musiqashunoslarning faoliyatlari. Ular yozgan maqola, kitoblar mavzular orqali talabalarga tavsiya etiladi.
1. Siyosiy-ijtimoiy va madaniy muhit: 1904-1905 yy. rus-yapon urushi, 1905 y. Rossiyada inqilobiy harakat, 1914-1917 yy. Birinchi jahon urushlarni iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotga salbiy ta’siri. Rossiyada turli siyosiy partiyalarning paydo bo’lishi va ularning faoliyati. O’rta Osiyoga ham ta’siri.
2. O’rta Osiyo xalqlari Rossiya imperiyasi mustamlakachilik changalidan ozod bo’lishda jadidchilik harakatining paydo bo’lishi va mohiyati. Jadidchilik harakatlari ulug’ namoyondalarining ijodiy faoliyatlari. Jadidchilar va Qadimiylarning g’oyaviy kurashlari. Jadidchilarning matbuot va ma’rufchilik faoliyatlari. Milliy uyg’onish davridagi o’zbek adabiyoti va san’ati. Ovropa uslubidagi milliy teatrning bunyodga kelishida jadidlarning o’rni. O’zbek xalqining musiqiy merosi va uning XX-asr boshlarida yashagan namoyondalari. Hofizlar: Domla Halim Ibodov, Ota Jalol Nosirov, Hoji Abdurahmon Umarov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Mulla To’ychi Toshmuhamedov, SHorahim SHoumarov, Erka Qori, Qurbon ota, Otajon Abdullaev (Xevon bobo), Onabibi Qori Otajonova, SHojalil, Nabixo’ja, Ilxom Rustamxon, Sodirxon va Hofizlar. Sozandalar: SHobarat-tanburchi, Abdusoat, Solixon, Karimbek-dutorchilar, Mirqosim tanburchi, Abduqodir Ismoilov-naychi, Ahmadjon Umurzoqov, Usta Ro’zmatxon, Qurbon g’ijjakchi, Sultonxon Xalimov-tanburchi, Matyoqub Xarrat (Xarrat Devon bobo nomi bilan mashhur), Madrahim SHeroziy Orif Toshmatov (Orif garmon va boshkalar.).

Download 78.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling