Mavzu: O’zbek kompozitorlari ijodida sahnaviy musiqa janrlari musiqali- drama, opera balet


Download 78.81 Kb.
bet4/10
Sana05.05.2023
Hajmi78.81 Kb.
#1431923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbek kompozitorlari

OVOZLI (VOKAL) MUSIQA

1. Qo’shiq va romans o’zbek kompazitorlari ijodiyotida; Respublikamizda yangicha uslubiy jarayonda yaratilgan original qo’shiqlar. Kompazitorlar: M.Burxonov, S.Boboev, T.Sodiqov, D.Zokirov, X.Raximov, F.Nazarov, S.Jalil, M.Leviev, S.Yudakov, M.Nasimov, S.Xayitboev, SH.SHayimardonov, M.Yusupov, M.Bafoev, F.Alimovlarning mashhur qo’shiqlaridan namunalar.

2. ROMANS JANRIning rivojlanish jarayoni. Mazkur janrning rivojlanishida kompozitorlar: M.Ashrafiy, M.Burxonov, T.Sodiqov, S.Boboev, M.Leviev, S.Yudakov, D.Zokirovlarning o’rni va ularning romanslaridan namunalar.

3. Jo’rli va jo’rsiz a’kapella xor qo’shiq san’atining rivojlanish jarayoni. Mazkur jarayon rivojlanishda M.Burxonovning o’rni, uning Markaziy Osiyo xalqlari qo’shiqlari asosida qayta ishlagan, a’kapella xor turkumining mohiyati, xor jamoalarining repertuarlarini boyitishda I.Akbarov, S.Boboev, S.Jalil, F.Nazarov, M.Nasimov, SH.Ramazonov, A.Xalimov, M.Bofoev, A.Mansurov, F.Alimovlarning xor asarlaridan namunalar. Respublikamizda ko’p ovozli xor san’atining rivojlanish jarayonidagi yutuq va kamchiliklar, muammolar.

4. Ko’p qisimli Vokal-simfonik (syuita, kantata va oratoriya) janrlarning rivojlanishi jarayoni. Mazkur janrlar kompozitorlar ijoyotida:
Syuita: S. Yudakovning «Mirzacho’l» syuitasi (G’.G’ulom so’zi 1950 y), I.Akbarovning «Xamza» K.Yashin so’zi 1962 y.


5. Oratoriya: Mazkur janrning kampozitorlar ijodiyotida rivojlanishi. Misol sifatda quyidagi oratoriyalar nomlari keltiriladi: Ik.Akbarovning Toshkentnoma (M.SHayxzoda so’zi, 1962y), «Xamsa» (A.Navoyi so’zi) va «Mangu xotira» (X.Olimjon va X.G’ulom so’zlari, 1985y). Ko’p ovozlari vakal-simfonik syuita, kantata va oratoriya janrlarning rivojlanishida yutuq va kamchiliklar, muamolar. Xulosa.
Cholg’u musiqa.
O’zbekistonga simfonik musiqa san’atining kirib kelishi va tarixiy yo’nalishi, simfonik orkestrlarning paydo bo’lishi. 20-40 yillarda simfonik musiqaning rivojlanish jarayoni. Mazkur davrda rus kompozitorlaridan: N.Mironovning 4 ta o’zbek va 4 ta qozoq xalq kuylari asosida yaratgan 8 qismli «Trkiston» syuitasi, V.Uspenskiyning ikkita qozok, afg’on «Akramxon» va o’zbek «Zarkokil» xalk kuylarini simfonik orkestr uchun qayta ishlab, moslashtirgan 4 qisli syuitasi, V. Deshevovning «Samarkand» syuitasi (1936 y), M.Ippolitov- Ivanovning «O’zbekistonning musiqiy manzarasi» syuitasi, V.Zolotaryovning «Farg’onacha marsh», «O’zbekcha rapsodiya» va o’zbek kuylari asosida «syuita»lari, R.Glierning «Tantanavor uvertyura», «Farg’onada bayram» uvertyura, V.Uspenskiyning «Muqanna» syuitasi, «O’zbekcha poema-rapsodiya», «Turkmancha kaprichcho», A.Kozlovskiyning «Tanovor» poemasi, G.Mushelьning o’zbekcha musiqa intonatsiya asosida yaratgan «Birinchi simfoniya» (1938 y) va «Ikkinchi simfoniya» (1941y)lari. Qayd qilingan kompozitorlar asarlarining O’zbekistonda simfonik musiqaning joriy etilishdagi o’rinlari va mohiyati.
Mazkur davrda endi zamonaviy professional kompozitorlik ijodiyotiga qadam qo’ygan o’zbek kompozitorlaridan: M.Ashrafiy, T.Sodiqov va SH.Ramazonovlarning «Sadrash», M.Levievning «Nurxon «poema, M. Burxonovning «O’zbekiston qizi» syuita (1938 y); M.Ashrafiyning «Qaxramonlik» birinchi simfoniya (1942 y), uchta simfonik syuita kabi simfonik asarlarning bunyodga kelishi


Download 78.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling