Mavzu: O’zbek munshoati tarixi, uning an’analari


Download 0.71 Mb.
bet1/32
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1315790
TuriКонспект
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Н.М.ВА Д.Т.И.Ю. таянч




Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус, касб-ҳунар таълим вазирлиги




Бухоро вилоят ҳокимлиги Ўрта махсус касб-ҳунар таълими бошқармаси


НУТҚ МАДАНИЯТИ ВА ДАВЛАТ ТИЛИДА ИШ ЮРИТИШ ФАНИДАН


ТАЯНЧ КОНСПЕКТ



Бухоро-2004 йил «Истеъдод»

  1. Mavzu: Tilning ijtimoiy mohiyati. Til va tafakkur .

Darsning maqsadi :

  1. ta’limiy : Talabalarga mavzu bo’yicha tushuncha berish , topqirlik o’yini orqali o’quvchilarning so’z boyligini yanada oshirish .

  2. tarbiyaviy : Talabalarni nutq odobiga o’rgatib , ularda insoniy fazilatlarni shakllantirish .

  3. rivojlantiruvchi : O’quvchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish , dunyoqarashini kengaytirish :

Darsning turi : Nazariy ma’lumot berish .
Darsning uslubi : Suhbat , bahs – munozara usullaridan foydalanish
Darsning jihozi: Mavzuga oid qo’llanma ,test savollari , tarqatma materiallar .
DTS talablari : Tilning ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini tushuntirib bera olish , til bilan nutq tushunchalari o’rtasidagi farqni bilish .
Darsning borishi :
I .Tashkiliy qism : O’quvchilar davomadini aniqlash va darsga tayyorgarligini tekshirish , yangiliklar , sport xabarlari :
II . Uyga vazifani so’rash : Birinchi dars bo’lganligi sababli tilga oid she’r , hikmatli so’zlar ,maqollar so’rash
III . Yangi mavzu bayoni
Reja
1 .Til va tafakkur .
2. Tilning ijtimoiy mohiyati .

  1. Til va jamiyat .

  2. Davlat tili to’g’risidagi qonun .

  3. Mavzuga doir har xil o’yinlar .



Til.


Har tilni biluv emdi bani odama jondur
Til vositayi robitayi olamiyondur.
G’ayri tilni bilgali sa’y aylangiz , yoshlar
Kim ilm-u hunarlar kaliti andin ayondur.
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek ,
Bilmakka oni g’ayrat eting , foydaga kondur
Ilm-u fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Onda o’qug’onlar bori yaktoyi zamondur
Zor o’lmasun onlar dag’i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidek aning bag’ri to’la qondur.
Avaz O’tar .
Lug’at

1.Bani odam-odam ato farzandlari,


olam ahli-odamlar, insoniyat.
2.Vositayi robitayi olamiyon-olam
ahli aloqa-aralashuv quroli, vositasi.
3. G’ayri til- chet til.
4.Sa’y aylamak -intilmoq, harakat qilmoq.
5.siza-sizga
6Yaktoyi zamon –davr saralari .

Til bilan nutqni farqlash lozim.


Til so’zlash vositasi, ya’ni nutq sifatida namoyon bo’lganidagina ma’lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali, unsurlaridan tuziladi va nutqiy faoliyat natijasida nutq yuzaga chiqadi. Demak, til materiallari nutq faoliyati uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:

  1. Til aloqa materiali bo’lsa, nutq aloqa shaklidir.

  2. Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.

  3. Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog’liq holda uzoq bo’ladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og’zaki nutq so’zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin .

  4. Til nisbatan turg’un , barqaror bo’lsa, nutq doim harakatda bo’lib, o’zgaruvchan hodisa sanaladi.

  5. Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq . U dialog, monolog , matn shaklida bo’lishi mumkin.

Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatida, ya’ni nutq sifatida kishilar o’rtasida aloqa, fikrlashish , so’zlashish, amalga oshirish yaqqol ko’rinadi . Nutqiy faoliyat kishilarning bir-birlariga tushunarli bo’lgan til vositasida o’zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshadi: og’zaki tarzda va yozma tarzda.


Og’zaki nutqning ikki turi mavjud: oddiy so’zlashuv nutqi va adabiy so’zlashuv nutqi
Oddiy so’zlashuv nutqi tabiiy nutq sifatida namoyon bo’lib, sheva ta’sirida bo’lgan kundalik so’zlashuv nutqining turli ko’rinishlaridan iborat. Adabiy so’zlashuv nutqi esa adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda gapirishni taqozo etadi.
Yozma nutq og’zaki nutqdan so’ng yozuv ta’sirida paydo bo’lgan bo’lib, adabiy tilning imloviy , punktuasion, uslubiy qonun – qoidalariga bo’ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir . Yozma nutqnig mazmuniy bo’laklari, gaplar , ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko’rsatiladi. Yozma nutq og’zaki nutq kabi kishilar o’rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda ) yashovchi kishilar bilan aloqa bog’lash vositasidir.
Yozma manbalar orqali biz o’tmish tariximizni o’rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishni ta’minlaymiz.
Nutqning bu shakllari turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Nutq ayrim shaxsga tegishli bo’lishi (monologik), ikki kishi o’rta sida yuz berishi (dialogik) va bir necha shaxslar orasida bo’lishi (polilogik) mumkin. Nutq ko’rinishlari ifoda maqsadi, qurilishi, hissiy-ta’siriy vositalari bilan farqlanadi. Yozma nutq uslubiy turlari (ilmiy , badiiy, publistik rasmiy-idoraviy ) bilan o’ziga xos nutq yaratadi.
O’zbek tili -davlat tili

O’zbekiston Respublikasining “davlat til haqida ” –gi Qonuni 1989yil 21-oktyabrda qabul qilingan shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz.


Mustaqqillik sharofati bilan o’zbek tili-davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to’grisida g’amxo’rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.
1993 yil 2-sentyabrda “lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilinishi Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o’zgarishlar asosida “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995 yil 24-avgustda tasdiqlandi.
Davr taqozasi bilan “Davlat tili haqida ”gi qonunga ham ayrim o’zgartirishlar kiritildi va 1995 yilning 21- dekabrida O’zbekiston Respublikasining yangi taxririda “Davlat tili haqida ”gi qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24- moddan iborat bo’lib, uning birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo’lgan Konstitutsyamizning
4-moddasida yozilganidek, “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir”, deb yozib qo’yilgan.
Davlat tilini o’rganish, unga amal qilish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglagan majburiyatga aylanib bormoqda. O’zbek tilida to’g’ri, ifodali so’zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to’g’risida tinmay g’amxo’rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh o’quvchi o’z ona tilidagi so’z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o’rinli foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So’z fikr qurolidir, kishi qanchalik so’z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo’ladi.

V – Mustaqil ishlash. Matn tuzish (Vatan tabiat haqida)


VATAN NIMA?
Vatan atamasi aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma’nosini bildiradi Vatan tushunchasi keng ma’noda va tor ma’noda ham qo’llaniladi. Bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal azaldan istiqomat qilgan hudut nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa , bu tor ma’nodagi tushunchadir. O’zbeklarda falonchi vatanli bo’ldi, deyilganda o’sha odam uy-joyli, bosh panali bo’ldi, degan ma’no anglashiladi. Hazrat Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt, o’rin, tug’ilib o’sgan joy ,maskan, manzil ma’nolarida ishlatganlar. Shuningdek, Vatan kalimasi badiiy adabiyotda ko’chma ma’noda ko’ngil mulkining maskani tarzida ham qo’llanadi .
… O’zbekiston Respublikasi ozbek millatining vatanidir. Bu o’rinda davlat va vatan ayni bir ma’noni ifodalaydi, ya’ni O’zbekiston Respublikasi deganimizda Vatanimizni tushunamiz, Vatan deganda O’zbekiston Respublikasini idrok etamiz.
VI. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Test savollari.



  1. Tafakkur so’zining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping.

    1. Tafakkur tilning borliq shakli.

    2. Tafakkur- zohriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosi.

V) Tafakkur fikrni ifodalash usuli.

  1. O’zbekiston Respublukasining ,,Davlat tili haqida” gi qonuni qachon qabul qilingan?

    1. 1991 yil 22 avgustda

    2. 1989 yil 21 oktabr

  1. 1980 yil 2 sentabr

  1. Til va tafakkur ayrim-ayrim holda mavjud bo’lishi mumkinmi ?

    1. Ular doimo bir-birini taqazo qiladi, bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi.

    2. Til va tafakkur ayrim-ayrim holda mavjud bo’lish mumkin.

  1. Til tafakkurning mevalari va ma’naviy boyliklarini zamon va makonda adiylashtiradi.

  1. « So’z ichra mudom aql yashirindur, so’z chimildig ‘u aql kelindur » Ushbu hikmatli so’z kim tomonidan aytiganligini belgilang.

    1. Abu Shukur Balxiy.

    2. Nosur Xisrav.

  1. Alisher Navoiy.

  1. «Davlat tili haqida» gi qonunga nechanchi yilda o’zgarishlar kiritilgan?

    1. 1995 yil 21 oktabr

    2. 1996 yil 7 noyabr

V) 1996 yil 21 dekabr
TEST javoblari.

    1. B

    2. B.

    3. A.

    4. B.

    5. A.

( Doskaga 2 ta o’quvchi chiqadi va hikmatli so’zlarning davomini topadi, hikmatli so’znining davomini to’g’ri topgan o’quvchi 5 balli sistemada baholanadi).


Quyidagi keltirilgan hikmatli so’zlarning davomini toping.

    1. Insonni so’z ayladi judo hayvondin, bilkim, guhari sharifroq.....

Yo’q ondin.
2. Har so’zda har birovga shirin nuqati bor, Bol tomdi og’zidinki,...
Tilida naboti bor.

    1. Tili bo’lsa uning shakardan shirin, ulug’ ham, kichik ham beradi....

Bo’yin.

    1. Suydiradigan ham til,...

Kuydiradigan ham til.

    1. So’z ichra mudom aql yashirindur so’z chimildig’u,...

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling