Mavzu: O`zbek orfografiyasi va uning boshlang`ich ta’lim dasturi hamda darsliklarda aks etishi, o`rgatishga tavsif


O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi


Download 462.5 Kb.
bet7/14
Sana09.10.2023
Hajmi462.5 Kb.
#1696606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazish uslubiyoti

O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. Savod o‘rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So‘z bo‘g‘inga bo‘linadi, bo‘g‘indn kerakli - o‘rganilayotgan tovush ajratib olinadi, tahlil qilinadi, o‘rganilayotgan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o‘qish jarayoni o‘zlashtiriladi.Bunda o‘zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi.
Savod o‘rgatishda o‘zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:





XUSUSIYATLAR

O‘ZIGA XOSLIKLARI

MISOLLAR

1.

Tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi.

6 ta unli fonema bor.

E,o,a,u,i,o‘

2.

Undoshlarni o‘rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.

24 ta undosh tovush bor. Yozuvda 23 ta harf bilan ifodalanadi: 3 tasi harf birikmasi, 21tasi yakka harf.

B,d,f,g,j,k,l,m,
n,p,q,r,s,t,v,x,y,z,
g‘,sh, ch, ng.

UNLILAR

Unli

Ifodalanishi

Qo‘llanishi

O‘quv jarayoniga kiritilishi

E harfi

Undoshdan keyin old qator, o‘rta keng lablanmagan unli tarzida

so‘z va bo‘g‘in boshi
(ekin, aeroport)

Oldin so‘z boshida keladigan e, so‘ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi.

O harfi

Orqa qator, quyi keng, lablangan

Ruscha-baynalmilal so‘zlarda:
urg‘usiz bo‘g‘inda a tarzida (botanika);
o‘ tovushi kabi (tonna);
qisqa i tarzida (traktor).



Bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so‘zlar savod o‘rgatish davridan so‘ng o‘quv jarayoniga kiritiladi.

A tovushi

Old qator, quyi keng, lablanmagan

O kabi: bahor, savol;
I tovushiga yaqin: muomala, munasabat.

O tovushi bilan birgalikda o‘qitiladi

UNDOSHLAR
Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo‘g‘in va so‘z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. Harf birikmalarini o‘rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularni alifbe davrining oxirgi bosqichida o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir.
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi:
J


PORTLOVCHI SIRG‘ALUVCHI

1-dars.

  • o‘rgatish;

  • talaffuzini tushuntirish;

  • ko‘nikmalar hosil qilish.

2-dars.

  • o‘rgatish;

  • talaffuzini tushuntirish;

  • ko‘nikmalar hosil qilish.








3-dars.

  • Ikki tovushning talaffuzi-

dagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi;

  • Analitik-sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.



Ba’zi undoshlarning o‘qitilishiga oid ko‘rsatmalarni quyidagi jadval orqali ham kuzatish mumkin:



UNDOSH







SH

S va h harfi bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi.

O‘quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o‘qish va yozishga ko‘nikishlari lozim.

CH

C va h harfi bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi.




Jarangsiz jufti bor undoshllar (b-p, d-t, v-f, g-k, z-s)




Ular haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning yozilishi va talaffuziga e’tibor qaratiladi.

X va h




Talaffuzi va imlosi haqida dastlabki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo‘yicha maxsus mashqlar uyushtiriladi.

Tutuq belgisi (‘)




Unli tovushdan so‘ng kelsa, uni cho‘zib talaffuz qilishga, undoshdan so‘ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo‘llashga doir ko‘nikmalar shaklllantiriladi.

Savod o‘rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) shakli va ularning ishlatilish o‘rni o‘rgatiladi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata olsalar, o‘qish ko‘nikmasini ham yaxshi egallaydilar. Ya’ni:


O‘QISHGA O‘RGATISH

BO‘G‘IN ASOSIDA





O‘qishning dastlabki bosqichida orfografik o‘qishdan foydalaniladi, asta-sekin orfoepik o‘qish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so‘zlar oldin orfografik, so‘ngra orfoepik o‘qib beriladi va ularning o‘qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O‘quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo‘lganlaridan so‘ng orfoepik o‘qish mashq qilinadi.

Download 462.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling