2
«Falsafa» (Etika) fanining “Oilaning ilk
axloqiy maskan sifatidagi
o‘rni” mavzui yuzasidan ma’ruzalar o‘qish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma.
Primova F.A. –T.: ToshDTU, 2014. – 27b.
Barkamol avlod tarbiyasini izchil amalga
oshirishda oila muhim rol
o‘ynaydi. Inson axloqiy, ma’naviy va ruhiy qiyofasining poydevori oilada
qo‘yiladi.
Ma’lumki,
mamlakatimizda har bir oilani, ayniqsa,
endigina
shakllanayotgan yosh oilalar ildizini mustahkamlash –
ularni axloqan,
ruhan va huquqan kamol toptirish va shu
asosda fuqarolik jamiyati
quruvchilarini tarbiyalash muhim vazifa etib belgilangan.
Ushbu vazifa
ijrosini ta’minlashda biz, gumanitar fanlar o‘qituvchilari mas’ulmiz. Shuni
hisobga olib, mazkur uslubiy qo‘llanmada oila,
farzand tarbiyasi,
oilaviy
munosabatlar, oilaviy mulk masalalarini tahlil qilishga jazm etdik.
Ushbu uslubiy qo‘llanma axloqshunoslik fani o‘qituvchilari, soha
mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika
universiteti
ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga binoan bosishga ruxsat etildi.