3
Kirish
«Falsafa» (Etika) fanining “Oila, fuqarolik jamiyati va davlatning
axloqiy asoslari hamda shaxs axloqiy tarbiyasi” deb nomlangan 10-
bobining 1-mavzui “Oilaning ilk axloqiy maskan sifatidagi o‘rni”, deb
nomlanadi.
O‘qituvchi mazkur oila mavzuini yoritishdan oldin darsni tashkil
etish va o‘qitish metodikasini aniqlab olishi lozim. Shu bois o‘qituvchi,
dastavval, darsning ta’limiy, tarbiyaviy va darsni rivojlantiruvchi
maqsadlariga oydinlik kiritishi, dars jihozlari va darsda qo‘llanadigan
metodlarni tanlab olishi shart. Biz bu borada quyidagilarni tavsiya etamiz:
Darsning ta’limiy maqsadi: talabalar ongiga oila, xususan, oilaning
tarixiy ildizlari, oilaviy tarbiya nimalardan iboratligini yanada kengroq
singdirish va ularni oila qurishga tayyorlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: talabalarni oilaga mehr-muruvvatli
etib tarbiyalash, oilani asrab-avaylash uchun kurashishga odatlantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarning oila to‘g‘risidagi
bilimlarini va dunyoqarashlarini kengaytirish, mustaqil fikrlashga
o‘rgatish.
Darsning jihozlari: oila tarbiyasi to‘g‘risidagi chizmali, slaydli
ko‘rgazmalar, yozma pandnomalar, darsliklar va oila mavzusida rasmli va
izohli taqdimotnomalar.
Darsning borishi:
- vaqtdan unumli foydalanish, o‘zgalar fikrini qadrlash, bir-birini
hurmat qilish, yangilik kiritishga harakat qilish, faol ishtirok etish.
- mavzu to‘g‘risida o‘qituvchi tomonidan to‘liq tushuncha berish.
Do'stlaringiz bilan baham: