Mavzu: O‘zbek tili davlat tili sifatida. Davlat tilida ish yutirish fanining maqsad va vazifalari. Nutq uslublarining qiyosiy tavsifi. Nutq uslublariga oid matn tuzish va tahlil qilish. Yozuv me’yorlariga amal qilish


Download 110.74 Kb.
bet4/13
Sana05.05.2023
Hajmi110.74 Kb.
#1432313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-amaliy mashgulot

3.Ilmiy uslub.


Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog‘liq vazifaviy uslubdir. U o‘z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o‘quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo‘linadi.
Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:

  1. axborotning ob’yektivligi, aniqligi;

  2. nutqning ma’lumotlarga boyligi;

  3. fikrning lo‘nda, qisqa ifodalanishi;

  4. muallif individualligining sezilmasligi;

  5. emotsionallik, obrazlilikning bo‘lmasligi;

  6. atama, chizma, ramz va jadvallarning bo‘lishi;

  7. matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;

  8. adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;

  9. fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo‘lishi;

  10. ellipsis hodisasining bo‘lmasligi (nazarda tutilgan birorta so‘zning tushib qolishi);

  11. turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko‘p ishlatilishi;

  12. otlarni, asosan, birlikda ishlatish;

  13. matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;

  14. maxsus bog‘lash uchun xizmat qiladigan so‘z, so‘z birikmalarining qo‘llanishi.

4.Publitsistik uslub.


Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o‘z ichiga oladi. Bu uslub ham o‘zining yozma va og‘zaki ko‘rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag‘ishlangan bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar uslubning yozma turidagi asarlaridir.
Publitsistik uslubning yozma va og‘zaki ko‘rinishlari o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo‘ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ‘ibot kabi xususiyatlar mavjud bo‘ladi.

Download 110.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling