Mavzu: O’zbek tilida uyushiqlik hodisasi tadqiqi I kirish II asosiy qism 1


Uyushiq bo‘laklarni shakllantiruvchi vоsitalar


Download 254.36 Kb.
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi254.36 Kb.
#1601061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbek tilida uyushiqlik hodisasi tadqiqi 2

2.Uyushiq bo‘laklarni shakllantiruvchi vоsitalar.
Uyushiq bulaklar - gapda bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi bilan bogʻlangan boʻlaklar. Bunday boʻlaklar gapda birdan ortiq holda qator kelishi mumkin va bu gaplar Uyushiq boʻlakli gaplar hisoblanadi. Masalan, Tobora koʻtarilayotgan quyosh oʻrik, yongoq, shaftoli va olma giloslarning shoxlariga oʻzining ertalabki yogʻdusini sepmoqda. Bu gapda oʻrik, olma, shaftoli va gilos soʻzlari uyushib kelgan. Ular bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarmoqda. Ular oʻzaro sanash ohangi va teng bogʻlovchi yordamida birikkan. Gapning barcha boʻlaklari uyushiq boʻla oladi: uyushiq egalar, uyushiq kesimlar, uyushiq aniqlovchilar, uyushiq toʻldiruvchilar, uyushiq hollar. Uyushiq boʻlaklar qismlari, odatda, bir xil grammatik shaklda boʻladi. Gapning boʻlaklari yakka-yakka holda yoki oʻziga bogʻliq soʻzlar bilan kengaygan holda uyushib kelishi mumkin: Abdulla Qahhorning ijodiy tajribasi kitobxonlar uchun ham, adabiyotshunoslar uchun ham, yosh yozuvchilar uchun ham bebaho bir manbadir (P. Qodirov). Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor shakllari, bogʻlama va koʻmakchi feʼllar) oxirgi boʻlakka qoʻshiladi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak; Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, o'qib, ishlab kelyapman. Agar ushbu vositalar har bir kesimga qo'shilsa, bunday gap uyushiq kesimli sodda gap emas, qo'shma gap hisoblanadi: Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi. Sodda gapning tarkibidagi bo`laklar, undalmalar, kirish va kiritma qurilmalar, ajratilgan bo`laklar, undalmalar, sifatdosh, ravishdosh o`ramlar, harakat nomli tizimlar qatnashib, soda gapni ham shakliy, ham mazmuniy jihatdan murakkablashtiradi. Bunday gaplar murakkablashgan sodda gaplar deb ataladi.

Prof. G.Abduraxmonov tomonidan ilmiy adabiyotlarga olib kirilgan murakkablashgan soda gaplar atamasi ostida gaplar bilan qo`shma gaplar oralig`idagi gaplar ekanligi ta`qiqlanadi.i


Murakkablashgan gaplarning soda va qo`shma gaplardan farqli, o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

  • Murakkablashgan gaplar orqali birgina maqsad ifodalanmay, murakkab fikr o`z ifodasini topadi.


  • Murakkablashgan gapni tashkil etgan bo`laklar gapning umumiy mazmuni bilan izohlash munosabatida bo`ladi.


Murakkablashgan gapga ikki xil predikativ birlik, hukm bo`ladi. Bu predikativ birlikning biri asosiy bo`lib, ikkinchisi to`liq bo`lmagan hukmdir. Asosiy hukm gapning umumiy mazmunidan anglashilsa, to`liq bo`lmagan hukm gapning uyushiq, ajratilgan bo`laklari, undalma va kirish bo`laklar orqali ifodalanadi.



  • Murakkablashgan gapni tashkil bo`laklar asosiy gapning umumiy mazmuni munosabatga kirishadi.


  • Murakkablashgan gapni tashkil qiluvchi bo`laklar o`ziga xos intonatsiya bilan talaffuz etiladi. Bu intonatsiya boshqa gap bo`laklari intonatsiyaga o`xshamaydi, ular gap bo`laklaridan pauza bilan ajralib turadi.


  • Murakkablashgan gaplarda shakliy va mazmuniy murakkablashuv va munosabat mavjud. Mazmuniy munosabatda ob`ektiv, sub`ektiv, vokativ va modal munosabat o`z ifodasini topadi.


  • Murakablashgan gaplar o`ziga xos sintaktik qurilmalardan iborat bo`lib, shuning uchun ular soda va qo`shma gaplardan farqlanadi.





Download 254.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling