Chirchiq davlad pedagogika unverstiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 36.37 Kb.
bet1/5
Sana21.02.2023
Hajmi36.37 Kb.
#1218809
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MAXKAMOVA GULNORA


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAD PEDAGOGIKA UNVERSTITETI
GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
O'ZBEK TILI VA ADABIYOT YO’NALISHI
19 /4 GURUH TALABASI
MAXKAMOVA GULNORANING
O’ZBEK TILI TARIXI FANIDAN
UYUSHIQ BO’LAKLAR. GAP BO’LAKLARINING TARKIBImavzusidagi

MUSTAQIL ISHI

CHIRCHIQ-2023

MAVZU: UYUSHIQ BO’LAKLAR. GAP BO’LAKLARINING TARKIBI
Reja:
1. Uyushiq bo‘laklar haqida.
2. Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bo‘g‘lanishi.
3. Uyushiq bo‘laklarning hokim bo‘lak bilan bog‘lanishi.
4. Uyushiq kesimning ifodalanishi.
5.Uyushiq ega haqida ma’lumot.

Uyshuq bo’laklar- gapda bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi bilan bogʻlangan boʻlaklar. Bunday boʻlaklar gapda birdan ortiq holda qator kelishi mumkin va bu gaplar Uyushiq boʻlakli gaplar hisoblanadi. Masalan, Tobora koʻtarilayotgan quyosh oʻrik, olma, shaftoli va giloslarning shoxlariga oʻzining ertalabki yogʻdusini sepmoqda. Bu gapda oʻrik, olma, shaftoli va gilos soʻzlari uyushib kelgan. Ular bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarmoqda. Ular oʻzaro sanash ohangi va teng bogʻlovchi yordamida birikkan. Gapning barcha boʻlaklari uyushiq boʻla oladi: uyushiq egalar, uyushiq kesimlar, uyushiq aniqlovchilar, uyushiq toʻldiruvchilar, uyushiq hollar. Uyushiq boʻlaklar qismlari, odatda, bir xil grammatik shaklda boʻladi. Gapning boʻlaklari yakka-yakka holda yoki oʻziga bogʻliq soʻzlar bilan kengaygan holda uyushib kelishi mumkin: Abdulla Qahhorning ijodiy tajribasi kitobxonlar uchun ham, adabiyotshunoslar uchun ham, yosh yozuvchilar uchun ham bebaho bir manbadir (P. Qodirov). Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor shakllari, bogʻlama va koʻmakchi feʼllar) oxirgi boʻlakka qoʻshiladi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak; Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, o'qib, ishlab kelyapman. Agar ushbu vositalar har bir kesimga qo'shilsa, bunday gap uyushiq kesimli sodda gap emas, qo'shma gap hisoblanadi: Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi.
Juda muhim. Uyushgan bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi yordamchi so‘zlar (ham,-u(-yu), na...na... yuklamalari, bilan ko‘makchisi) va sanash ohangi yordamida bog‘lanadi. Uyushgan bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi bo‘lgan va, hamda bog‘lovchi vazifasidagi bilan yordamida bog‘langanda ular ko‘pincha takrorlanib keladi. • Adol bilan o‘yinchi Sora; • Asal bilan quvnoq Ruxsora... • (H. Olimjon)
Bunday vaqtda uyushgan bo‘laklar orqali ifodalangan shaxs, predmetlarning guruh-guruh ekanligi ifodalanadi.Ana shunday ma’no ifodalanganda va, hamda, bilan bog‘lovchilari bir-biri bilan erkin almashinib keladi.Va, hamda, bilan bog‘lovchilari ikkidan ortiq uyushgan bo‘laklar tarkibida bir marta qo‘llanilsa, uyushiq bo‘laklarning oxirgi juftligi orasida keladi va sanashning tugallanganligini bildiradi: Bog‘imizda o‘rik, shaftoli, gilos va olmalar bor. Uyushgan bo‘laklar ikki a’zodan iborat bo‘lib, biriktiruv munosabatini bildirsa, bu a’zolar o‘rtasida va, bilan, -u(-yu) bog‘lovchilari ishlatiladi. Solishtiring:
• Bir sevgikim, jon berur tanga.
• Faqat Zaynab-u Omonlarga xos
. • Zaynab-u Omonni Zaynab va Omon, Zaynab bilan Omon deb ishlatish mumkin.
Uyushiq bo‘laklar otlar bilan ifodalanganda va, hamda, bilan o‘zaro almashinadi. Fe’llar bilan ifodalanganda esa va, hamda, -u (-yu) o‘zaro almashina oladi, lekin «va» ning o‘rniga «bilan»ni qo‘yib bo‘lmaydi. Solishtiring.
• Keldi va ketdi.
• Keldi-yu ketdi.
Uyushiq bo‘laklar o‘zaro sanash ohangi yordamida bog‘lanib, ularning har birining ma’nosi ta’kidlanganda, har bir bo‘lak oxirida ham yuklamasi qo‘llaniladi: Sen ham, u ham farishta emas.Uyushgan bo‘laklar o‘zaro ayiruv munosabatida bo‘lganda, ular o‘rtasida yo, yoki, yo-yo, ba’zan-ba’zan, damdam singari bog‘lovchilar qo‘llaniladi. Masalan, yo kitob, yo ruchka olaman.
Juda muhim. Yo, yo-yo, yokibog‘lovchilari uyushgan bo‘- laklardan birini tasdiqlab, ikkinchisini esa inkor etib bog‘laydi.
• Masalan, yuqoridagi misolda kitob olsa, ruchka olmaydi, ruchka olsa, kitob olmaydi.
• Ba’zan-ba’zan, dam-dam, goh-goh kabi bog‘lovchilar yordamida bog‘langanda esa uyushgan bo‘laklarning navbatma-navbatligi ifodalanadi. Solishtiring: Goh o‘ynaydi, goh yig‘laydi. Ana shunday ma’no ifodalaganda dam-dam, goh-goh, ba’zan-ba’zan kabi bog‘lovchilar o‘zaro almashinib keladi.
Uyushgan bo‘laklar o‘zaro zidlik munosabatida bo‘lganda, ular o‘rtasiga zidlov bog‘lovchilari (ammo, lekin, biroq) qo‘llaniladi. Masalan, Hammasini tinglardim, ammo (lekin, biroq) O‘xshashini topmasdim aslo. (H. Olimjon) Uyushiq bo‘laklar ifodalagan ma’no inkor qilinib, ularning har biri ta’kidlab ko‘rsatilsa, na... na... bog‘lovchi vazifasidagi yuklama qo‘llaniladi. Masalan, Na sen, na men buning kafolatini olganmiz. (Shuhrat).
Na... na... uyushgan bo‘lakli gapning kesimi tasdiq shaklida bo‘lganda ham, inkor shaklda bo‘lganda ham qo‘llana beradi. Agar uyushiq bo‘lakli gap kesimi tasdiq shaklda bo‘lsa, na... na... uyushgan bo‘laklarni o‘zaro bog‘lash va gapni inkor gapga aylantirish vazifasini bajaradi. Aksincha, gapning kesimi inkor shaklda bo‘lsa, na... na... uyushgan bo‘laklarni o‘zaro bog‘lash va ularning ma’nosini ta’kidlash vazifasini bajaradi. Solishtiring: • Na Salim, na Karim keldi, • Na Salim, na Karim
Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi. Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari bo`lib, uyushiq bo`lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo`lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo`lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina cho`kdi. (Oybek). Ko`cha – ko`y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani so`roqlayotganday bo`ladi. (P.Qodirov).

Uyushiq bo`lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo`llaniladi.



Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan); zidlov bog`lovchilari, takrorlanuvchi bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi. Masalan: Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo`lsangiz, 500-600 yillik chinorlarni ko`rasiz. (A.Aminov). U doktorlarga goh zug`um qilib, goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi.
Uyushiq qator quyidagi uyushiq bo`lak o`rnini egallaydi:
1. Uyushiq ega: Qor-yomg`ir yog`ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar suvga kelishadi. (P.Qodirov).
2. Uyushiq kesim:
a) uyushiq fe’l kesim: ... ufqqacha cho`zilgan lolazor rang-barang tovlanmoqda, yonmoqda. (J.Abdullaxonov);
b) uyushiq ot kesim: qalbi pok bo`lgan kishining ishlari ham pok bo`ladi, toza bo`ladi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
3. Uyushiq aniqlovchi:
a) uyushiq sifatlovchi: Tabiatning hech kimga bo`ysunmaydigan, birovdan ruxsat ham so`rab o`tirmaydigan o`z qonunlari bor.
4. Uyushiq to`ldiruvchi:
5. Uyushiq hol: Qadimgi Movarounnahrda chinorzor bog`lar barpo etish an’analari hurmat ishtiyoq bilan davom ettirilgan. (A.Aminov). Mirzo Ulug`bek Samarqand, Kattaqo`rg`on, Balh va SHahrisabzda ana shunday bog`lar barpo etishga farmoish bergan. 
Uyushiq bo`laklar grammatik jihatdan ikki xil shakllanadi: mustaqil holda va umumlashgan holda.
Uyushuvchilar mustaqil holda shakllanganda, grammatik ko`rsatkichlar (ot va otlshgan so`zlar bilan foydalangan bo`laklarda – kelishik, egalik, ko`plik affikslari, -dagi o`rin belgisi affiksi hamda ko`makchilar; ot va fe’l kesimlarida – to`liqsiz fe’l va ko`makchi fe’llar hamda – dir affiks bog`lamasi va so`z bog`lamalari) uyushiqli qatorning har bir a’zosida qatnashadi. 
Uyushuvchilar umumlashgan holda shakllanganda, turli grammatik ko`rsatkichlar uyushiq qatorning oxirgi a’zosida qo`llanib, barchasi uchun taalluqli bo`ladi. Bunda turli umumlashtiruvchi grammatik ko`rsatkichlar qavsdan tashqariga chiqariladi. Va bu holda shakllangan uyushuvchilarning bitta bo`lak deb qarash lozim bo`ladi.


Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling