Chirchiq davlad pedagogika unverstiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 36.37 Kb.
bet2/5
Sana21.02.2023
Hajmi36.37 Kb.
#1218809
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAXKAMOVA GULNORA

Uyushiq aniqlovchi:
a) uyushiq sifatlovchi: Tabiatning hech kimga bo`ysunmaydigan, birovdan ruxsat ham so`rab o`tirmaydigan o`z qonunlari bor. (O`.Hoshimov).
Ba’zan ikki va undan ortiq sifatlovchilar sifatlanmishni turli tomondan aniqlaydi va shuning uchun ham uyushmagan sanaladi. Masalan: Tog` tepasida to`planayotgan qora bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi. (P.Qodirov). Bunda sifatlanmish (bulutlar) o`rniga nisbatan harakatdagi belgi (tog` tepasida to`planayotgan) va rang-tus (qora) jihatdan aniqlangan.
Uyuushgan sifatlovchilar esa sifatlanmishni bir tomondan aniqlaydi. Masalan: Ular ichida sariq, binafsha rang gullar... asta silkinib, o`zlarini ko`z-ko`z qilmoqchi bo`lardilar. (J.Abdullaxonov). Bu gapda sifatlanmish (gullar) faqat rang-tus (sariq, binafsha rang) jihatdan tavsiflangan. Sifatlovchilarning uyushganligini belgilashda sanash intonatsiyasi muhim rol o`ynaydi;
b) uyushiq qaratuvchi: Hayotda go`zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
v) uyushiq izohlovchi: ...bo`lajak katta san’atkor, arxitektura professori Akramjon Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi. (O.YOqubov).

Uyushiq to`ldiruvchi:
a) uyushiq vositasiz to`ldiruvchi: ... asrlar davomida kasr, koshona, machit, madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan. (A.Aminov);
b) uyushiq vositali to`ldiruvchi: Engil qor parchalarining osmondan uchib tushishida ham, daraxtlarga qo`nishida ham nafis bir xotirjamlik bor! 
Uyushuvchilar quyidagi bog`lovchilar yordamida aloqaga kirishadi:
1. Biriktiruvchilar (va, hamda, ham): uning tegrasida osmon benihoyat tiniq va ko`k ko`rinadi. (P.Qodirov). U yotoqxonaga borishga qaror berdi hamda nariga korpusga qarab ketdi. (P.Qodirov). Kun bo`yi quloqlari ostidan juda g`alati, ham xiyol hazin, ham kishini allaqanday erkalovchi... ajib bir musiqa ketmadi. (O.YOqubov).
Na ... na inkor yuklamasi biriktiruv bog`lovchilar vazifasida kelib, inkor ma’nosini anglatish uchun xizmat qiladi: Na hovlidan na uyidan sado chiqdi (I.Rahim).
Va bog`lovchisi vazifasida -u (-yu), -da, na ... na yuklamalari ham qo`llanishi mumkin. Keyin chakmonning ikki engini xurjunga o`xshatib elkasiga tashladi-da, orqaga qaytdi. (P.Qodirov). Yigit qora qushlarni ko`rdi-yu, birdan sergaklandi. (P.Qodirov).

Va biriktiruv bog`lovchisi vazifasini bilan ko`makchisi ham bajarishi mumkin: Deraza bilan doska orasida qo`lini orqasiga qilib yurib, lektsiya o`qiyotgan surrang kostyumli barvasta kishi to`xtadi. (P.Qodirov).


Bilan yordamchisi, va bog`lovchisi singari, juft – juft qo`llangan uyushuvchilarda har bir juft o`rtasida keladi: To`g`rilik bilan xiyonat, yolg`onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz – oz o`rganib dono bo`lur»).
2. Zidlovchilar (lekin, ammo, biroq): Tolibjon bolalarning beg`ubor, ammo almoyi – aljoyi gaplaridan zavqlanib jimgina borardi. (S. Ahmad). Usta Qambar o`g`lini urmadi, so`kmadi, lekin bir – ikki oy u bilan gaplashmadi. (P.Qodirov).
Zidlov bog`lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo`llanishi mumkin. Masalan: O`ttiz yildan beri shu qishloqda uy quribman-u, ... shu buloq ... Oyko`lni Oyko`l qilib turgan shu suv oldimizda oqqani uchun qadrsiz bo`lib yotganini sezmabman. (P.Qodirov). U Mullajon qozining bog`ini ko`rgan emas, ammo tarifini eshitgan. (A.Qahhor).
3. Ayiruvchilar (yo, yoki, yoxud, yoinki, dam ... dam, goh ... goh, bir ... bir, ba’zan ... ba’zan): Bir xil irmoqlar ... katta–katta toshlarni aylanib o`tib, ba’zan qoyalarning ostidan yo`l topib, goh to`lib, goh mildiratib ohistalik bilan ko`lga tushadi. (E.Vohidov). U dam sahnada o`tirganlarga, dam pastdagilarga qarab she’rni sharilatib o`qib ketdi. (O`.Xoshimov).
Ajratilgan bo`laklar qaysi gap bo`lagiga oid ekanligiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Ajratilgan aniqlovchilar.
2. Ajratilgan izohlovchilar.
3. Ajratilgan to`ldiruvchilar.
4. Ajratilgan hollar.

Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling