Chirchiq davlad pedagogika unverstiteti gumanitar fanlar fakulteti


Vaziyat (ravish) holi uyushib kelgan gapni toping


Download 36.37 Kb.
bet5/5
Sana21.02.2023
Hajmi36.37 Kb.
#1218809
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAXKAMOVA GULNORA

11. Vaziyat (ravish) holi uyushib kelgan gapni toping.
A) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. B) Qo‘qon, Farg‘ona va Andijonda yaxshi bir odat bor. C) U mayda-chuyda ishlarni ham aniq va puxta bajarardi. D) U tanib, bilib, keyin so‘rasha boshladi.
12. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Yangi mafkuraning asosi, negizi bormi, yo‘qmi?(I.A.Karimov)
A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) ega va kesim.
13. Onam, opam va singlim bilan mehmonga bordim. Qaysi gap bo‘lagi uyushgan?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) ot D) aniqlovchi
14. Uyushiq bo‘lakli sodda gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi. B) Gap tashuvchilarni, tirnoqdan kir izlovchilarni, chaqimchilarni men yomon ko‘raman.C) Bahor keldi, gul ochildi, chaman bo‘ldi yurtimiz. D) Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar.
15. Qaysi uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z qo‘llanmagan?
A) Bog‘imizdagi mevalar: olma, o‘rik, olxo‘rilar mo‘l hosil qildi. B) Berilgan barcha gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlar qo‘llangan. C) Suv, er, elektr - bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi.
D) Majlisda qatnashdilar: Sobir Erkinov, Nodir Olimov, Abdulla Saidov va boshqalar.
16. Qaysi uyushiq bo‘lakli gapda umumlashtiruvchi bo‘lak (umumlashtiruvchi so‘z) qo‘llangan?
A) Kamtarinlikni, zahmatkashlikni, sabot va sobirlikni Asqad Muxtordan o‘rgansak bo‘ladi B) Aql, bilim va hikmat – oltindan qimmat. C) Insonda hamma narsa: yuz ham, kiyim ham, qalb ham go‘zal bo‘lmog‘i lozim. D) Siz bilan biz o‘z e’tiqodimizga sodiq etanmiz.
17. Gapda uyushgan bo‘laklarni jamlovchi umumlashtiruvchi so‘z ko‘pincha qanday so‘zlar bilan ifodalanadi?
A) mustaqil so‘z turkumlari bilan B) barcha so‘z turkumlari bilan C) ot, olmosh va otlashgan so‘zlar bilan D) ot,olmosh, fe’l varavish bilan
18. Uyushiq bo‘lakli quyidagi gaplarning qay birida umumlashtiruvchi so‘z mavjud emas?
A) Masjidga qatnashdilar: Diyor Salimov, Davlat Usmonov, Sherzod Olimov B) Xolmurodning do‘stlari: Nodir, Qodir va Nozimalar ham birin-ketin qaytib kelishdi. C) Berilgan barcha gaplarga umumlashtiruvchi so‘z mavjud. D) Suv, er, elektr – bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi.
19. Umumlashtiruvchi bo‘lak qaysi gapda qo‘llangan?
A) Negaki, ular meni katta ehtiros, qiziqish bilan kutib oladilar. B) Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladigan o‘zgarishlarni, hollarni, harakatlarni – barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. C) Xullas, Vatanimizning osti ham, usti ham oltindir. D) Albatta, vaqt kutib o‘tirmaydi, o‘tib ketaveradi.
20. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelganda, umumlashtiruvchi so‘zdan oldin qanday tinish belgi qo‘yiladi?
A) vergul B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) tire

Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling