Mavzu o'zbek tilining sohalarda qo'llanilishi va uning jamiyat hayotida tutgan o'rni Reja


Download 331.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana01.05.2023
Hajmi331.63 Kb.
#1419299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbek tilining sohalarda qo\'llanilishi va uning jamiyat hayotida tutgan o\'rni

Til va tafakkur. 
Til va tafakkur bir-bir bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy hodisadir. 
Inson nutqi, til vositalari bo‘lmasa, fikrlash ham bo‘lishi gumon. 
Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur –zohiriy 
olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan 
in’ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd etib boshqa 
kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda, til-
tafakkurning borliq shakli. 
Hozirgi paytda yer yuzi aholisi 6 milliarddan oshib ketdi. Mana shu 
aholi 3000 dan ortiq tilda gaplashadi. Til odamlarning bir-birlari bilan 
muomalada bo‘lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir. 
Odamlar til vositasida o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini ifodalaydilar. 
Insoniyat jamiyatining shakllanishida tilning roli beqiyosdir. Tilsiz 
jamiyat, jamiyatsiz til bo‘lishi mumkin emas, til jamiyat uchun, 
insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa 
hisoblanadi, ya’ni til yakka insonga emas, balki butun jamiyatga 
daxldor bo‘lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, 
rivojlantirilib boradi. 
Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va 
ma’naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular 
doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashi va rivojlanishiga 
yordam beradi. 
Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq 
faoliyati bilan bog‘liq holda mavjud. Inson tafakkuri nutq bilan 
yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi. Demak, tafakkur 
jarayonining hamisha biror-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr 
tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo‘ladi. Til 


fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon 
tug‘diradi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 1989 –
yil 21 –oktabrda qabul qilingan. Shu davrdan boshlab har yili bu 
kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz. 

Download 331.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling