Mavzu o'zbek tilining sohalarda qo'llanilishi va uning jamiyat hayotida tutgan o'rni Reja


Download 331.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana01.05.2023
Hajmi331.63 Kb.
#1419299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbek tilining sohalarda qo\'llanilishi va uning jamiyat hayotida tutgan o\'rni

Tayanch so‘z va iboralar: O‘zbek, millat, turkiy, qadimiy, adabiy til, 
umumxalq tili, grammatik qurilish, sessiya, kengash, maqom, qonun, 
ish yuritish, tashkilot, muassasa, ish qog‘ozlari, til, tafakkur, nutq, 
so‘zlashuv tili, yozma adabiy til, og‘zaki adabiy til, obraz. 
Mаvzu bo‘yichа sаvоllаr 
1.Fikrlash bilan so‘zlash o‘rtasida qanday bog‘liqlik va farq bor? 
2.''Tafakkur'' so‘zining ma’nosini izohlang. 
3.Til va tafakkur alohida mavjud bo‘lishi mumkinmi? 
4.Tafakkur va til o‘rtasidagi munosabatni misollar asosida tushuntirib 
bering. 
5.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni 
nechanchi yil qabul qilingan? 


6.Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili-davlat tiliga e’tibor 
ko‘chayganligini izohlab bering. 
7.O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat tili 
haqida”gi qonuni nechanchi yilda e’lon qilindi? 
8.Nechanchi moddada “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili- 
o‘zbek tilidir'' deb yozib qo‘yilgan? 
9.Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida “O‘zbek tilining 
asosiy imlo qoidalari” nechanchi yilda tasdiqlandi? 
10.“Davlat tili haqida”gi qonunning nechanchi moddalarida 
hujjatlarning davlat tilida tayyorlanishi ta’kidlangan? 
11.O‘zbeklar dunyoning qayerlarida yashashadi? 
12. O‘zbek tili qaysi asrdan mustaqil til sifatida shakllana boshladi? 
13.Nima uchun davlat tili o‘zbek tili bo‘ldi? 
TOPSHIRIQLAR 
 
1-topshiriq.Matnni o‘qing. Matn bo‘yicha savollar tuzing. Reja 
asosida matn mazmunini so‘zlab bering.
Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning 
miqdori 7000 ga yaqin. Masalan: rus, ingliz, nemis, arab, fors, koreys 
va boshqa tillar.Tillarning barchasi insonlar o‘rtasidagi aloqa-
aralashuvni ta’minlash vazifasini bajaradi. Rossiyada rus tilida, 
Fransiyada fransuz tilida, Eronda fors tilida gaplashishadi. 
Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan 
uzilgan, insonlarning o‘zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o‘lik 
tildir. 
Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o‘zaro munosabatga 
kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy 
hodisa sanaladi. 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘zbek tilining ijtimoiy 
vazifalari yanada kengaydi 
Til millatning qalbi, uning o‘tmishi, buguni va kelajagi sanaladi. Shu 
ma’noda har bir millatning ona tilisida uning bebaho xazinasi, 
minglab so‘zlar saqlanadi. Bu so‘zlarni asrlar davomida xalq 
yaratadi, unga sayqal beradi, asrab-avaylaydi. 
Har bir davrda yashagan xalq vakillari bu so‘zlarni e’zozlab, ularga 
ishlov berib, so‘zlar xazinasini boyitib, keyingi avlodlarga 
yetkazishga mas’uldirlar. Internet ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi 
kunda 6000 dan ortiq til bo‘lib, ularning so‘z boyligi, leksik-


grammatik qurilishi, uslubiy imkoniyatlari darajasi bir xilda emas. Bu 
borada o‘zbek tili dunyodagi eng boy, shirali tillardan biri sanaladi. 
Bu tilda Mahmud Koshg‘ariy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin 
Muhammad Bobur, Nodira, Ogahiy singari buyuk zotlar barakali ijod 
qilgan bo‘lishsa, Muqimiy, Furqat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, 
Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriylar uni yangi 
pog‘onalarga olib chiqishdi. O‘zbek tilining XX asr boshlaridan 
bugungi kungachatarixiy ildizlarga ega. Ozarbayjon, usmonli turk,
qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq, uyg‘ur, chuvash, tatar, boshqird, 
xakas, yoqut singari 30 dan ortiq turkiy tillardan biri sifatida u 
qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek tili singari uzoq 
taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan. 
O‘zbek ma’rifatparvarlarining sa’y-harakatlari bilan XX 
asrning boshlarida shakllangan hozirgi o‘zbek adabiy tili bugun 
istiqlol sharofati bilan to‘lishib, go‘zallashib, butun borlig‘i bilan ko‘z 
oldimizda namoyon bo‘lmoqda. Hozirda u dunyodagi boshqa tillar 
bilan erkin muomala-munosabatga kirishib, ilm-fan, texnika, badiiy 
adabiyot, rasmiy qog‘ozlar tili sifatida tobora rivojlanib bormoqda. 

Download 331.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling