Nazorat topshiriqlari: - 1.Jahon tilshunosligida xalq jonli tilini lingvogeografik usul asosida o’rganish istiqboli ekanligini isbotlash.
- 2.Tilshunoslikda lingvistik geografiya usuli bilan shevashunoslikni o’rgangan olimlar ishlari bilan tanishish.
- 3.Dialektologik atlaslar bilan ishlash.
3-asosiy savol O’zbek xalq shevalarini lingvogeografik usulda o’rganish, uning atlasini yaratish masalalari. - O’qituvchining maqsadi: O’zbek shevalarini lingvogeografik usulda o’rganish XX asrning 40-yillarida professor A.K.Borovkov tomonidan olg’a surilganligi, bu sohadagi ishlar V.V.Reshetov va A.Shermatov tomonidan ijobiy amalga oshirilgan bir qator ishlar xususida talabalarga ma’lumot beradi. Shu bilan birga qilinayotgan va qilinajak ishlar xususida ham tafsilotlanadi.
Identiv o’quv maqsadi - 3.2.Bu yangi usulning o’rganilishini A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, A.Shermatov asarlari vositasida isbotlaydi.
- 3.1.Talabalar o’zbek shevalarini o’rganishda lingvogeografik usuldan foydalanish mumkinligini bilib oladi.
- 3.3.Hozirgi kunda o’zbek shevalari uch asosiy yo’nalishda o’rganilayotganligi haqida axborot beradi.
- O’zbek shevalari tadqiqotida asosan, tasviriy, qisman eksperimental va qiyosiy tarixiy usullar qo’llanib kelingan. Ayrim guruh shevalar atlasi ustida tekshirish ishlari olib boriladi.
- Tilshunos olimlar E.D.Polivanov, G’.Olim, K.K.Yudaxin, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, Sh.Sh.Shoabdurahmonov, A.G’ulomov, S.Ibrohimov, R.Abdullayev, M.Mirzayev, A.Aliyev, A.Shermatov, X.Doniyorov, N.Rajabov va ularning shogirdlari o’zbek shevalari bo’yicha olib borgan bir qator ilmiy izlanishlarda shevalarni lingvogeografik va areal tadqiqoti uchun manba yaratdi.
- O’zbek dialektologiyasida bu soha hali yosh sohalardan biri bo’lib, tugallangan boy materiallar asosida dialektologiyaga doir nazariy masalalarni ishlash, so’ng lingvistik geografiya masalalarini rejalashtirish bosqichiga o’tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |