Mavzu: O’zbek xalq shevalarining leksikasi


Tayanch tushuncha va iboralar


Download 0.93 Mb.
bet24/54
Sana14.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1001277
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ўзбек диалектологияси

Tayanch tushuncha va iboralar:

  • Lingvistik geografiya usuli: izoglassa, izofonema, izomorfema, monografik usul, tovush tushunchasi, grammatik shakl, leksik belgi, grammatik belgi, dialekt, lahja, sheva tushunchalari, lingvistik xarita, lingvistik atlas.

Identiv o’quv maqsadlari:

  • 1.1.Lingvistik geografiya haqidagi tushunchani ko’rgazmalilik asosida isbotlaydi.
  • 1.2.Lingvistik geografiya usuli bilan monografik usul orasidagi farq va afzal tomonlarini bilib oladi.
  • 1.3.Lingvogeografik usulning o’rganish ob’ektini o’rganadi.

Birinchi asosiy savolning bayoni:

  • Lingvistik geografiya (lingvo-geografiya) – tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u ma’lum territoriyada tarqalgan til hodisalari (tovushlar, grammatik formalar, so’zlar)ni aniqlaydi, ularni o’sha joyga bo’lgan munosabatini ko’rsatadi. Territorial til xususiyatlarini xalq tarixi til tarixi bilan aloqador holda taqqoslab, tushuntirib, kartalar orqali ifodalaydi. Lingvistik geografiya ham territorial dialektlarni o’rganadi. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri ko’rgazmaliligi bo’lib, unda ma’lum til hodisalarining o’rni va tarqalish chegarasi karta va atlas vositasida aniq belgilab berildi. Karta va atlas ham lingvistik geografiyaning ifoda vositasi bo’lib, uning asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlari va yo’llarini, konkret dialektlarni paydo bo’lishi va ularning milliy tilga bo’lgan munosabati, o’zaro aloqasini tushuntirib berishdan iboratdir.
  • Lingvistik geografiya bir qator umumlingvistik problemalarni ya’ni tilda lahja, dialekt shevalar mavjud bo’lsa, ularning xususiyatlari nimalar bilan chegaralanishlari, dialektlarning umummilliy tilga bo’lgan munosabati va shu kabi masalalarni hal qilmog’i kerak.
  • X!X asrning 60-yillariga qadar o’zbek tilshunosligida shevalar monografik usulda o’rganilib kelingan, bu jarayon hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Biroq 60- yillardan so’ng o’zbek shevalarini o’rganish ikki xil yo’nalishda: 1) monografik usul; 2)lingvografik asosida o’rganila boshlandi.
  • Monografik usul bilan o’rganishda shevalar tavsifiy usulda yozib olinib, boshqa o’zbek shevalari va adabiy tilda qabul qilingan so’zlar tovush va qo’shimchalar bilan qiyoslanar edi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling