Мавзу: O’zbek xаlqining shаkllаnish jаrаyonini o’rgаnish tаrixidаn


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#233966
  1   2   3   4
Bog'liq
ozbek xalqining etnik shakllanishi tarixshunosligi



 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI  

 

 

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

 

 

 

  

 

Tarix fakulteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi  

 

KURS ISh 

 

 

 

 

 

Mavzu: O’ZBEK XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI 

TARIXSHUNOSLIGI 

 

 

 

 

 

 Bajardi: 

 

Raximov S. 

 Tekshirdi: dos.   Xoliqulov R.Sh. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

SAMARQAND – 2014 YIL. 

 


Mavzu:   O’ZBEK XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI 

TARIXSHUNOSLIGI 

I. KIRISH 

II.        O’zbyek  xalqining  kyelib  chiqishi  haqida  ilmiy  kontsyeptsiyalar  va 

qarashlar  

1.1.  O’zbyek  xalqining  etnik  shakllanishi  tarixiga  doir  olib  borilgan 

tadqiqotlar 

1.2.  O’zbyek  millatining  shakllanish  jarayoni  va  o’zbyek  atamasining 

umummillat enonimga aylanishi 

III.  Xulosa 

IV. Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

Mavzuning dolzarbligi Asrimizning 40-yillarigacha xorijiy va sobiq SSSRda 

tarixchi  olimlar  o’rtasida  o’zbek  xalqining  etnik  tarixi  XV—XVI  asrdan,  ya’ni 

Movarounnahr hududiga dashtiqipchoq o’zbeklarining kirib kelishidan boshlanadi, 

degan fikr hukmronlik qilib kelar edi. O’rta Osiyo xalkdarining tarixini mukammal 

o’rgangan  olimlarning  ko’plari  bu  noilmiy  fikrlarga  qo’shilmaganlar.  SHulardan 

biri taniqli olim, professor A. YU. YAkubovskiy edi. 



Mavzuning  o’rganilish  darajasi  A.  YU.  YAkubovskiy  40-yillarning 

boshlarida  chop  etilgan  risolasida  o’zbek  xalqining  shakllanishi  masalasiga 

mutlaqo yangicha, ilmiy asoslar bilan yondashadi. Uning bu masalaga qarashlarini 

quyidagicha  izohlash  mumkin:  ko’chmanchi  o’zbeklar  hozirgi  O’zbekiston 

hududiga  kirib  kelganda,  ular  bu  erda  (har  holda  uning  katta  qismida),  hayot 

kechirayotgan turkiy aholini uchratadylar. Bu turg’un turkiy aholi ikki daryo (Amu 

va  Sirdaryo)  oralig’ida  eng  qadim  davrlardan  buyon  yashab  kelayotgan  (asosan 

eron  tilli)  xalqpar  bilan  aralashib,  qorishish  natijasida  vujudga  kelgan. 

Dashtiqipchoqtsan  XV  asrning  oxiri  —  XVI  asr  boshlarida  ko’chib  kelgan 

ko’chmanchi  qabilalar  mahalliy  aholi  tarkibiga  qo’shilgan  komponentlar  bo’lib 

unga o’zbek nomini bergan. 

A.  YU.  YAkubovskiyning  fikr-mulohazalaridan  ko’rinib  turibdiki,  o’zbek 

xalqi  (etnosi)  hozirgi  O’zbekiston  hududida  Dashtiqipchoq  o’zbeklari  ko’chib 

kelmasdan  ancha  oldin  tashkil  topgan.  Bu  xulosasi  orqali  olim,  o’sha  vaqtlarda 

hukm  surib  kelayotgan  —  o’zbek  xalqi  XV—XVI  asrlarda  tashkil  topgan,  degan 

qarashlar g’ayriilmiy ekanligini aniq tarixiy ma’lumotlar bilan asoslab beradi.

1

 

A.  YU.  YAkubovskiyning  bunday  qimmatli  fikrmulohazalari  B.  D.  Grekov 



bilan birgaliqtsa yozgan yirik monografiyasida ham aks etgan. 

Kitobning  uchinchi  qismida  muallif  Dashtiqipchoqqa,  Jo’jixon  ulusining 

shimoli-sharqiy  qismiga  (Oq  O’rdadan)

i

  XIV—XV  asarlarda  ko’chib  kelgan 



                                                           

1

 A.YU. YAkubоvskiy O’zbеk хalqining yuzaga kеlishi masalasi haqida T.: 1941  



 


o’zbeklar,  hozirgi  O’zbekiston  hududida  turg’un  yashovchi  aholidan  bir  muncha 

farq qilganligini uqgirib o’tadi. 

So’zsiz  dashtiqipchoq  o’zbeklari  urug’-qabilachilik  an’analarini  saqlab, 

asosan, chorvachilik bilan shug’ullanib, ko’chmanchilikda kun o’tkazib kelganlar. 

Ularning  turmush  tarzi,  madaniyati  O’rta  Osiyoning  Markaziy  mintaqalarida 

yashovchi  mahalliy  turg’un  aholidan  farq  qilgan.  Ammo,  ular  Movarounnahr  va 

Xorazm  hududiga  kelib  o’rnashgach,  mahalliy  aholi  bilan  yaqinlashib,  qorishib 

borishlari  natijasida  umumiy  iqgisodiy  va  madaniy  birlik  hosil  bo’ladi  hamda 

buning asosida keyinchalik o’zbek millati tashkil topadi. 

1942 yili Ikkinchi jahon urushi jadal borayotgan bir vaqtda (21—29 avgustda) 

sobiq  SSSR  FA  Tarix  va  falsafa  bo’limining  tashabbusi  bilan  Toshkent  shaxrida 

O’rta  Osiyo  xalqlarining  etnogeneziga  bag’ishlangan  ilmiy  sessiya  o’tkaziladi. 

Anjumanda  ilmiy  jamoaga  yaxshi  tanilgan  olimlar  —  S.  P.  Tolstov,  A.  D. 

Udaltsov, K. V. Trever, I. I. Umnyakov, A N. Bernshtam, L. A. Matsulevich, M. 

M.  Gerasimov,  N.  A.  Kislyakov,  V.  V.  Ginzburg,  A.  YU.  YAkubovskiy  va 

boshqalar  qatnashgan  edilar.  Anjumanda  O’rta  Osiyo  xalqiarining  etnik  tarixi  va 

etnogenezi  masalalariga  bag’ishlangan  bir  necha  ma’ruzalar  bo’yagan. 

Ma’ruzachilar  Markaziy  Osiyo  mintaqalarida  qadimdan  yashab  kelgan  o’zbek, 

tojik,  qozoq,  turkman,  qirg’iz  va  qoraqalpoq  xalqlarining  etnik  tarixi  juda 

qadimdan  boshlanganligini  va  bular  bir  necha  etnik  elementlarni  o’z  tarkibiga 

qamrab  olib,  murakkab  etnik  jarayonni  o’tab,  avval  elat  va  keyin  millat  bo’lib 

shakllanganligini aniq dalillar bilan isbotlaydilar. 

Urushdan  oldingi  yillari  va  urush  arafasida  G’arbiy  evropalik  ayrim  olimlar, 

xususan  Germaniyada  fashizm  mafkurachilari  tomonidan  irqchilik  nazariyasi 

ko’tarilgan edi. Bu nazariya tarafdorlarining ta’kidlashicha, ba’zi xalqlar (masalan, 

nemis xalqi) qadimdan aniq bir xalqtsan (boshqa biron xalqqa aralashmasdan) ildiz 

olib,  irqiy  jihatdan  tozaligini  saqlab  (oliy  irq  bo’lib)  kelgan  deb  da’vo  qilishgan. 

Ularning  tushunchasida  oliy  irqli  xalq  boshqa  ikkinchi  darajali  xalqlardan  ustun 

bo’lib, ular ustidan hukmronlik qilishi kerak edi. Ular bu shovinistik tushunchani 

keng  targ’ib  qilib  kelgan.  Markaziy  Osiyo  xalqiari,  ularning  tasavvurida  ikkinchi 




darajali xalqlar qatorida bo’lgan. 

Toshkent  anjumanida  yig’ilgan  olimlarning  ma’ruzalari  o’sha  davrda  keng 

rivoj  topgan  shovinistik  va  millatchilik  nazariyalarining  asossiz  ekanligini  fosh 

qilib,  masalaga  to’g’ri  ilmiy  yo’nalish  berishga  qaratilgan  edi.  Ma’ruzachilarning 

barchasi  yaqtsillik  bilan  xalqlar  (etnoslar)  bir  emas,  bir  necha  etnik  guruxlarni 

o’zaro yaqinlashishlari, qorishib borishlari natijasida vujudga kelganligini ta’kidlab 

o’tgan edilar. 

S. P. Tolstov o’z  ma’ruzasida g’arb  olimlarini  metafizik  nazariyalaridan  voz 

kechishga  undab,  har  bir  xalqning  etnik  tarkibi  uning  boshlang’ich  davridanoq 

murakkab  ekanligini  tan  olgan  taqtsirdagina,  etnogenetik  muammolarni  ilmiy 

asosda hal qilish mumkin, degan edi.

2

 



S. P. Tolstov ma’ruzasida o’rganilayotgan xalqni ilk davrlarda qaysi hududda, 

qaysi  jamoada  bo’lganligi  va  shu  hududda  yashovchi  xalqlarni  aniqlash  O’rta 

Osiyo  xalqlarining  etnogenezini  o’rganishda  muhim  omil  ekanligiga  alohida 

e’tibor beradi. SHu fikrga aoslanib «o’zbek xalqining etnogenetik jarayoni Qang’ 

davlati  hududida  boshlangan.  Kdng’  davlatining  tarkibida  va  u  egallab  turgan 

mintaqalarda o’zbek xalqining ilk ajdodlari yashagan, bularning etnik tarkibi va tili 

bir xidtsa bo’lmagan» deb ta’kidlab o’tadi olim o’z ma’ruzasida. 

S.  P.  Tolstov  O’rta  Osiyo  xalqlarini  (tojik,  o’zbek,  qozoq,  qirg’iz,  

qoraqalpoq)    elat  bo’lib  shakllanish  jarayonining  nihoyasiga  etish  vaqgini  va  bu 

jarayon  qaysi  davlat  ichida  o’tganligini  taxminiy  aniqlaydi.  Masalan,  o’zbek 

ajdodlari aloxida elat sifatida shakllanish jarayonining nihoyasiga etishini X—XII 

asrda, Qoraxoniylar davlati doirasida o’tganligini ta’kidlaydi. 

S.  P.  Tolstovning  sessiyada  qilgan  ma’ruzasidagi  barcha  qimmatli  fikr-

mulohazalarni inobatga olib, shu bilan birga uning ayrim so’zlariga aniqdik kiritish 

lozim  bo’ladi.  YUqorida  biz  olimning  o’zbek  xalqining  etnogenezi  Qang’ 

davlatidan  (miloddan  oldingi  III  —  milodiy  V  asr  o’rtalarida)  boshlangan  degan 

so’zlarini keltirgan edik. To’g’ri, Qang’ davlati o’ramida murakkab etnik jarayon 

                                                           

2

 S.P. Tоlstоv Pо drеvnim dеltam Оksa i YAksarta M.: 1962 г стр. 5 



 


yuz  bergan.  Ammo  bu  jarayon  o’zbek  ajdodlariga  xos  etnogenetik  jarayon  edi. 

SHu  jarayon  tufayli  Qang’  davlati  ichida  miloddan  oldingi  II  —  milodiy  I  asrlar 

davomida  mutlaqo  yangi,  turkiy  tilli  xalq,  qang’ar  elati  vujudga  keladi.  Bu  elat 

eron tilli xalqlar bilan turkiy tilli qabilalarning aralashib, qorishib borishi natijasida 

tashkil topgan. 

Milodiy V asr o’rtalarida eftaliylarning zarbasi ostida Qang’ davlati emiriladi, 

qang’ar  elati  tarqalib  ketadi.  Lekin  izsiz  yo’qolmaydi.  Ular  o’rta  asrlarda  tashkil 

topgan yangi etnik va siyosiy uyushmalarga kirib, ularning iqgisodiy, madaniy va 

siyosiy  hayotida  faol  qatnashganlar.  Ta’kidlab  o’tish  joizki,  Markaziy  Osiyoda 

qariyb  750  yil  davomida  hukmronlik  qilib  kelgan  Qang’  davlati  o’zbeklar  va 

hududdagi  boshqa  xalklarning  etnik  tarixida  chuqur  iz  qoddirdi.  Bu  davlat 

tarkibida  vujudga  kelgan  turkiy  tilli  etnik  qatlam  o’rta  asrlarda  o’zbek 

ajdodlarining  alohida  elat  bo’lib  shakllanishiga  zamin  tayyorlaydi.  Qang’  davlati 

tarkibida bo’lgan qabilalar ilk o’rta asrlardagi turkiy xalqlarning (qozoq, turkman, 

qoraqalpoq,  qirg’iz,  boshqird  va  boshqa)  etnogenetik  jarayonlarida  ham 

qatnashganlar albatta. 

Toshkent  ilmiy  sessiyasida  qatnashgan  olimlar  orasida  antropolog  L.  V. 

Oshaninning  ma’ruzasi  ham  e’tiborga  molikdir.  Olim  o’z  ma’ruzasida  ko’p  yillar 

davomida  o’zbek,  tojik,  qozoq  va  qirg’iz  xalqlarining  antropologiyasini  qiyosiy 

o’rganish  natijasida  o’zbek  va  tojiklarda  (qozoq  va  qirg’izlarga  nisbatan)  o’ziga 

xos  braxitsifallik  evropeoid  irqiy  alomat  (tip)  mavjudligini  aniqlashga  muyassar 

bo’lganligini  qayd  qiladi.  Bu  antropologik  tipga  u  O’rta  Osiyo  ikki  daryo 

oralig’idagi  irqiy  tip  deb  nom  beradi.  A.  I.  YArxo  mazkur  tipni  Pomir-Farg’ona 

irqiy tip, deb atagan edi 

L.  V.  Oshanin  ma’ruzasida  Movarounnahrda  til  jihatidan  turklashish  bilan 

barobar (bir vaqgda) tip jihatidan mongollashish jarayoni ham rivojlanib borganligi 

va  mongollashish  o’zbeklarda  tojiklarga  nisbatan  bir  muncha  kuchliroq 

ifodalanganligini qayd qilib o’tadi. 

L.  V.  Oshaninning  O’rta  Osiyo  xalqlarining,  jumladan,  o’zbek  xalqining 

etnogenezini  antropologik  materiallar  asosida  o’rganib,  muxim  ilmiy  xulosalarga  




kelganligi uning yirik tadqiqotlarida mukammal yoritilgan. L. V. Oshaninning va 

bir  qancha  boshqa  antropolog  olimlarning  o’zbek  xalqining  etnogenezi 

masalasidagi fikr-mulohazalar haqida quyida fikr yuritiladi. 

O’zbek xalqining tarixini yozishga kirishilgan kezlari (XX asrning 40-yillari) 

uning  etnik  tarixiga,  xususan,  etnogeneziga  oid  qator  masalalarda  noaniqliklar  va 

xato  tushunchalar  ham  davom  qilib  kelar  edi.  YAratilayotgan  o’zbek  xalqining 

tarixi bu xatolardan xoli bo’lishi lozim edi. SHuning uchun ham ayrim etuk olimlar 

(masalan, S. P. Tolstov, A. YU. YAkubovskiy) mavjud bo’lgan xatolarga tanqidiy 

ko’z  bilan  qarab,  o’zbek  xalqi  etnogeneziga  oid  muammolarni  ilmiy  asosda  hal 

qilishga da’vat etganlar. 

Usha davrlardagi eng qo’pol xatolardan biri o’zbek xalqining kelib chiqishini, 

uning  shakllangan  vaqtini  noto’g’ri  talqin  qilish  bo’lgan.  Ayrim  tadqiqotchilar 

o’zbeklar kelgindi, bular hozirgi Uzbekiston hududiga XV—XVI asrlarda kelgan, 

unga  qadar  ular  Movarounnahrdan  shimolda,  to  Irtish  daryosi  sohillarigacha 

bo’lgan  kenglikda  chorvachilik  bilan  shug’ullanib  kelgan  ko’chmanchi  xalq 

bo’lgan,  degan  fikrda  edilar.  O’zbeklarni  «kelgindi»  deguvchilarning 

kontseptsiyasiga  binoan  ko’chmanchi  o’zbeklar    Movarounnahr  va  Xorazm 

hududlariga kelgandan keyin (XV asr oxirlari — XVI asr boshlarida) alohida etnik 

birlik (elat) bo’lib shakllangan, degan xulosa kelib chiqadi. 

YUqorida  ko’rsatilgan  etnogenetik  masalalardagi  xato  qarashlar  qisman  A. 

YU.  YAkubovskiyning  1941  yilda  chiqqan  risolasida  qayd  etib  o’tilgan  edi. 

Muallif  1950  yilda  chop  etilgan  «O’zbekiston  xalqlari  tarixi»ning  ikkinchi  jildi 

uchun  yozgan  kirish  qismida  bu  masalaga  yana  qaytib,  noilmiy  fikr-

mulohazalardan  voz  kechib,  tarixni  ilmiy  asosda  taxdil  qilish  lozimligini  eslatib 

o’tadi. 

A.  YU.  YAkubovskiyning  fikricha,  xalqlarning  tarixi,  ba’zan  ularning 

nomlaridan qadimiyroq, (masalan, tojiklar va ularning madaniyati «tojik» nomidan 

ancha  oldin)  mavjud  bo’lgan.  Xuddi  shu  fikrni  o’zbeklar  haqida  ham  aytish 

mumkin.  Ular  (o’zbeklar)  O’rta  Osiyoning  markaziy  hududlarida  qadim 

zamonlardan  buyon  yashab  kelgan  bo’lsalar  hamki  etnik  (o’zbek)  nomini 




tojiklardan ancha keyin olganlar. Olim fikrini davom ettirib, quyidagilarni aytadi: 

Urta Osiyoning o’troq aholi yashaydigan mintaqalarida o’zbek xalqining ajdodlari 

ko’chmanchi  o’zbeklardan  bir  necha  asrlar  burun  yashab  kelganlar,  ammo  u 

davrlarda  ular  o’zbek  deb  atalmagan  edilar.  Bu  nom  (o’zbek  nomi)  ularga  keyin 

berilgan. Ikki daryo oralig’i va unga tutash mintaqalarda qadimdan yashab kelgan 

turkiy  xalqlarning  madaniyati  so’g’dxorazm  tsivilizatsiyasi  asosida  shakllangan. 

SHu  katta  tarixiy  davr  ichvda  turkiyzabon  turg’un  aholi  tarkibiga  bir  qancha 

qabilalar  va  xalqlar  kirib  uning  etnogenezini  tashkil  qiladilar.  Demak,  «xalq  va 

uning  madaniyati ba’zan nomidan  qadimiyroq  bo’ladi»  degan xulosani  olim  yana 

bir marotaba ta’kidlab o’tadi. 

A. YU. YAkubovskiyning O’zbekiston xalqlari tarixining birinchi jildi uchun 

yozgan kirish so’zida (1950 yil chop etilgan) va «Oltin O’rda va uning emirilishi» 

deb  nomlangan  monografiyaning  u  kishi  tomonidan  yozilgan  qismlarida  hamda 

«O’zbek  xalqining  etnogenezi  masalalariga  oid  risolasida  aytilgan  fikr-

mulohazalari  o’zbek  xalqining  etnik  tarixini  va  uning  etnogenezini  o’rganishda 

muhim ahamiyatga ega. Ta’kidlab o’tish joizki, yuqorida tilga olingan ishlarda 

A.  YU.  YAkubovskiy  yoki  O’rta  Osiyo  tarixi  bilan  shug’ullangan  boshqa 

bironta  olim  o’zbek  xalqining  shakllangan  vaqtini  aniq  belgilab  bermagan. 

Vaholanki,  bu  masala  etnogenetik  jarayonning  eng  muhim  muammolaridan 

hisoblanadi. 

1955  yil  o’zbek  xalqining  tarixi  —  «O’zbekiston  SSR  tarixi»  nomi  bilan 

ikkinchi  marotaba  chop  etildi.  Tarixning  A.  YU.  YAkubovskiy  tomonidan 

yozilgan uchinchi qismida «o’zbek va tojik xalqlarining shakllanishi» deb atalgan 

maxsus  band  qo’shilgan.  Mazkur  bandda  A.  YU.  YAkubovskiy  o’zbek  xalqining 

shakllanish  jarayonini  ikki  davrga  bo’ladi.  Birinchi  davr  XI—XII  asrlargacha 

bo’lgan  vaqtni,  ikkinchi  davr  XI—XII  asrlarni  o’z  ichiga  oladi.  Keyingi  asrlarda 

o’zbek elatining shakllanish jarayoni  asosan nihoyasiga etgan, degan fikrni ilgari 

suradi.  A.  YU.  YAkubovskiyning  o’zbek  xalqining  shakllanishga  oid  fikr-

mulohazalari Uzbekiston tarixining uchinchi nashrida ham takrorlanadi. 

A. YU. YAkubovskiyning o’zbek xalqining shakllanish jarayonini ikki davrga 




bo’lishi  umuman  to’g’ri.  Lekin  muallif  ko’rsatgan  birinchi  davr  chegarasi  aniq 

belgilanmagan. Avvalo bu davrni XI—XII asrgacha, deyishning o’zi to’g’ri emas. 

CHunki bu davr ichida o’zbek xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan edi. 

Agar  birinchi  davr  XI—XII  asrgacha  deb  olinsa,  unda  birinchi  davr  bu  sanalarni 

ham o’z ichiga olib, ikkinchi davrga o’rin qolmaydi. Birinchi davr XI asrgacha deb 

olinsa,  haqiqatga  yaqin  bo’lar  edi.  SHunda  ham  o’quvchida  «Uzbek  xalqining 

shakllanish  jarayoni  qachon  boshlangan,  qaysi  sanadan  boshlab  o’zbek  xalqining 

shakllanishi  tobora  rivojlangan  bosqichga  o’tgan?»  degan  savollar  tug’ilishi 

mumkin.  Bu  savollarga  A.  YU.  YAkubovskiy  tomonidan  Uzbekiston  tarixining 

ikkinchi va uchinchi nashrlari uchun yozilgan qismlarda hamda muallifning boshqa 

ishlarida javob topilmaydi. 

O’zbek  xalqining  shakllanishi  haqida  1958  yili  o’zbek  tilida,  1974  yili  rus 

tilida nashr etilgan «Uzbekiston SSR» tarixida ham gap ketadi. 

O’zbek tilida chop etilgan bir tomlikda XI asrgacha bo’lgan davrlarda o’zbek 

va  tojik  xalqlari  ko’p  asrlardavomida  bir-biri  bilan  yaqinlashib,  qorishib  borish 

jarayonini  o’taydilar,  XI—XII  asrlar  davomida  o’zbek  tili  va  o’zbek  tilida 

so’zlashuvchi o’zbek xalqi kelib chiqadi, degan fikr aytiladi. So’zsiz mualliflar bu 

erda, o’zbek xalqining shakllanish jarayonini va xalq sifatida tashkil topgan vaqtini 

belgilashda A. YU. YAkubovskiyga ergashganlar va ba’zi noaniqpiklarga ham yo’l 

qo’yganlar.  Bularda  ham  XI  asrgacha  bo’lgan  davr  o’zbek  xalqining  ko’p  asrlar 

davomidagi  shakllanish  jarayoni  deilganu,  lekin  bu  jarayon  qachon,  qaysi  asrdan 

boshlanganligi haqida hech narsa aytilmagan.

3

 

Uzbek tilidagi bir jildlik «O’zbekiston tarixi»ning mualliflari XI—XII asrlarni 



o’zbek  xalqining  tashkil  topgan  vaqti,  deb  ta’kidlaydilar.  YUqorida  XI—XII 

asrlarda o’zbek xalqining shakllanish jarayonini nihoyasiga etgan davri deb aytgan 

edik. Agar A. YU. YAkubovskiyning fikri to’g’ri deb topilsa, unda bir tomlikning 

mualliflari  elatning  shakllangan  vaqti  bilan  bu  jarayonning  nihoyasiga  etgan 

vaqtining  farqiga  bormaganliklari  ayon  bo’ladi.  Ma’lumki,  har  bir  elatning 

shakllangan  vaqti  bilan  uning  shakllanish  jarayonining  nihoyasiga  etishi  uchun 

                                                           

3

 Sa’dullaеv A.S. Qadimgi O’zbеkistоn tariхi manbalardan.-T.: 1996. 




ma’lum davr o’tishi kerak bo’lgan. Agar XI—XII asrlar o’zbek xalqi shakllanishi 

jarayonining  nihoyasiga  etgan  davri  deb  qaralsa,  u  holda  bu  xalqning  elat  bo’lib 

shakllangan  vaqti  qaysi  davrga  to’g’ri  keladi,  degan  savol  tug’ilishi  tabiiy.  Bu 

savolga A. YU. YAkubovskiy hamda o’zbek tilidagi bir tomlik O’zbekiston tarixi 

mualliflari ishlaridan ham aniq javob topish qiyin. 

1974    yilda  rus  tilida  nashr  etilgan  bir  jildlik—  «O’zbekiston  tarixi»da 

«o’zbek xalqining shakllangan vaqtini X asrda deb bilish kerak» deyilgan. Mazkur 

kitobda  o’zbek  xalqi  shakllanishi  jarayonining  boshlanishi  va  uning  nihoyasiga 

etgan  vaqti  haqida  hech  narsa  deyilmagan  bo’lsa  hamki,  bunda  o’zbek  elatining 

shakllangan sanasi haqiqatga bir muncha yaqinlashtirilgan. 

1933  yil  chop  etilgan  «Uzbekiston  tarixi»ning  III  jildida  «O’zbeklar  xalq 

bo’lib  asosan  X  asr  oxiri  XII  asrlarda  shakllangan»  deyilgan.  Bu  sana  tarixiy 

haqiqatga  to’g’ri  kelmaydi.  CHunki  o’zbek  ajdodlari  alohida  birlik  (elat)  bo’lib 

oldinroq,  ya’ni  IX—X  asro’rtalarida  shakllangan  edi  (bu  haqtsa  keyinroq 

gapiriladi).  X  asrning  ikkinchi  yarmi  —  XI  asrda  shakllangan  o’zbek  elatining 

iqtisodiyoti,  madaniyati  va  ma’naviyati  yana  ham  taraqqiy  etib  borayotgan  davri 

edi. Bu taraqqiyot jarayoni XII asr o’rtalarigacha davom etib, o’zbek xalqining elat 

bo’lib shakllanish jarayoni, etakchi olimlar aytganlaridek, nihoyasiga etadi. 

O’zbek  xalqining  etnogenetik  muammolariga  O’rta  Osiyo  va  Qozog’iston 

xalqlariga  bag’ishlangan  yirik  monografik  asarda  ham  e’tibor berilgan. Kitobning 

«Uzbeki» deb nomlangan qismining, «O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixining asosiy 

bosqichlari»  bo’limida  (mualliflar:  S.  P.  Tolstov,  T.  A.  Jdanko)  o’zbek  xalqining 

shakllanish jarayoni quyidagicha tasvirlangan: o’zbek va tojiklarning eng qadimgi 

ajdodlari  O’rta  Osiyoning  mahalliy  xalqi  va  qabilalari  xorazmliklar,  so’g’diylar, 

massagetlar  va  saklar  bo’lgan.  Tarixning  ilk  bosqichlaridanoq  dehqonchilik  bilan 

shug’ullanib  kelgan  eron  tilli  mahalliy  aholining  ma’lum  qismi,  dashtsahrolarda 

Zarafshon,  Farg’ona,  CHoch  va  Movarounnahrning  boshqa  vohalarida,  hamda 

Xorazmga  ko’chib  kelgan  turkiy  qabilalar  bilan  aralashib  borishlari  natijasida  til 

jihatidan turkiylashgan. O’z navbatida turkiy xalqpar eron tilli xalqlarning madaniy 

ta’sirida  bo’lib,  ulardan  xo’jalik  yuritish  usullarini,  dehqonchilik  sirlarini 




o’rgangan. XI—XII asrlarga kelib etnik aralashuv va turklashish jarayonining eng 

jadallashgan  vaqti  bo’lib,  ayni  shu  aerlarda  ikki  azim  daryo  (Amu  va  Sirdaryo) 

oralig’ida turkiyzabon xalq (etnos)ning asosiy o’zagi shakllangan. Keyinchalik bu 

elat o’zbek etnik nomini qabul qilgan. 

Keltirilgan  kontseptsiyadan  ko’rinib turibdiki, bu  erda  ham  o’zbek  xalqining 

shakllangan  vaqti  bilan  uni  alohida  elat  bo’lib  shakllanish  jarayonining  yakuniy 

bosqichi  aniqlanmagan.  S.  P.  Tolstov  1942  yil  Toshkent  shahrida  Urta  Osiyo 

xalqlarining  etnogenezi  bo’yicha  o’tkazilgan  konferentsiyadagi  ma’ruzasida  XI— 

XII  asrlar  —  o’zbek  xalqi  shakllanishi  jarayonining  nihoyasiga  etgan  davri,  deb 

aytgan  edi.  Bu  erda  esa  uning  aytganlari  o’zining  ilgarigi  fikriga  zid  bo’lib 

chiqayapti. 

O’zbek  xalqining  etnogenetik  muammolari  akademik  B.  G’.  G’afurovning 

ishlarida  ham  yoritilgan.  Dastavval,  bu  masalalarni  olim  «Tojik  xalqining  tarixi» 

kitobining  birinchi  va  ikkinchi  nashrlarida  qisqacha  bayon  qilgan  edi.  Uning 

keyingi, «Tadjiki» nomi bilan rus tilida chiqqan yirik monografik asarida «O’zbek 

xalqining etnogenez muammolari» degan alohida band ajratilgan. Mazkur bandda 

B.  G’.  G’afurov  o’zbek  xalqining  etnogenetik  masalalarini  oldingi  ishlariga 

nisbatan to’laroq yoritgan. B. G’. G’afurovning ushbu mavzudagi kontseptsiyasini 

taxminan quyidagicha tushunish mumkin turkiytilli qabilalar va xalqtarO’rta Osiyo 

mintaqalarida  qadim  zamonlardan  buyon  yashab  keladilar.  Lekin  ular  ko’chib 

yurishining  kuchayishi  VI  asrga  (turk  xoqonligi  davriga)  to’g’ri  keladi.  Ko’chib 

kelib  o’rnashgan  chorvador  aholi  (xususan,  uning  qashshoqlashgan  qismi)  vaqg 

o’tishi  bilan  o’troqlashib,  dehqonchilik  bilan  shug’ullanadilar  va  sug’diylar, 

xorazmiylar va sakmassagetlar bilan aralashadilar. Bu jarayonning tobora kuchayib 

borishi  natijasida  turkiy  tilda  so’zlashuvchi  aholi  son  jihatidan  ko’paya  boradi, 

pirovardida  o’zbek  xalqi  shakllanadi.  XI  asrda  o’zbek  elatining  shakllanish 

jarayoni  yana  ham  yuqori  pog’onaga  ko’tariladi.  Muallif,  Somoniylar  davrida 

(IX—X  asrlar)  turkiy  xalq  O’rta  Osiyo  vohalarida  yashovchi  aholining  talay 

qismini tashkil qilganligini ta’kidlab o’tadi. Qoraxoniylar davrida (X—XII asrlar) 

turkiy  qabilalarning  o’troqpikka  o’tishi  va  mahalliy  tojik  aholisining  (ma’lum 




qismi  albatta)  turklashishi  tufayli  O’rta  Osiyoda  turkiy  xalqpar  etnik  jihatdan  bir 

muncha  ko’payadi.  B.  G’.  G’afurov  o’z  kontseptsiyasida  fikrini  davom  qilib 

yozadi:  o’zbeklar  tojik  xalqi  va  O’rta  Osiyoda  yashovchi  boshqa  xalqlar  bilan 

barobar  qadimgi  tarix  hamda  ajdodlari  yaratgan  madaniyatning  vorislaridirlar. 

Akademik  B.  G’.  G’afurov  qadimgi  eron  tilli  xalqlarning  o’zbek  elati 

shakllanishidagi  rolini  yuqori  baholaydi  va  elat  shakllangan  vaqtni  (xronologik 

doirasini)  XI  asr  bilan  belgilaydi.  SHu  erda»B.  G’.  G’afurov  «O’zbekiston 

tarixi»ning 1967 yilda bosilib chiqqan birinchi jildida «keyinchalik o’zbek nomini 

olgan  xalqning  shakllanish  jarayoni  XI—XII  asrlarda  asosan  nihoyasiga  etadi» 

deyilgan  matndan  ko’chirma  olib,  muallif  «O’zbekiston  tarixi»da  aytilgan  fikrni 

ma’qullaganligini  bildiradi.  Bu  matndagi  «asosan»  iborasiga  ahamiyat  berib, 

xalqning (aynan o’zbek xalqining) shakllanishi jarayoni shundan keyin ham davom 

etishini izohlab o’tadi olim. 

B. G’. G’afurovning o’zbek xalqining shakllanishi haqidagi kontseptsiyasini 

qisqacha  quyidagicha  yakunlash  mumkin:  XI  asrgacha  bo’lgan  davr  —  bu  bir 

necha asrlar davomida bo’lib o’tgan etnik va madaniy jarayon davri bo’lib, bu davr 

ichida  Movarounnahr  va  Xorazm  hududlarida  turkiy  tilda  so’zlashuvchi  aholi 

vujudga keladi va bu aholi son jihatdan tobora ko’payib boradi. XI asrlar davomida 

o’zbek xalqining alohida elat bo’lib shakllanish jarayoni nihoyasiga etadi. 

SHu  o’rinda  ta’kidlab  o’tish  o’rinliki,  Markaziy  Osiyo  xalqlarining 

etnogenezi  haqidagi  B.  G’.  G’afurov  kontseptsiyasida  aytilgan  fikr-mulohazalar 

oldinroq  S.  P.  Tolstov,  A.  YU.  YAkubovskiy  va  boshqa  olimlar  tomonidan 

ko’tarilgan fikr-mulohazalardan deyarli farq qilmaydi. 

B.  G’.  G’afurovning  yozishqdan  ma’lum  bo’layaptiki,  o’zbek  xalqining 

chiqib  kelishidagi  asosiy  fikrlar  dastavval  uning  tomonidan  kontseptsiya  tarzida 

aytilgan.  Keyinchalik  bu  kontseptsiya  A.  YU.  YAkubovskiy  tomonidan 

«O’zbekiston  xalqlari  tarixi»ning  birinchi  nashri  uchun  yozilgan  kirish  so’zida 

nazarga  olingan.  Ushbu  kitobning  oxiridagi  nashrida  (1967)  uning  bu 

kontseptsiyasi  yana  ham  aniqroq  ifodalangan.  Haqiqatda  esa  bunday  emas, 

o’zbeklar  va  Markaziy  Osiyoda  yashovchi  boshqa  xalqlarning  etnogenetik 




muammolari  B.  G’.  G’afurovdan  ancha  oddin  ko’rilib,  bu  haqda  ma’lum 

kontseptsiya qaror topganligi haqida yuqorida aytilgan edi. Bu o’rinda faqat aytish 

mumkinki, B. G’. G’afurov masalaga xolisona qaramagan. 

O’zbek  xalqining  etnogeneziga  ovd  masalalar  M.  G.  Vahobovning  «O’zbek 

sotsialistik millati» nomi bilan o’zbek va rus tillarida chop etilgan monografiyada 

ham  o’rin  olgan.  Kitobning  bir  bobi  «O’zbek  elati  va  uning  tarkibi»  deb  atalib, 

bunda asosan, o’zbek xalqining shakllanishiga oid masalalar ko’riladi. So’zsiz, M. 

G.  Vahobovning  kitobi  o’sha  davr  ruxida,  marksizmleninizm  g’oyasi  asosida 

yozilgan.  Ammo  adolat  yuzasidan  aytish  kerakki,  muallif  o’zbek  xalqining 

shakllanish jarayonini xolisona hal qilishga urinadi. 

M.  G.  Vahobov  o’zidan  oldingi,  etakchi  tadqiqotchilarning  fikr-

mulohazalarini  e’tiborga  olib,  ular  ko’rsatgan  xronologik  doiradan  chiqmasdan, 

o’zbek  xalqining  etnik  tarixini  va  etnogenezini  uch  asosiy  bosqichga  bo’ladi. 

Birinchi bosqich — XI asrgacha bo’lgan davr — o’zbek elatining dastlabki o’zagi 

shakllangan  davr;  ikkinchi  bosqich  —  XI—XII  asrlar  o’zbeklarning  elat  bo’lib 

shakllanish  jarayoni  nihoyasiga  etgan  davr;  uchinchi  bosqich  —  o’zbek  elatining 

taraqqiy etishi va uning etnik tarkibi kengayib borishi davri. Keyingi davr to XIX 

asrgacha  davom  etadi.  Boshqa  erda  «o’zbek  elatining  asosiy  o’zagi  XI—XII 

asrlarda vujudga keladi», «Uning shakllanish jarayoni eramiz boshidan boshlab to 

shu vaqtgacha davom qildi», deb yozadi muallif. 

SHu  o’rinda  ta’kidlash  joizki,  M.  G.  Vahobovning  o’zbek  xalqining  etnik 

tarixini  va  etnogenezini  bosqichlarga  bo’lib  o’rganish  e’tiborga  sazovor,  albatta. 

Lekin ko’rsatgan bosqichlar ba’zi noaniqliklar va ziddiyatlardan xoli emas, albatta. 

Masalan, birinchi bosqichga juda katta (eramizning boshidan to XI asrgacha) davr 

ajratilgan.  Qariyb  bir  ming  yillik  davr  —  o’zbek  xalqining  shallanish  davri,  deb 

ta’riflanadi.  Demak,  shu  katga  tarixiy  davr  ichida  o’zbek  xalqi  shakllanib  keladi. 

Muallifning bu fikriga qo’shilish qiyin. Bu bir ming yillik davr o’zbek xalqi etnik 

tarixining  ma’lum  davri  bo’lishi  mumkin,  ammo  shu  katta  davrni  o’zbek  xalqi 

shakllangan  davr  deb  aytishga  aql  bovar  qilmaydi.  Bu  ming  yiddan  ziyod  tarixiy 

davr  ichida  hozirgi  O’zbekiston  hududvda  bir  necha  davlatlar,  elatlar  vujudga 




kelgan  va  tarqalib  ketgan.  O’zbek  ajdodlari  alohida  elat  bo’lib,  ma’lum  tarixiy 

sanada  shakllangan  (bu  haqtsa  boshqa  erda  gapirilmagan).  M.  G.  Vahobovning 

XI—XII asrlarda «o’zbeklarning elat bo’lib shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan 

vaqti»  degan  fikrini  to’la  ma’qullash  bilan,  pastroqtsa  «o’zbek  elatining  asosiy 

o’zagi XI—XII asrlarda vujudga keldi» deb aytgan so’zlarida zidlik mavjudligini 

sezmasdan iloj yo’q. Ko’rinib turibdiki, bir erda XI—XII asrlarda o’zbek elatining 

shakllanish  jarayoni  nihoyasiga  etgan,  deb  ta’kidlansa,  ikkinchi  bir  erda  uning 

asosiy  o’zagi  XI—XII  asrlarda  vujudga  kelgan,  deyiladi.  SHu  o’rinda  savol 

tug’ilishi tabiiy: agar o’zbek elatining asosiy o’zagi XI—XII asrlardagina vujudga 

kelgan  bo’lsa,  unda  qanday  qilib  uning  shakllanish  jarayoni  XI—XII  asrlarda 

nihoyasiga etgan, deb aytish mumkin. 

M. G. Vahobovning kishini ajablantiradigan fikrlaridan yana biri — «o’zbek 

elatining  shakllanish  jarayoni  milod  boshidan  boshlanib  shu  vaqggacha  (bizning 

davrimizgacha  —  K.  SH.)  davom  qildi»  deb  aytgani.  Agar  bu  jarayon  shu 

vaqggacha  davom  qilib  kelgan  bo’lsa,  unda  o’zbek  xalqi  faqat  shakllanishda 

davom etibdiyu alohida elat bo’lib shakllanmaptida? Unda, nega yuqorida XI—XII 

asrlarda  «O’zbeklarning  elat  bo’lib  shakllanish  jarayoni  nihoyasiga  etgan»  deb 

ta’kidlangan.  SHunga  o’xshash  bir-biriga  qarama-qarshi  qo’yilgan  fikr-

mulohazalarni  M.  G.  Vahobovning  yuqorida  tilga  olingan  kitobida  ko’plab 

uchratish mumkin. 

M.  G.  Vahobov  kitobida  etnik  va  milliy  masalalarga  oid  juda  ko’p 

muammolar  ko’tarilgan.  Lekin  bu  muammolarni  muallif  marksizmleninizm 

nazariyasi asosida yoritmoqchi bo’lib, ba’zi zidliklarga, xatoliklarga yo’l qo’ygan, 

albatta.  Ammo  uning  kitobidagi  etnik  tarixga  va  etnogenez  muammolariga  oid 

ayrim fikr-mulohazalarini tanqidiy tahlil qilgan holda, ulardan foydalanish mumkin 

bo’ladi. 

Uzbek xalqining shakllanishi B. X. Karmishevaning yirik monografiyalaridan 

birida yo’l-yo’lakay yoritilib o’tilgan. Muallifning fikricha, o’zbek elatining asosiy 

o’zagi IX—X asrlarda shakllangan. Lekin olima fikrini aniq dalillar bilan isbotlab 

berolmagan. 




O’zbek  xalqining  etnogenezi  va  shakllanish  jarayoni  masalalari  bilan  bir 

necha yillar davomida M. Ermatov ham shug’ullanib kelgan. Uning bu masalalarga 

qarashlari  60-yillarning  oxirlarida  chop  etilgan  kitobida  to’laroq  aks  etgan. 

Kitobning  nomi  «etnogenez»  so’zi  bilan boshlangan, lekin  kitobda  asosan  o’zbek 

xalqining etnik tarixi haqida gap ketadi. 

Muallif  o’zbek  xalqining  shakllanish  davrini  to’rt  davrga  bo’ladi.  Birinchi 

davr  miloddan  oldingi  VIII—II  asrlarni,  ikkinchi  davr  —  miloddan  oldingi  II  — 

milodiy IV asrlarni, uchinchi davr — milodiy IV—VI asrlarni va nihoyat to’rtinchi 

davr  —  milodiy  VI—VIII  asrlarni  o’z  ichiga  olgan.  Kitobning  mazmunidan, 

o’quvchida  shu  katta  tarixiy  davr  ichida  (miloddan  oldingi  VI  asrdan  to  milodiy 

VIII  asrgacha),  o’zbek  ajdodlari  faqat  shakllanib  kelgan,  degan  tushuncha  paydo 

bo’ladi.  O’zbek  elati  qachon,  qaysi  asrda  alohida  etnik  birlik  (elat)  bo’lib 

shakllangan va uning shakllanish jarayoni qaysi asrlarda nihoyasiga etgani haqida 

muallifning  aniq  fikrini  tushunish  qiyin.  M.  Ermatov  o’z  ishida  o’zbek  xalqining 

shakllanish  tarixini  yoritishda  qadimgi  va  o’rta  asrlarga  oid  tarixiy  geografik  va 

lingvistik  manbalardan  juda  ko’p  foydalangan.  Buni  tan  olish  kerak.  Ammo 

manbalar va foydalangan adabiyotlardan to’g’ri xulosa chiqarib, o’zbek xalqining 

etnik  tarixiga  va  etnogeneziga  oid  muammolarni  ilmiy  asosda  yoritishga  ojizlik 

qilgan. 

Uzbek  xalqining  etnik  tarixiga  oid  masalalar  akademik  B.  A.  Ahmedovning 

bir  qator  ilmiy  asarlarida  batafsil  yoritilgan.  Muallif  asarlarida  o’zbek  ajdodlari 

qadim  zamonlardan  O’zbekiston  hududida  yashaganliklarini,  XVI  asrning 

boshlarida  bu  hududga  kelib  o’z  hukmronliklarini  o’rnatgan  ko’chmanchi 

o’zbeklar o’zbek xalqining tarkibiy qismidan biri bo’lganligini ta’kidlaydi. 

SHarqshunos  olim  o’zbek  xalqining  shakllangan  vaqti  xaqida  gapirib 

«...Qoraxoniylar  davrida  (X—XI)  asrlar  o’zbek  xalqi  to’la  shakllanib,  ijtimoiy-

iqtisodiy  va  madaniy  jihatdan  rivojlanadi»  deb  yozgan  edi.  Olimning  aytganlari 

haqiqatga  yaqin  keladi.  Agar  o’zbek  xalqining  alohida  etnik  birlik  (elat)  bo’lib 

shakllangan  vaqtining  nihoyasiga  etganligini  XI—XII  asrlar  o’rtasi  bilan 

belgilansa masalaga yana ham aniqroq yondashilgan bo’lar edi. 




O’zbek  xalqining  etnogenezi  va  etnik  tarixi  masalalari  akademik  A.  A. 

Asqarovning  bir  necha  maqolalarida  ham  e’lon  qilingan.  Uning  yirik 

maqolalaridan  birida  tarixiy,  arxeologik,  etnografik  va  antropologik  manbalarga 

hamda  adabiyotlarga  asoslanib,  o’zbek  xalqi  etnogenezining  birinchi  bosqichi 

eramiz  boshlaridan  boshlangan.  Milodiy  VI  asrning  ikkinchi  yarmidan  o’zbek 

etnogenezining  ikkinchi  davri  boshlangan  deb,  XIV—XV  asrlarni  esa  bu 

jarayonning yangi, taraqqiy etgan davri deb ta’kidlaydi muallif.

4

 



Agar  aniq  bir  xalqning  etnogenezi  (chiqib  kelishini)  ma’lum  tarixiy  davrda, 

ma’lum  etnik,  iqtisodiy  va  madaniy  sharoitda  tashkil  topishning  nazariy  jihatdan 

to’g’riligini  tan  oladigan  bo’lsak,  unda  o’zbek  xalqi  etnogenezini  qadim  davrdan 

yoki milod boshidan boshlash uncha to’g’ri bo’lmaydi. SHu xildagi bo’linishlarga 

o’zbek  xalqi  etnik  tarixining  bosqichlari,  deb  qaralsa  qisman  to’g’ri  bo’lar  edi. 

SHunda  ham  o’zbek  xalqi  etnik  tarixining  boshlanish  davrini  milod  boshidan 

emas,  ancha  oldinroqtsan  (miloddan  oddingi  bir  minginchi  yillarning  oxirlaridan) 

boshlash maqsadga muvofiq deyilsa, xato bo’lmasdi albatta. 

So’zsiz,  xalqning  chiqib  kelish  ildizi  juda  uzoq.  Xalqning  chiqib  kelish 

ildizlari  bilan  uning  etnogenezini  (alohida  elat  bo’lib  shakllanishi)  katta  tarixiy 

davr  ajratib  turadi.  Bu  davr  ichida  ma’lum  hududda  bir  emas  bir  nechta  etnoslar 

tashkil  topgan. Ilk  elatlar  doimiy  emas  edi, ular  emirilib, ularning  o’rnida  boshqa 

elatlar  vujudga  keladi.  Markaziy  Osiyoda  birin-ketin  tashkil  topgan  elatlar  oz 

bo’lmagan  (bular  haqida  boshqa  erda  gapiriladi).  O’zbek  elati  ham  shu  hududda 

(IX—X asrlarda) shakllanadi. 

YUqorida  keltirilgan  barcha  fikr-mulohazalardan  ko’rinib  turibdiki,  o’zbek 

xalqining  etnogenez  masalalari  haqida  olimlar  qat’iy  bir  fikrga  kelmaganlar. 

O’zbek xalqining shakllangan vaqti har xil sanalar bilan ba’zan hech qanday ilmiy 

asossiz  belgilangan:  etnogenez  tushunchasi  xalqning  etnik  tarixi  bilan 

chalkashtirilib  yuborilgan;  etnogenez  deb  etnik  tarixni  davrlarga  bo’lib 

ko’rsatganlar,  lekin  bu  bo’linishlar  uncha  muvaffaqiyatli  chiqmagan.  Ammo, 

                                                           

4

 A.Asqarоv. O’zbеk хalqining etnоgеnеzi va etnik shakllanishi  T.: 2007 



 


barcha  chalkashliklar  va  noaniqliklarga  qaramasdan,  ayrim  tadqiqotchilar 

haqiqatga yaqinlashib, o’zbek ajdodlarini aloxida elat bo’lib shakllanishini IX—X 

asrlar  bilan,  uni  shakllanish  jarayonining  nihoyasiga  etish  vaqgini  XI—XII  asrlar 

bilan belgilaydilar. 

O’zbek  xalqining  aloxida  etnik  birlik  bo’lib  shakllangan  sanasi  birmuncha 

oydinlashgandigiga qaramasdan ayrim mualliflar ishlarida o’zbek elatining tashkil 

topgan  vaqti  keyingi  asrlarga  surib  ko’rsatilgan.  Jumladan,  rossiyalik  olim  V.  A. 

Nikonov o’zbek elatining shakllanish jarayoni XI—XVI asrlargacha davom etgan, 

deb yozadi. Bu qo’pol xato, albatta. X. Salimovning kitobida ham o’zbek elati XVI 

asrda  shakllangan  degan  noto’g’ri  tushuncha  mavjud.  Uning  yozishicha,  1500  y. 

Temuriylar  egallab  turgan  erlarni  bosib  olgan  turk-mo’g’ul  qabilalarigina  o’zbek 

hisoblangan.  Movarounnahrda  va  Xorazmda  qadim  davrlardan  buyon  yashab 

keluvchi  tub  erli  aholi  o’zbeklar  qatoriga  kiritilmagan.  X.  Salimovning  shu  va 

shunga o’xshash qator boshqa xatolari o’z vaqtida odilona tanqidga uchragan edi. 

G’. Abdurahmonov va SH. SHukurovlar birgalikda chop etgan kitobda o’zbek 

xalqining  shakllanish.davri  XI—  XV  asrlar  deyilgan.  SHu  asarning  boshqa  erida 

o’zbek xalqi XIV—XV asrlarda shakllanganligi qayd qilingan . 

G’.  Abdurahmonov  keyingi  ishlaridan  birida  o’zbekxalqining  shakllangan 

vaqti  haqidagi  fikri  ancha  o’zgargan.  Olim  mazkur  asarda  tarixiy  adabiyotlarda 

qayd  qilingan  «o’zbek  xalqining  shakllanishi  nihoyasi  XI—  XII  asrlarga  to’g’ri 

keladi»  degan  fikrga to’la qo’shiladi. SHu  bilan birga  G’. Abduraxmonovning bu 

masaladagi  fikri  qarama-qarshiliklardan  xoli  emas.  Masalan,  asarning  bir 

sahifasida  o’zbek  xalqi  va  tilining  shakllanishi  X—XII  asrda  deyilsa,  boshqa  bir 

betida X asrning ikkinchi yarmida shakllana boshlangan, deyilgan. 

G’.  Abduraxmonov  keyingi  ishida  yana  boshqa  xatoliklarga  ham  yo’l 

qo’ygan.  Masalan,  qipchoqlarni  bir  erda  qirg’iz,  ikkinchi  erda  pecheneg,  deb 

atagan.  SHarqiy  qarluqpar  uygurlar  bilan  tenglashtirilgan.  Ma’lumki,  bu 

etnonimlar  ilk  o’rta  asrlarda  aloxida  qabila  birlashmalarining  nomlari  edi. 

Bularning  birini  ikkinchisi  bilan  chalkashtirib  bo’lmaydi,  etnoslar  yashagan 

hududlar ham aniq ko’rsatilmagan. 




Moskva yaqinidagi Zvenigorodda 1988 yili bo’lib o’tgan katta anjumanda B. 

A. Litvinskiy qilgan ma’ruzasida o’zbek xalqi aloxida etnik birlik (elat) bo’lib XVI 

asrda  shakllangan  dedi.  Ma’lumki,  B.  A.  Litvinskiy,  B.  G’.  G’afurovning 

«Tadjiki»  deb  nomlangan  kitobining  mas’ul  muharriri  bo’lgan.  B.  G’. 

G’afurovning  mazkur  kitobida  o’zbek  xalqining  shakllanishi  XI—XII  asrlarda 

nihoyasiga  etgan,  deb  ko’rsatilgan.  B.  A.  Litvinskiy  mas’ul  muharrir  sifatida 

«Tadjiki»  kitobini  bir  necha  marotaba  o’qigan  va  taxrir  qilib,  B.  G’.  G’afurov 

ko’rsatgan  sanani  (XI—  XII  asr)  o’sha  vaqgda  tan  olgan,  albatta.  Endi  esa  bu 

sanani  «unutib»  o’zbek  xalqining  elat  bo’lib  shakllangan  vaqtini  XV—XVI 

asrlarda etnik guruhlarning Dashtiqipchoqtsan Movarounnaxrga kirib kelishi bilan 

bog’laydi.  B.  A.  Litvinskiyning  ushbu  noilmiy  fikri  Tojikiston  FA  akademigi 

Raxim Masovga ham ma’qul bo’lgan. 

Etnograf  S.  P.  Polyakov  esa  bu  masalada  yana  ham  jiddiy  xatoga  yo’l 

qo’ygan. Uning yozishicha, o’zbek xalqi turkman, qozoq, qirg’iz va boshqa xalqlar 

bilan bir vaqtda, ya’ni XVIII—XIX asrlarda xalq (elat) bo’lib shakllangan. 

So’zsiz,B.  A.  Litvinskiy,  S.  P.  Polyakovlarga  o’xshash  olimlar  O’rta  Osiyo 

xalqlarining,  jumladan,  o’zbek  xalqining  etnogeneziga  va  etnik  taraqqiyotiga 

beg’araz  qaramaganlar.  Ularning  nazarida,  bu  xalqpar  sobiq  SSSR  tarkibidagi 

«qoloq»  xalqlar  bo’lib,  faqat  keyingi  asrlarda  ruslar  ta’sirqdagina  alohida  etnik 

birlik (elat) bo’lib shakllanganlar. 

YUqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan ko’rinib turibdiki, o’zbek xalqining 

aloxida  etnik  birlik  (elat)  bo’lib  shakllangan  vaqti  (sanasi)  haligacha  aniq 

belgilanmagan.  Mualliflar  ko’rsatgan  sanalar  chuqur  ilmiy  asoslanmagan,  ko’p 

hollarda sanalar taxminiy tarzda ko’rsatilgan. 

Qadim  va  o’rta  asrlarga  oid  manbalarda  o’zbek  ajdodlarining  elat  bo’lib 

shakllanish jarayoni haqida aniq ma’lumotlar juda oz. Ammo, uning shakllanishida 

faol  qatnashgan  ayrim  etnoslar  haqida  manbalar  berilgan  ma’lumotlar  kamchil, 

ba’zan juda chalkash — ulardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo’ladi. 

Manbalarda  qadim  va  o’rta  asrlarda  yashagan  xalqlarning  siyosiy,  iqtisodiy, 

ijtimoiy  va  madaniy  hayoti  haqidagi  ma’lumotlar  ham  mavjud.  Bu  ma’lumotlar, 




garchi  qisqa  bo’lsada,  o’sha  davr  aholisining  hayoti, etnik tarkibi, etnik  aloqalari 

haqida  ma’lum  tasavvurga  ega  bo’lishga  imkon  beradi.O’zbek  xalqi  ildiz  olgan, 

uning  ilk  tarixiy  ajdodlari    saklar,  massagetlar,  toxarlar,  baxtardar,  xioniylar, 

usunlar,  qang’arlar,  so’g’diylar,  xorazmiylar  va  boshqa  xalqlar  haqida  oddinroq 

chop  etilgan  ishlarimizdan  birida  batafsil  gapirilgan,  ularni  bu  erda  takrorlab 

o’tirishning hojati bo’lmasa kerak. 

Mazkur  ishda  o’zbek  xalqining  elat  bo’lib  shakllanish  jarayonida  ishtirok 

etgan  xalqlar,  etnik  guruhlar  haqida  eslatilgan  manbalarga  qisqa  izoh  berib 

o’tishning o’zi kifoya qiladi. 

Ilk  o’rta  asrlarda  O’rta  Osiyoda  yashagan  xalqlar  haqidagi  ilk  (dastlabki) 

ma’lumotlar  Xitoy  voqeanavislarining  asarlarida,  chunonchi  «SHimoliy  (Xitoy) 

xonadonlarining  tarixi»  Beyshida  (550—577);'  «Suy  sulolasining  tarixi»  — 

Suyshuda  (581—618);  «Txan  sulolasining  tarixi»  —  Txanshuda  (618—907)  ; 

uchraydi.  Mazkur  manbalarda  Toshkent  (SHi,  CHjeshe),  Samarqand  (Kan), 

Buxoro (An, Ansi), Davan (Boxo, Boxan, Boxani), Xorazm, SHn yoki SHi, Kesh 

—  (SHaxrisabz),  Nasaf  —  (Qarshi),  Surxondaryo  (Toxaristonning  bir  qismi) 

viloyatlarining geografik joylanishi tabiati, mahalliy aholi va ularning iqtisodiy va 

siyosiy  hayoti  hamda  madaniyatining  ayrim  qirralari  haqida  gapiriladi.  Tilga 

olingan  manbalarda  Movarounnahrda  va  unga  tutash  mintaqalarda  joylashgan  bir 

qancha  turkiy  qabilalar,  ularning  yashash  joylari,  ba’zi  urf-odatlari  va  ularning  u 

yoki  bu  hududning  siyosiy  hayotida  ishtiroklari  haqida  ham  ma’lumotlar  olish 

mumkin.  Xitoy  manbalarida  eftaliylar  (idal,  yeda),  qarluqlar  (gelolu)  va  uning 

tarkibidagi  qabila-urug’lar  (meulo,  dami,  jisi,  tashili,  pofu,  gesa),  nushibi,  dulu 

(duglat),  turkesh,  usun  va  boshqa  turkiy  qabilalar  va  qabila  ittifoqdari  tilga 

olinadi*SHu  o’rinda  ta’kidlash  lozimki,  bu  qabilalar  haqidagi  ma’lumotlar 

tarjimon  tomonidan  qisqartirilib  berilgan,  ular  xatodan  ham  holi  emas.  SHuning 

uchun  ham  N.  YA.  Bichurinning  tarjimalarini  boshqa  tarjimalar  va  izohli 

adabiyotlar bilan solishtirib foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Bu  borada  N.  V.  Kyuner  va  YU.  A.  Zuevning  ishlari  e’tiborga  loyiqtsir.  Bu 

ishlarda  Xitoy  manbalarida  keltirilgan  ayrim  viloyatlar,  xalqyaar  haqidagi 




axborotlar tarjima qilinishi bilan bir vaqtda ularga ilmiy izoh ham beriladi.VII asr 

oxiri  —  VIII  asr  o’rtalarida  turk  xoqonligining  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy 

hayotining  ayrim  tomonlari  haqida  ma’lumot  beruvchi  muxim  va  ishonchli 

manbalardan  biri  Sibir  erlaridagi  qadimgi  turkiy  tildagi  qabrtosh  bitiklari 

xisoblanadi. Bular: Qul-Tegin, Tunyuquq, Iltaras (Gudulu, Qutluq)va uning xotini 

Elbilga  xotun,  Mogilan,  Quli-CHur(Magillanning  ukasi)  va  uyg’ur  xoni  Moyn-

CHur  sharafiga  qo’yilgan  qabrtosh  bitiklaridir  Qabrtosh  bitiklarida  turk 

xoqonlarining  davlat  mustaqilligini  saqlab  qolish,  uning  kuch-qudratini  oshirish 

borasida  olib  borgan  ichki  va  tashqi  kurashlari,  o’zbek  ajdodlarining  elat  bo’lib 

shakllanish  arafasida  Markaziy  Osiyoda  yuz  bergan  siyosiy  voqealar,  ba’zi  urf-

odatlar va boshqa masalalar tasvirlangan. SHuningdek, mazkur bitiklarda quyidagi 

etnonimlar  ham  tilga  olinadi:  o’g’uz,  uch-o’g’uz,  sakkiz-o’g’uz,  to’qqiz-o’g’uz, 

o’n-o’g’uz,  kengeres  (kangar)  qarluq,  qipchoq,  qirg’iz,  az,  teles,  kidan,  dulu, 

turkesh, turk va boshqalar. Bu xalqlar, qabilalar va qabila ittifoqlarining ko’pchiligi 

yoki  ularning  ayrim  guruhlari  o’zbek  ajdodlarining  elat  bo’lib  shakllanishida 

bevosita  ishtirok  etganlar.  Qadimgi  tosh  bitiklar  turkiy  xalqlarning  til  tarixini 

o’rganish borasida ham muhim manba xisoblanadi, 

Tosh  bitiklarida  keltirilgan  ma’lumotlarni  Xitoy  manbalari  va  o’rta  asrlarga  oid 

boshqa  manbalar  bilan  taqqoslab  o’rganilsa,  Markaziy  Osiyo  xalklari,jumladan, 

o’zbek xalqi etnik tarixi va etnogeneziga bir^muncha aniqpiklar kirgizish mumkin. 

O’zbek  xalqining  etnik tarixini va uning etnogenezini o’rganishda  IX—XIII 

asrlarda  arab  va  fors  tillarida  yozilgan  tarixiy  va  geografik  asarlarning  ahamiyati 

juda  katta)Bunday  adabiyotlar  talaygina.  Ular  asosida  qator  doktorlik  va 

nomzodlik dissertatsiyalari ham himoya qilingan'. Biz arab-fors tilli manbalarning 

ko’pidan,  asosan  rus  tilidagi  tarjimalaridan  foydalandik.  SHularning  ayrimlarini 

qisqacha eslatib o’tmoqchimiz. 

Foydalanilgan  manbalardan  biri  Abu-Jafar  Muhammad  ibn  at  Tabariyning 

«Tarix arrasul va al-Muluk» asari. Asarda Dixiston, Toxariston, So’g’d, Farg’ona, 

SHosh,  Xorazm,  Ettisuv  hududlarida  yashagan  turkiy  va  eron  tilli  aholi  haqida 

qisqa ma’lumotlar beriladi. Manbada eftaliylar, qarluqlar, turkeshlar haqida hamda 




turkesh  xoqonlari  —  Qursul,  Abu-Muzaxim  va  ayrim  turk  sarkardalari  tilga 

olinadi.  Unda  turklarning  so’g’diylar,  farg’onaliklar  va  toxaristonliklar  bilan 

birgalikda  arab  istilochilariga  qarshi  qurashlari,  turkiy  xalqlarning  ayrim  urf-

odatlari, e’tiqodlari haqida ham qisqa axborot beriladi. Bog’dod xalifasi tomonidan 

Volga bulg’orlari podshosi oldiga 921—922 yillarda elchi qilib yuborilgan Ahmad 

ibn  Fadlanning  safar  xotiralarida,  Xorazm  va  xorazm  xalqi,  Dashtiqipchoqda  va 

Orol  dengiziga  tutappo’llarda  yashovchi  o’g’uz  (g’uz)  bijanak  (pecheneg) 

qabilalari,  ularning  ijtimoiy  hayoti,  xo’jaligi  haqida  ko’rgan  bilganlarini  yozib 

qoldirgan.  Uning  ma’lumotlaridan  o’sha  davr  hayotini,  turg’un  va  ko’chmanchi 

aholining o’zaro munosabatlarini tushunish qiyin emas. 

Markaziy Osiyo xalqlarining iqgisodiy, madaniy va xo’jalik faoliyatini o’rganishda 

X asrda yashab o’tgan geograf sayyoxlar al-Istaxriy Ibn Hovqal va al-Muqaddasiy 

asarlarining  ahamiyati  bebahodir.  Bu  mualliflar  bergan  axborotlarning  afzalligi 

shundaki, ular Markaziy Osiyo mintaqalarining bir qancha shahar va qishloqlarida 

bo’lib, bevosita qo’rgan bilganlarini yozgan. YUqorida tilga olingan mualliflarning 

asarlarida  So’g’d,  Kesh  (SHahrisabz),  Nasaf  (Qarshi),  Toxariston,  SHosh, 

Farg’ona, Xorazm, Isfidjob va Markaziy Osiyoning bir qancha boshqa viloyatlari, 

shahar  va  qishloqlari,  aholisi,  tabiati,  ekinzorlari,  xo’jaligi,  hamda  tijorati  haqida 

batafsil  ma’lumotlar  berilgan.  Ularning  axborotlarida  turg’un  yashovchi  turkiy 

xalqlar va ko’chmanchi qabilalar (o’g’uz, xalach, pecheneg va boshq.) ham eslatib 

o’tilgan.  

Ba’zi o’rinlarda Ibn Hovqal va Muqaddasiy ma’lumotlari al-Istaxriy keltirgan 

ma’lumotlarni  takrorlanganga  o’xshaydi.  SHu  bilan  birga,  ular  talay  yangiliklar 

qo’shib,  bir-birlarini  to’ldiradilar  ham.  So’zsiz,  o’sha  davrda,  turkiy  xalqparning 

yashagan  hududlarini  aniqpashda  Abu  Dulafning  ma’lumotlari  muxim  manba 

hisoblansada,  uning  ma’lumotlaridan  foydalanishda  tadqiqotchi  juda  ehtiyot 

bo’lishi kerak. CHunki tilga olingan xalqlarning ko’pchiligi orasida Abu Dulafning 

o’zi shaxsan bo’lmagan, ular haqidagi ma’lumotlarni muallif boshqalardan eshitib 

yozgan  bo’lishi  mumkin.  SHuning  uchun  ham  uning  safar  xotiralarida  berilgan 

yo’l  marshrutlari  juda  chalkash.  Masalan,  sayyoh  slavyanlardan  o’tib  go’yoki 




pecheneglar  eriga  (shu  davrda  bularning  katta  bir  qismi  Emba  va  O’rol  daryo 

oralig’ida joylashgan bo’lgan), undan o’tib chigillar va Tibet erlariga, ulardan o’tib 

kimak  g’uz  erlariga  borganligini  hikoya  qiladi.  YA’ni  kelgan  tomonga  (orqaga), 

O’rol tog’ oldi mintaqalarda yashaydigan kimak eriga yana qaytib borib, so’ngra 

Xitoyga  o’tib  ketganligini  hikoya  kdpadi.  Hech  qanday  sayyoh  Tibetdan  (orqaga 

qaytib),  O’rol  tog’  oldi  mintaqalarida  yashovchi  kimaklar  eriga,  keyin  qaytib 

Xitoyga bormasa kerak 

Abu Dulaf axborotlarining yana bir xatolik joyi shuki, u Markaziy Osiyo, Sibir va 

Tibetda  yashovchi  turk,  mo’ng’ul,  tung’uz,  tibet  xalqparining  tillarini  e’tiborga 

olmasdan,  ularning  barchasini  turkiy  xalqlar  deydi.  Sayyoh  o’zining  xotiralarida 

qarluqlarga  tobe  bo’lgan  SHarqiy  Turkistonda  turg’un  yashovchi  (qarluq 

bo’lmagan) aholini ham qarluq deydi. Abu Dulafning axborotlaridan foydalangan 

kishi shu xildagi xatolar, noaniqliklarni hisobga olishi kerak, albatta. 

X asrning oxirgi choragi — XI asrning birinchi yarmida o’tgan yurtdoshimiz 

xorazmlik  buyuk  olim  Beruniyning  asarlarida  Xorazm,  Movarounnahr  va 

Markaziy  Osiyoning  boshqa  mintaqalarida  yashagan  xalqlar  haqida  juda  ko’p 

muxim  tarixiy  etnografik  ma’lumotlar  mavjud.  Masalan,  uning  «Qadimgi 

xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»,  asarida  Xorazm  va  Xorazm  podshohlari, 

podshohlarga  xos  laqablar,  Xitoy  chegarasigacha  bo’lgan  mintaqalarda  yashovchi 

turkiy  xalqlar,  o’g’uz  turklari,  turklarning  e’tiqodlari,  So’g’d  va  Xorazm 

xalqlarining  bayramlari,  urf-odatlari  va  bir  qancha  boshqa  qator  masalalar  ham 

yoritilgan. Asarda keltirilgan so’g’diylar, xorazmliklar va turkiy xalqlarning oy va 

kun nomlari bu xalqtarning qaysi tilda so’zlashganlaridan dalolat beradi. 

Beruniyning  «Hindiston»  deb  nomlangan  asari  ham  tarixiy  etnografik 

ma’lumotlarga  boy.  Bu  asarda,  asosan,  Hindistonning  siyosiy-ijtimoiy  hayoti, 

madaniyati,  urf-odatlari  va  e’tiqodlari  haqida  gap  ketadi.  SHu  bilan  birga  Hind 

daryosining  yuqori  oqimlarida  'joylashgan  turkiylar;  Xo’tan  va  G’azna  turklari 

hamda  Kobulning  turk  podsholari  haqida  ham  gapiriladi.  Beruniyning  bu 

ma’lumotlari turkiy xalqlarning Osiyo mintaqalarida keng tarqalganligidan dalolat 

beradi.  Mazkur  asarda  olim  SHosh  (Toshkent)  shahrining  nomi  haqida  ham  fikr 




yuritgan.

5

 



Beruniyning  Geodeziya  asarida  g’uz  (o’g’uz)  pecheneg  (bijanak),  alan  va 

asqabilalariningjoylashgan hududlari hamda pechenglarning (turkiy xalq) ta’sirida 

eron  tilli  as  va  alanlarning  talay  qismi  turklashganligi  haqida  qisqa  ma’lumotlar 

mavjud. Mazkur asarda Beruniy etti iqlimni 7 doira shakli bilan ifodalab, doiraning 

shimoliy  qismiga  (ya’ni  oltinchi  iqlimga)  xazarlarni,  guzturlarini,  qirg’izlarni, 

kimaklarni,  rus  va  slavyanlarni  joylashtirgan,  doiraning  sharqiy  qismiga  (ya’ni 

ettinchi  iqlimga)  Sin,  Xutan  va  turkiy  xalqlarni  joylashtirgan.  Beruniyning  etti 

iqlimni ifodalagan doiralaridan ilk o’rta asrlarda Evroosiyo xalqlarining joylanishi 

haqida ham aniq tasavvurga ega bo’lish mumkin. 

Olimning «Kitob assaydana fittibb» kitobida Markaziy Osiyoda mavjud bir qancha 

shahar  va  viloyatlar  (Buxoro,  Samarqand,  So’g’d,  Farg’ona,  Xorazm,  Qoshg’ar, 

Balasag’un, SHosh va boshq.) hamda etnik nomlar (turk, turkman, g’uz, qirg’iz va 

boshq.) eslatilgan. 

Beruniyning  mashhur  asari  —  «Qonuni  Ma’sudiy»da  ham  Evroosiyodagi  juda 

ko’p shaharlar va xalqlarning nomlari tilga olingan. Bizning ishimizda eng muximi 

asarning  «SHaharlarning  uzunlik  va  kengliklarini  jadvallarda  ko’rsatish  haqida» 

deb nomlangan bobidir. Ushbu bobda turli iqlimlardaga shaharlar nomlari, kengligi 

va ularning qaysi viloyatlarda va mamlakatlarda joylashganligi belgilangan. 

Jadvalda  Markaziy  Osiyo  mamlakatlarida  joylashgan  o’nlab  yirik  shaharlar 

ham  tilga  olinadi.  SHular  qatorida,  Farg’ona  vodiysida,  Sirdaryo  soxillarida, 

Etgisuvda va SHarqiy Turkistonda yashovchi turkiy xalqlarga qarashli 30 ga yaqin 

shaharlar ham qayd qilingan. Asarda Sirdaryoning quyi oqimlarida, Orol dengiziga 

tutash  cho’llarda  o’rnashgan  g’o’zlar,  Volga  bo’ylarida  Qora  dengiz  yaqinidagi 

xazar va boshqa turkiy toifalar ham eslatilgan. 

Jadvalda  keltirilgan  ma’lumotlar  xalqlarning  va  qabilalarning  X—XI  asr 

boshlarida joylashgan hududlarini aniq tasavvur qilish imkoniyatini beradi. 

Beruniyning Mineralogiya asarida bir necha marotaba SHarqiy turklar, Qobul 

viloyatida 

yashovchi 

turklar, 

Hindistonning 

shimolida, 

Tibet 

va 


                                                           

5

 Beruniy va Hindiston. T.: 1963 y.  




Kashmirgachegaradosh mintaqalarida joylashgan turklar haqida ham qisqa axborot 

berilgan.  Asarda  turkman  atamasining  ma’nosi,  qarluq,  pecheneglar  yashagan 

hududlar,Qoraxoniylar xoni Bug’raxon tomonidan somoniylar sulolasini inqirozga 

uchratilganligi, turkiy xal q




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling