Мавзу: O’zbek xаlqining shаkllаnish jаrаyonini o’rgаnish tаrixidаn
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek xalqining etnik shakllanishi tarixshunosligi
q
qning e’ti q q qodlari, q q qimmatba h h ho toshlar bilan bo g g g ’ ’ ’li q q q ba’zi odatlar h h ham eslatilgan. Beruniyning yu q q qorida eslatib o’tilgan asarlaridan keltirilgan tarixiy-etnografik ma’lumotlar o’zbek xalqining etnik tarixini, etnogenezini yoritishda eng ishonchli manbalar ekanligiga hech shubha yo’q, albatta. Lekin bu asarlardagi ma’lumotlardan foydalanayotgan tadqiqotchi o’rta asr tarixini mukammal bilmasa xatoga^yo’l qo’yishi ham mumkin. O’zbek xalqi va Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlarning til va etnik tarixini o’rganuvchi tadqiqotchi yirik tilshunos olim Mahmud Qoshg’ariyning (XI asr) «Devonu lug’otit turk» asarini chetlab o’tolmasa kerak. Mazkur asarda turkiy tillarga oid muhim ma’lumotlar qatorida Markaziy Osiyoda yashovchi turkiy xalqlar, qabilalar va ularning til xususiyatlari, dialektlar haqida ham fikr- mulohazalari berilgan. Asarda 80 dan ortiq shahar va qishloqlarning nomlari va 80 ga yaqin turkiy etnonimlar keltirilgan. Unda yana Sirdaryo sohillarida, Farg’ona, Etti suv va SHarqiy Turkistonda turg’un yashovchi turkiy aholi, eron tilli so’g’diylar (Mahmud Qoshg’ariyda Sug’dak) va til jihatvdan turklashgan so’g’diylar hamda yirik turkiy xalqlar (qarluq, basmil va boshq.) tilga olingan. Mahmud Qoshg’ariyning X asr oxirlari va XI asrda Sirdaryo soxillarida, Ettisuvda va SHarqiy Turkistonda yashovchi xalqlarning tilini va etnik tarixini o’rganishda muxim manba ekanligi haqidagi o’z fikr-mulohazalarimizni oldinroq bildirgan edik. SHu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, Mahmud Qoshg’ariyning asari ba’zi afsonaviy ma’lumotdan ham xoli emas. Masalan, asarda turkiy xalqlarning kelib chiqishini «Nuh payg’ambar o’g’li YOfasning o’g’li Turk» bilan bog’lanishi, Afrosiyobni Qoraxoniy turklarining xoni deyilishi: uning (Afrosiyobning) qizi — Kazvin shahrini; hamda Kaz suvi (Balxash ko’li) qirg’og’ida shahar qurilganligi, o’g’li Barman — Barman shahrini; boshqa bir o’g’li Balasag’un — Balasag’un shahrini bino qilganligi haqidagi ma’lumotlar afsonaviy ma’lumotlardir. Olimning
bu xildagi qarashlariga tanqidiy qarab, ularni nima sabab bilan keltirganligini obdon tushunib olish lozim. Arab tilida yozilgan manbalardan yana biri Ibn al-Asirning (1232—33 yy.) «Kitob al kamilfit tarix» nomlangan asari. Mazkur asarda bizni qiziqtirayotgan X—XII asrlarga oid ma’lumotlar mavjud. Unda shu asrlarda Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy holat, chunonchi qoraxoniylarning Movarounnahr hududini egallashi, G’arbiy Qoraxoniylar davlatining vujudgakelishi, qoraxitoy qabilalarining Ettisuvni va keyin Movarounnaxrni egallab, qoraxoniylarni tobe etishi, G’arbiy Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazm shohlar o’rtasidagi siyosiy munosabatlar, qarluq, xalach qabilalari Qoraxoniylar davlatining siyosiy hayotida tutgan o’rni va bir qancha boshqa masalalar haqida gap ketadi. Ibn
al-Asirning ma’lumotlaridan XII asrlarda Markaziy Osiyo
mintaqalarining etnik xaritasida ham o’zgarish bo’lganligini tushunib olish qiyin emas. Ma’lumki, 999 yil qoraxoniylar somoniylar ustidan g’alaba qozonib, Movarounnahrni egallashlari bilan bu hududga Ettisuvdan va SHarqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalaridan qarluq, chigil, xalach va boshqa turkiy qabilalar ko’plab ko’chib o’tadilar va ular qoraxoniylarning harbiy-siyosiy hayotida muhim rol o’ynaydilar. Qarluq, xalach va o’g’uz qabilalari G’azna va Xorazmning siyosiy hayotida ham faol qatnashganlar. Ettisuvga, bu erlar uchun yod bo’lgan yangi etnos — qora xitoylar (qorakidan, kidan) kelib o’rnashdilar va o’z hukmronligini o’rnatdilar. Movarounnahr va Ettisuvning etnik tarkibida yuz bergan o’zgarishlar o’sha davrning (X—XI asr) etnik taraqqiyotiga muayyan ta’siri bo’lgan, albatta. Fors tilida ham bir qancha asarlar mavjud. Bularning ham eng asosiylariga, (ishimizdagi ba’zi masalalarni yoritish uchun) kerak bo’lgan manbalarning ayrimlariga to’xtab o’tmoqchimiz. Fors tilida yozilgan asarlardan biri Buxoroning Narshaxiy qishlog’ida 899 yili tug’ilgan Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning «Buxoro tarixi»dir. Bu asar dastavval Narshaxiy tomonidan arab tilida yozilgan. 1128 y. hozirgi Quva
shaxrida yashagan al-Quboviy nomli kishi tomonidan fors-tojik tiliga tarjima qilingan. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida O’rta Osiyoda arablar «istilosi natijasida islom dinining tarqalishi (VIII asr) hamda IX—XII asrlardagi Buxoro va Buxoro vohasidagi shahar va qishloqlarning iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy tarixiga oid ma’lumotlar beriladi. Asarda yana qadim davrlardan turklarning Buxoro va uning atroflariga kelib joylashishi, Buxoro xalqining tarixi, Turkiston va Etti suv turklari bilan o’zaro siyosiy va etnik aloqalari, Buxoro aholisining e’tiqodlari, bayramlari, qoraxoniylar sulolasi xonlarining Buxoroda va uning atroflarida qurgan qasrlari va qo’riqxonalari haqida va shunga o’xshash bir qancha boshqa masalalar yoritilgan.Asarda keltirilgan ma’lumotlar ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo xalqpari siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini tushunib olishimizga katta yordam beradi.
Narshaxiyning asarida
Xurosonda, Afg’oniston va Movarounnahrda yashovchi ayrim turkiy xalqlar va etnik guruxdar ham tilga olinadi. Masalan, Qoraxoniy turklari, g’uz (o’g’uz) shular jumlasqdandir. Tilga olingan bu xalqlar va etnik guruhlar O’rta Osiyoning siyosiy hayoti va etnogenezida sezilarli iz qoldirgan, albatta. Etnik tarixni va etnogenezni o’rganish masalasiga oid yana bir muhim manba X asrda fors tilida yozilgan «Hudud al-olam» asaridir. Asarning muallifi ma’lum emas, shuning uchun ham bu asar ko’pincha «Tumanskiy ko’lyozmasi» nomi bilan mashhur bo’lib qolgan.«Hudud al-olam» geografik asar bo’lib, uvda dunyo xalqlarining geografik joylanishi, ma’muriy va iqtisodiy sharoitlari batafsil yoritiladi. Asarning talay qismi Markaziy Osiyoga bag’ishlangan bo’lib, unda mintaqalardagi tabiiy boyliklar, daryolar, cho’l va sahrolar, aholi yashaydigan viloyatlar haqida gapiriladi. Masalan: to’g’uz-o’g’uzlar, kimaklar yashaydigan hududlar, ularning shaharlari, shuningdek Movarounnahr, Xuroson, Xorazm viloyatlari va ularning shaharlari haqida ham qisqa ma’lumotlar berilgan. Bu ma’lumotlar asosida X asrda Movarounnahrda, Sirdaryo bo’ylarida, Ettisuv, O’rol oldi mintaqalarvda va SHarqiy Turkistonda yashovchi xalqlarning etnik xaritasini tasavvur qilish qiyin emas. Evroosiyo mintaqalarida joylashgan xalqlar, yirik qabila uyushmalari haqida ma’lumot beruvchi manbalar qatoriga Gardiziyning (XI asr) «Zayn ul-axbor» asari ko’p yillar davomida tarixchi-tadqiqotchilarning diqqatini o’ziga jalb qilib kelgan. Asar fors tilida yozilgan.Asarda Evroosiyo hududlarida yashovchi bir qancha turkiy xalqpar va qabilalar, chunonchi qarluq, kimak, qirg’iz, yag’mo, chig’il, pecheneg, to’g’uz-o’g’uz (to’qqiz-o’g’uz), hazar, suvor, bulg’or va boshqa etnonimlar tilga olinib, ularning joylashgan erlari, xo’jalik faoliyati, e’tiqodlari va urf-odatlari yoritiladi. Gardizi bergan axborotlar «Hudud al-olam» va uvdan odtsinroq o’tgan mualliflarning asarlaridagi ma’lumotlarni birmuncha to’ldiradi va shu bilan Evroosiyo, xususan, Ettisuv, Janubiy Sibir, SHarqiy Turkistonda va Sirdaryo soxillarida yashovchi aholining etnik tarkibi borasida aniq tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Turkiy xalqlarning etnik tarixini, uni etnogenezini o’rganuvchi tadqiqotchi Muhammad ibn Mansur Marvarudiyning (XII asrning ikkinchi yarmi XIII asr boshlari) «Tarixi-Muborakshox» asariga murojaat qilmasdan o’tolmaymiz. Bu asar umumiy tarix bo’lib, juda ko’p mamlakatlar va xalqpar haqida ma’lumotlar beradi. Bizning ishimiz uchun asarning eng muhim joyi Turkiston va turkiy xalqpar haqidagi ma’lumotlaridir. Asarda Turkiy xalqlarning juda katta hududda yashaganligi, ularning sharqiy chegarasi Xitoy bilan, G’arbiy Rum bilan, shimolda shimoliy xalqlar bilan, janubda — Hindistonning baland qorli cho’qqilari bilan tutash ekanligi ta’kidlanadi. Turklarning Evroosiyo va arab mamlakatlaridagi o’rni (mavqei) hamda ular yuqori madaniyatli xalqlar bo’lganliklari, o’z yozuvlariga ega ekanliklari ham asarda qayd qilingan. Asarda 60 dan ortiq turkiy etnonimlar tilga olinadi. SHaraf ul-zamon Tohir Marvaziy (XII asr boshida yozilgan) asaridan keltirilgan ayrim ma’lumotlar ham diqqatga sazovor. Asarning bir bobi Xitoy mamlakatiga va Hindistonga bag’ishlangan. SHu bobning katta qismida turkiy xalqpar haqida gapiriladi. Marvaziyning asari XII asr boshlarida yozilgan bo’lsada, uning turkiy xalqlar haqidagi ma’lumotlari ilk o’rta asrlarni (VI—X asr) to’la qamrab olgan. Marvaziy o’g’uz, uyg’ur, kun, qay, sariq (shari), kimak, yag’mo, pecheneg, qirg’iz, qarluq, xaloch, bulg’or va boshqa etnonimlar haqida muhim ma’lumotlar beradi. Asarda tilga olingan qabilalarning etnik tarixi, xo’jalik faoliyati, moddiy va madaniy hayoti, e’tiqodlari haqida gapiriladi. So’zsiz, Marvaziyning barcha ma’lumotlarini boshqa manbalar bilan solishtirmasdan, chuqur tahlil qilmasdan qabul qilib bo’lmaydi. Olimning ishidan foydalangan har bir kishi u bergan izoxlarni ham e’tiborga olishi kerak bo’ladi. Olmaliq shahrida 1230 yili tavallud topgan, turkiy xalqlardan chiqqan fors- tojik tilvda asar yozgan tarixchi va shoir Jamol Qarshiyning «Mulhakat as-surah» asarida ham ishimizga oid ba’zi ma’lumotlar mavjud. Asarda asosan Mo’g’ul xonlari, ayrim tarixiy shaxslar, shahar va viloyatlar (Qoshg’ar, Xo’tan, Xo’jand, SHosh, Farg’ona va boshq.) haqida gapiriladi. Biz uchun eng muhimi, asarning Qoraxonlar tarixiga bag’ishlangan qismi. Bunda muallif Qoraxonlar xoni (X asr o’rtalarida vafot qilgan) Satuk Bug’raxon Abd ul-Karimning va uning yaqinlari tomonidan islom dini qabul qilinganligi, islom dinining ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi xalqiar orasiga kirib borishi hikoya qilinadi. O’sha asrda islom dinining chorvadorlar orasida keng tarqalib borishi, ular madaniy darajasining o’sishi turg’un aholi bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning yana mustahkamlanib borishida muhim omil bo’lgan. Asarda Qoraxonlar sulolasiga mansub bo’lgan xonlarning nomlari keltirilgan.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling