Mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim! Kirish


Download 114.99 Kb.
bet9/70
Sana05.01.2022
Hajmi114.99 Kb.
#211610
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
Bog'liq
Barcha tadbirlar-64-betlik

Adabiy kompazitsiy a

Mansabing unutsang mayliga unit,

Martabang unutsang mayliga unut.

Lekin gar unutsang ona tilingni,

Zaharga aylansin onang bergan sut.

Shoir: Sherali Loyiqning ushbu satrlari tilga e’tibor naqadar muqaddasligini yana bir bor e’tirof etadi. Darhaqiqat, O’zbekiston hur o’lkam deb,ozodlik deb, tinchlik tantana qilgan o’lka deb madhiyalar o’qidik, hamdu sanolar aytdik. Lekin hayot buni isbot etmadi. O’sha buyuk deb, buyuklangan, “o’lkada” ulig’ deb ulug’langan o’lkada o’z tarixiga buyuklangan urf-odatiga, tiliga tahqir ko’zi bilan qaraldi. Biz uzoq vaqt milliyligimizdan, urf-odat va qadriyatlarimizdan yuz o’girdik. Yaxshiyamki, xalq baxtiga qayta qurish, yangilanish ijobat bo’lib, tilga munosabat tubdan o’zgardi. Ayniqsa, o’zbek tiliga davlat maqomi berilishi ushbu boradagi g’alabalardan biri bo’ldi. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning “Tilga ixtiyorsiz- elga e’tiborsiz”,- degan o’giti til muammosining xalq hayoti bilan chambarchas bog’liqligini eslatib turadi:

Ha, tili borning eli bor.

Tili tirikning – eli tirik.

Til muqaddasdir!

1-o’quvchi: Bu dargohga ta’lim bergan

Jon ustozlar assalom,

Yuzi gulgun, labi xandon

Gulchiroylar assalom

Bizga ko’z nurin bergan, murabbiylar assalom.

Bilimning keng sirin ochgan muallimlar assalom!



2-o’quvchi: Oh, ona tilginam, muqaddas tilim,

Bir og’iz so’zinng jonim tasadduq.

Bunchalar shirinsan, bunchalar so’lim,

Bormikan, ajib so’z, sendan ham ortiq.




Download 114.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling