Mаvzu: O’zbеkistоn – yagona Vatan


Download 350.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi350.42 Kb.
#1407362
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu

2. Til undoshlari: 
a) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, j, j(dj), ch, n, l, r; 
b) til o‘rta undoshi: y; 
d) til orqa undoshlari: g, k, ng; 
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x. 
3. Bo‘g‘iz undoshi: h. 
II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra: 
1.Portlovchi: b, p, d, t, g, k, q, ch, j(dj).
2.Sirg‘aluvchi: v, f, z, s, j, sh, y, x, g‘, h 
3.Sonorlar: burun tovushlari: m, n, ng (portlovchi); yon tovush: l (sirg‘aluvchi); titroq 
tovush: r(sirg‘aluvchi). 
III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra: 
1. Jarangli undoshlar:b, v, g, d, z, j, j(dj), y, g‘, l, m, n, ng, r. 
2. Jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h. 
Turi 
Juftlikka ega tovushlar 
Jufti yo‘q tovushlar 
Jarangli – 14ta 




j(dj) z 
g‘ 

y, l, r, m, n, ng 
Jarangsiz – 10ta 




ch 


sh 
q, h 
Jarangsizlar kodirovkasi: f,s,t,k,q,ch,sh,x,h,p. 
 
6-§. Tovush o‘zgarishi 
Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida turli 
fonetik o‘zgarishlar ro‘y beradi. 
Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan 
tovushlarning o‘zaro ta’siri natijasida o‘zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik 
hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir. 
O‘zbek tilida asos va qo‘shimchalarning, shuningdek, so‘zlarning bir-biriga qo‘shilishida 
sodir bo‘ladigan tovush o‘zgarishlari to‘rt turga bo‘linadi. 
I.Tovush almashishi. Tovush almashishi uch xil bo‘ladi: 
1.Asos tarkibida. 
a)so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilganda: son+a=sana, ong+la=angla, sovi+q=sovuq. 
b)lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilganda: bir+ta=bitta 
v)sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilganda: qishloq+i=qishlog‘i 
2.Qo‘shimcha tarkibida: 
a)lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilganda: ek+gan=ekkan 
b)sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilganda: yurak+ga=yurakka 
Ba’zi so‘zlarning faqat talaffuzida ham tovush almashishi hodisasi uchraydi: go‘sht-
(go‘sh), past-(pas),

Download 350.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling