Mаvzu: O’zbеkistоn – yagona Vatan


Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson


Download 350.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana30.04.2023
Hajmi350.42 Kb.
#1407362
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu

Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson 
tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi. 
Shunday qilib, nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) akustik; b) talaffuz (fiziologiya); 
d) vazifaviy tomonlari. Har qaysi nutq tovushini tavsif qilishda ana shu uch tomon e’tiborga 
olinadi.
Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda 
bo‘lakka bo‘linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi. 
Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma’noli 
birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa 
mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir
 
2-§. Nutq tovushlari, nutq a’zolari va harflar 
Og‘zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bolakka bo‘linmaydigan qismi nutq tovushi 
deyiladi. Nutq tovushlari nutq a’zolari orqali hosil bo‘ladi. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok 


etadigan inson a’zolariga nutq a’zolari deyiladi. Unga o‘pka, bo‘g‘iz, tovush paychalari, og‘iz 
bo‘shlig‘i, til, lablar, tishlar va burun bo‘shlig‘i kiradi.
Nutq a’zolarini o‘zining ish faoliyatiga qarab ikkiga ajratish mumkin: 
1. Faol nutq a’zolari: tovush paychalari, til, lab. 
2. Nofaol nutq a’zolari: o‘pka, bo‘g‘iz, og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar, va burun bo‘shlig‘i 
 
3-§. Fonemalar tasnifi  
O‘zbek tilidagi fonemalar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra va o’pkadan 
chiqayotgan havoning to’siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko’ra ikkiga bo‘linadi: 1) unli 
fonemalar; 2) undosh fonemalar. 
Talaffuz qilinayotganda, o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi hech qanday to‘siqqa 
uchramaydigan, faqat un (ovoz)dan iborat bo‘lgan va bo‘g‘in hosil qila oladigan fonemalarga unli 

Download 350.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling