Mavzu: O‘zbekiston allomalarining islom ta'limoti va dunyoviy fanlami rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari. Kirish


Download 81.5 Kb.
bet1/2
Sana01.11.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1737406
  1   2
Bog'liq
O\'ZBEKISTON ALLOMALARINING ISLOM TA\'LIMOTI VA DUNYOVIY FANLAMI RIVOJLANTIRISHDAGI TARIXIY XIZMATLARI



MAVZU: O‘ZBEKISTON ALLOMALARINING ISLOM TA'LIMOTI VA DUNYOVIY FANLAMI RIVOJLANTIRISHDAGI TARIXIY XIZMATLARI.


KIRISH:
O‘zbekistonda azaldan ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali davlat. Bugungi kunda yurtimizda 138 ta millat va elat vakillari o‘z dinlari va urf-odatlarini davom ettirib yashamoqdalar. Vatanimiz aholisining to‘qson foizga yaqini islom diniga e’tiqod qilib kelmoqda. Mustaqillikka erishgunimizcha dinimiz katta tahdidlar ostida rivojlanishiga to‘sqinlik qilib kelindi. Mustaqillikdan so‘ng dinga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Xususan Konstitutsiyamizning 31-moddasida: Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlandi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi,1 deb belgilab qo‘yilgan.
Hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan dinimiz rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan 2017-2021-yillardagi Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishida ham bu sohaga katta e’tibor qaratilgan. Diniy ta’lim dargohlarining moddiy-texnik bazasi yangilandi. Diniy ta’lim dargohlari madrasa va oliy diniy ta’lim dargohlarida yoshlarni va xususan xotin-qizlarimizni ta’lim olishlari uchun ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki islom dini rivojiga va xalqimizning diniy bilimlarini yuksaltirish uchun barcha shart-sharoitlar davlatimiz tomonidan yaratilib berilmoqda.
ASOSIY QISM:
Islom dini ta’limining tashkil etilishi yurtimizda uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Diniy ta’limning rivojlanishida islom dini ulamolarining hissasi beqiyosdir. Shuning uchun ularning jamiyatda tutgan o‘rni doimo oshib borgan. Buxoro, Samarqand va boshqa bir qancha shaharlarda ko‘plab diniy dargohlar, ya’ni masjidlar, namozgohlar va madrasalar ko‘payib bordi. Jumladan, X asrda Buxoro shahrida O‘rta Osiyoda birinchi madrasa Farjak madrasasi bunyod etildi. Keyingi yillarda yurtimizda madrasalar faoliyati rivojlanib bordi. Madrasa ta’limi bu davrda islom dini rivojlanishida muhim vazifani bajargan. Ayniqsa Buxoro shahrining o‘rni bu borada ancha oldinda edi. Zero, bu davrda Buxoro shahri “Qubbatul islom” , ya’ni islom dinining gumbazi deb ulug‘langan. Yrtimizda islom dinining rivojlanishida hadis ilmining eng buyuk ulamolaridan hisoblangan Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning xizmatlari beqiyosdir. Imom Buxoriy yoshligidan islom dini tarixi va ta’limotini chuqur o‘rgangan.
Alloma ishonchli hadislarni to‘plab “Al- Jome’ as-sahih” to‘plamini yaratdi. 7275 hadisni o‘z ichiga olgan bu to‘plam natijasida yurtimizda islom dini va ta’limoti rivojlanib, keyingi davrlarda yana ham ko‘plab diniy ulamolar tomonidan diniy-ilmiy asarlar yozilishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Mahmud az-Zamaxshariy tomonidan yozilgan Qur’oni Karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” asari ishonchli tafsir bo‘lganligi uchun haligacha dunyodagi mashhur islom dini bilim yurtlarida talabalarga Qur’oni Karimni shu orqali o‘qitilib kelinmoqda.
Shuningdek, Burhoniddin al-Marg‘inoniy tomonidan yozilgan to‘rt jildlik “Hidoya” asari esa islom huquqshunosligidagi eng mukammal asarlardan biri bo‘lib, hozirgacha musulmon o‘lkalardagi islom huquqshunoslari uchun ham amaliy, ham nazariy manba bo‘lib kelmoqda.
Mamlakatimiz tarixida eng murakkab davr hisoblanmish xonliklar davrida turli sohalarda rivojlanish avvalgi yillarga qaraganda ancha susaydi. Lekin diniy soha rivoji hech qachon to‘xtab qolmagan. Birgina Buxoro xonligida shayboniylar davrida 100 dan ortiq madrasa va 300 dan ortiq masjid faoliyat ko‘rsatgan. Bu davrda ham Buxoro mintaqada islom dini ta’limi rivojlanganligi bilan ajralib turgan. Buxoro butun O‘rta Osiyoning ma’rifat markazi hisoblangan. Bu yerda Xiva, Qo‘qon,Samarqand va xattoki Rossiyaning musulmon aholisi yashaydigan viloyatlaridan kelgan talabalar bilim olishgan.
Buxoroda hokimiyat mang‘itlar qo‘liga o‘tganidan keyin ham diniy ta’lim rivojlanishda davom etdi. Maktablar asosan masjidlar qoshida ochilgan bo‘lib, diniy ta’limning salmog’i oshib bordi. Shuningdek, Buxoro amirlarining ko‘pchiligi chuqur diniy bilimga ega bo‘lgan. Sulola vakillarining ham diniy bilimlari yuqori edi. Ular madrasa ta’limini rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga harakat qilganlar. Jumladan, Mang’itlar sulolasining atoqli hukmdorlaridan biri bo‘lgan Amir Haydar aqoid fanlarini bilimdoni edi. Hukmdor Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Saroy dargohida diniy va ilmiy mavzularda uning tashabbusi bilan tez-tez munozaralar o‘tkazilib turilar edi.
Islom davlatlarida Buxoro shahri madrasalarining nufuzi yuqori ekanligi, ularda chet davlatlardan o‘qishga keluvchilarning sonini ortib borganligidan ham ko‘rishimiz mumkin. Chetdan kelgan talabalarning o‘qishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish choralari ko‘rilgan. Amir Haydarning o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qigan.
Yurtimizning yirik shaharlari XV-XIX asrlar oralig‘ida butun musulmon olamining oliy ta’lim markazlari sifatida tan olingan.
Podshoh Rossiyasi istilosidan keyingi davrda madrasalarning faoliyat olib borishlariga siyosiy to‘siqlar vujudga keltirildi. Podshoh ma’murlari ularning faoliyati mustamlaka tuzumi uchun xavf tug’diradi deb hisoblagan. Madrasalarning chet mamlakatlari bilan aloqalari cheklandi. Vaqf mulklari muttasil qisqarib borishi sababli madrasalarning moddiy ta’minoti yomonlashdi. Madrasalar faoliyat olib borishida podshoh ma’murlari tomonidan vujudga keltirilgan to‘siqlar sababli ularning soni qisqarib bordi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib, jadidlarning ma’rifatparvarlik harakati bilan tashkil etilgan yangi usul maktablarining soni ko‘payib bordi. Ushbu maktablarda diniy va dunyoviy fanlar o‘qitilgan. Podshoh ma’murlarining yangi usul maktablarining faoliyat olib borishlari uchun to‘sqinliklariga qaramasdan, ularning soni ko‘payib bordi va 1917-yilning boshlarida Turkistonda 100 ga yaqin jadid maktablari faoliyat olib borgan. Ularda tahsil olayotgan o‘quvchilarning soni 5 mingdan oshib ketdi2.
Oktabr to‘ntarishidan keyin barpo etilgan Sovet davlati ateizmga asoslangan siyosat olib bordi. Diniy tashkilotlar va ruhoniylarga qarshi kurash boshlandi. Diniy ta’lim muassasalari va masjidlar yopib qo‘yildi yoki ular butunlay tugatildi. Mahalliy xalqqa butunlay yot kommunistik mafkurani bayroq qilib olgan sovet zulmkorlari aholining milliy qadriyatlari, udumlari, diniy e’tiqodini tahqirlash, kamsitish, masjid, madrasalar, ziyoratgoh joylarni oyoqosti qilish, noyob ma’naviy bisotlarni talash , dindorlarni ta’qib-u quvg‘in ostiga olish kabi nomaqbul ishlar bilan shug‘ullandilar.3
Ikkinchi jahon urushi arafasida dinga bo‘lgan munosabat biroz yumshatildi. Jumladan 1943- yilda Toshkentda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi tashkil etildi. Shuningdek diniy ta’limni tashkil etishga e’tibor berildi. Buxorodagi Mir Arab madrasasi ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng bilim dargohi sifatida faoliyati qayta tiklandi. Toshkent shahrida Baroqxon madrasasi negizida Toshkent islom instituti ochildi.Lekin ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin dinga va diniy ta’limni cheklash siyosati qayta tiklangan edi.
Mustaqillik O‘zbekistonda din siyosat va diniy ta’limni tashkil etish ishlariga munosabat o‘zgardi. Yurtimizdagi barcha islomiy diniy ta’lim dargohlari Musulmonlar diniy idorasi ixtiyoriga o‘tkazildi. Hozirgi vaqtga kelib yurtimizda ikkita oliy diniy ta’lim muassasasi, o‘nlab o‘rta maxsus diniy ta’lim dargohlari talabalarga islom dini tarixi va ta’limoti bo‘yicha bilim berib kelmoqda.
O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, shuningdek diniy ta’lim haqida bosh qomusimiz ya’ni konstitutsiyamizning tegishli moddalarida va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi, ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar ta’minlanadi. Har kim diniy ta’lim muassasalarida professional diniy ta’lim olish huquqiga ega” 4 deb ushbu qonunning 8-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan. Konstitutsiyamizda esa har kimning vijdon erkinligi ta’minlangan. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yurtimizda diniy ta’limning ildizi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda mustaqil davlatimizda ham yoshlarni diniy professional ta’lim olishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling