Mavzu: O’zbekiston avtomobil sanoati. Reja


Download 122.52 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi122.52 Kb.
#1488288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hujjat (9)

2008-yil mart oyi.
Yangi GM-UZBEKISTON qo‘shma qorxonasi tashkil topdi va Chevrolet markasi ostida CAPTIVA, EPICA, TACUMA avtobillari ishlab chiqarila boshlandi.
2008-yil mart oyi.
NEXIA-2 avtomobilining prezentatsiyasi o‘tkazildi va ishlab chiqarish boshlandi.
2010-yil.
SPARK avtomobilining prezentatsiyasi o‘tkazildi va ishlab chiqarish boshlandi.
O‘zDEUavto» qo‘shma korxonasi Asaka shahrida paxta tashiydigan tirkamalar ish lab chiqaradigan zavodning o‘rnida qurilgan. Avtozavod uch markada — «Neksiya», «Damas» va «Tiko» avtomobillarini jami 7 modifikatsiyada ishlab chiqaradi (1-jadval). Loyiha quvvati — yiliga 200 ming avtomobil. Har qaysi markadagi avtomobilning ikki xili bor: standart va delyuks; «Damas» — yo‘lovchilar (7 o‘rinli) va yuk (2 o‘rinli) tashish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ko‘plab shaxsiy talablarga, masalan, radioapparatlar, konditsioner o‘rnatish, turli rang berish, rang berish usuli, iqlim sharoitlariga moslashtirish (avtomobilning ostini polimer modda bilan qoplash) va hokazo talablarga binoan avtomobil tur licha jihozlanishi mum kin. Zavodda avtomobilning kuzovi boshdan oyoq tay yorlanadi. Dvi gatel va boshqa yirik agregatlar Ko reya dan keltirilayapti. Boshqa mayda-chuyda detallar va jihozlar quyidagi qo‘shma kor xona larda ishlab chi qarilib, avtozavod ga yetkazib berilayapti:
1. «O‘z-Tong Xong Ko » QK, Andijon shahri — o‘rindiqlar.
2. «O‘z-Koram Ko » QK, Andijon shahri — bamperlar, asboblar paneli.
3
. «O‘z-Dongju Peint Ko », Andijon shahri — bo‘yoq
4. «O‘z Dong-Yang Ko» QK, Andijon shahri — salonni pardozlash detallari.
5. «O‘zelektroapparat» HJ, Andijon shahri — shtamplangan mayda detallar, plastmassa
pastalari.
6. «AnZIS», Asaka shahri — shtamplangan mayda detallar, «Tez yordam» avtomobillari
uchun detallar.
7. «Eljihoz» HJ, Qorasuv shahri — shtamplangan mayda detallar.
8. «O‘z Semyung Ko» QK, Andijon shahri — benzobak.
9. «O‘z-Dong Von Ko» QK, Andijon shahri — so‘ndirgich (ãëóøèòåëü), bamperlar.
1
0. «O‘zDEUelektronik», Toshkent shahri — radioapparatlar.
Bir qarashda O'zbekiston mashinasozligi malum bir bosqich-ni bosib o'tgan, o'z tarixiga ega bo'lgan sohalardan biri. Sobiq sho'rolar davrida o'lkamizda qishloq xojaligi mashinalari ishlab chigaradigan «Tashselmash», «O`zbekselmash», Toshkent traktor zavodi, Ekskavator zavodi, «Chirchiqselmash» hamda Andijon va boshqa viloyatlarda turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilar edi. Biroq, aslida ular tom ma'nodagi ishlab chiqarish quvvatiga va im-koniyatiga ega emas edi.Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi. Yuqorida ta'kidlanganidek haqiqiy o'zbek mashinasozligi mustaqillik mahsuli bo'lib, u 1993-yilning mart oyida «O’zDEUavto» nomi bilan ro'yxatdan o'tkazilib, Andijon viloyatining Asaka shahridagi pritseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil qlinishi, hamda bu muhim inshoot qurilishining boshlanishi bilan Oʻzbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi. Qo'shma korxonaning umumiy maydoni 476 ming 266 kvadrat metr bo'lib, shundan bino va inshootlar uchun ajratilgani 146 ming 266 kvadrat metrni
tashkil qiladi. Qurilish 1993-yilning fevralidan boshlab 32 oy mobaynida Oxiriga yetkazildi. Loyiha ishlari asosan «DEU injeniring» va Korxona sexlarida mehnat qilayotgan yoshlarning 1000 dan ko'prog'i Janubiy Koreya Respublikasida - «DAEWOO» kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish korxonalarida ishlab tajriba orttirib qaytishdi, keyinroq yana 2000 kishi o'z malakalarini oshirish uchun Janubiy Koreyadagi «DAEWOO» kompaniyasining avtomobilsozlik zavodlariga yuborildilar. Qo'shma korxonada bajarilgan qurilish ishlari asosan Andijon, Farg'ona va Namangan viloyati qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi.
1996-yil 19-iyulda ushbu qo'shma korxonaning ishga tushurilishiga bag'ishlangan tantanali yig'ilish bo'ldi. Unda nutq so'zlar ekan, Prezident I. Karimov «Asaka shahrida ikki yil ichida bunyod etilgan, 1996-yilning mart oyida «Damas» mashinasi, iyun oyida «Tiko>, iyul oyida esa «Neksiya» ishlab chiqargan «O`zDEUavto» istiqlol yillarida bunyod etilgan qudratli korxona bo'lish bilan birga O'zbekistonning eng ilg'or davlatlar qatoriga kirish uchun qo'ygan dadil qadam» ekanligini alohida uqtirdi. Korxona aytish mumkinki ko'plarni hayratga solib havaslantirayotgan «Tiko», «Damas», «Matiz», «Neksiya», «Lasetti»larni xalqimizga yetkazib berishdan tashqari butun mamlakatni eng ilg'or, jahon andozalariga to'la javob beradigan avtomobillar bilan ta'minladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari yildan yilga o'sib bordi. 2006-yilga kelib korxona 571580 ta avtomobil ishlab chiqardi, uning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.
2008-yilga kelib mamlakatimizda «0`zDAEWOOavto»ga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Andijon mexanika zavodi, Baliqchidagi «A.Navoiy interneshinl» «And Polik» singari o'nlab korxonalarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Shunday qilib, Asakada «0`zDEWOOavto» qo'shma korxonasining ishga tushishi O'zbekistonda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish-ni, respublika industriyasining qudrati muttasil ortib borayotganini ko'rsatuvchi muhim dalildir. Shu bois bir haqiqatni alohida ta'kidlash joiz. Jahon mamlakatlari tarixi guvohlik berayaptiki, dunyodagi eng kuchli mamlakatlargina avtomobil industrasiyasiga ega. Ular asosan, AQSH, g'arbiy Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan iborat 28 tani tashkil etadi. Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqobatga bardosh berish o'ta mushkul ish bo'layotganligi uchun ham iqtisodiy va moliyaviy baquvvat mamlakatlar ham bu biznesga kira olmayaptilar, O'zbekiston esa kuchli raqobatchilari bo'lgan avtomobil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo'lib kirib bordi. Bunday yutuqga O'zbekiston Osonlikcha erishmadi. Unga eri-shish uchun esa quyidagi masalalarga jiddiy e'tibor berildi:

Download 122.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling