Mavzu: O’zbekiston hududining yo‘l-iqlim mintaqalari va ularning o‘ziga xosliklari. Reja
V. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini joriy ta’mirlash
Download 43.62 Kb.
|
Mavzu O’zbekiston hududining yo‘l-iqlim mintaqalari va ularning-fayllar.org
V. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini joriy ta’mirlash
18. Ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘lining ayrim uchastkalarida (yo‘lning ikki qismi o‘rtasidagi oraliq masofada — peregonlarda) foydalanish jarayonida doimiy ravishda paydo bo‘ladigan shikastlanishlarni, yo‘l qoplamasining eskirgan yuqori qatlamini bartaraf etish hamda avtomobil yo‘lining ayrim uchastkalari va ayrim yo‘l inshootlarining dastlabki foydalanish sifatlarini saqlash, qoplamaning tekisligini saqlash, yer ko‘tarmasi, tonnellar, suv qochirgichlar, sun’iy, himoyalash, mustahkamlash va tartibga solish inshootlari, yo‘l jihozlari, dam olish joylari va tarixiy yodgorliklarga borish yo‘llari, chiqish va kesib o‘tish yo‘llari hamda avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining boshqa konstruktiv elementlarining shikastlangan joylarini sozlash, shuningdek toshqinlar va muz ko‘chishlari davrida ularni buzilishdan saqlaydigan profilaktika ishlarini bajarish joriy ta’mirlashning vazifalari hisoblanadi. Joriy ta’mirlash, qoidaga ko‘ra, avtomobil yo‘lining butun uzunligida doimiy ravishda bajariladi hamda yo‘l-foydalanish tashkilotining ta’mirlovchi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 19. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini joriy ta’mirlash texnik tekshirishlar va texnik ko‘riklar (bahorgi, kuzgi va davriy) natijalari yoki nuqsonlar vedomostlari asosida tuzilgan bajariladigan ishlarga qarab belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari yoki xarajatlar smetalari doirasida amalga oshiriladi. 20. Qoplamaning tekisligi va ilashish sifatlari cheklangan yo‘l qo‘yiladigan qiymatgacha pasaygan yoki avtomobil yo‘li elementlarida va yo‘l inshootlarida buzilishlar va yemirilishlar to‘planib qolganda yo‘l qoplamasi va yo‘l inshootlarining holatlarini texnik tekshirishlar va texnik ko‘riklardan o‘tkazish natijalari avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlashni tayinlash uchun mezon hisoblanadi. 21. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini joriy ta’mirlashga quyidagi ishlar kiradi: a) yer ko‘tarmasi va suv kyetkazish tizimi bo‘yicha: er ko‘tarmasi, suv kyetkazish tizimi, zaxiralar, himoyalash, mustahkamlash va boshqarish inshootlarining ayrim shikastlanishlarini tuzatish; o‘t ekib, tuproq to‘kib va qirqib qiyaliklar, ko‘tarmalar va o‘ymalarni qisman tekislash va ayrim uchastkalarning yo‘l chetlarini tekislash; suv yuvib ketgan va yemirilgan uchastkalarni, shu jumladan girdob va o‘pirilish hodisalari oqibatida yemirilgan uchastkalarni tiklash, ko‘chki tushgan, o‘pirilgan va sel olgan joylarni tozalash; o‘yma va ko‘tarmalar qiyaliklarining tikligini kamaytirish, barqaror chim qoplamasini yaratish bo‘yicha zarur agrotexnika tadbirlarini o‘tkazgan holda yer ko‘tarmasi va zaxiralarining qiyaliklariga o‘t ekish, yer ko‘tarmasining barqarorligini ta’minlaydigan mustahkamlash va boshqa ishlar; zax joylarda uncha katta uzunlikda bo‘lmagan yer ko‘tarmasini ko‘tarish, uncha katta bo‘lmagan o‘pirilgan uchastkalarni tugatish, akkumulatsiya polkalari qurish, olib tashlanadigan qorni joylashtirish uchun va rejadagi egrilarda ko‘rinishni ta’minlash uchun o‘ymalar nishabliklarini qirqish, qiyaliklarini suv yuvishidan himoya qilish va chetdan keladigan qorni ushlab qolish uchun tuproqli ko‘tarmalar, banketlar va bermalarni qurish; kesishma va tutashmalarda, to‘xtash maydonchalarida, avtomobil turar joylarida, yo‘l-ta’mirlash xizmati obyektlariga, diqqatga sazovor joylarga borish yo‘llarida yer tasmasi va suv kyetkazish tizimlarini tiklash; mavjud suv kyetkazishning zovurlarini yalpi tozalash va yangilarini qazish, suv yemirib ketishi mumkin bo‘lgan uchastkalarda ularning devorini va tubini mustahkamlash; drenaj, himoyalovchi va mustahkamlovchi qurilmalar, suv kyetkazish novlari, ko‘prik va quvurlarning suv kirish va chiqish o‘zanlari, yomg‘ir kanalizatsiyasi, suv quduqlari nosozliklarini tuzatish, qirg‘oqni himoyalash va eroziyaga qarshi qurilmalarni tiklash; yo‘l chetlarini to‘ldirish, kesish va mustahkamlash; b) yo‘l to‘shamasi bo‘yicha: sement-beton qoplamalardagi choklarni ta’mirlash va to‘ldirish; barcha turdagi qoplamalardagi chuqurlar, yoriqlar, o‘nqir-cho‘nqirlar, g‘ildirak izlarini to‘ldirish, cho‘kkan, yorilgan joylarni, yo‘l hoshiyalarini, bordyurlarni tuzatish; talab qilinadigan tekislik va g‘adir-budirlikni ta’minlagan holda yo‘l qoplamasining eskirgan ustki qatlamlarini tiklash, eski qoplamadan takroran foydalanishni ta’minlaydigan usullar va metodlar bilan qoplamani tiklash; barcha turdagi yo‘l to‘shamasiga ustki ishlov berish, himoya qatlamlari va yemirilish qatlamlarini qurish, qoplamani kartasimon ta’mirlash; g‘ildirak izlarini qora chaqir tosh yoki asfalt-beton bilan to‘ldirgan va qoplamaning butun kengligida emulsiyali-mineral aralashmadan himoyalash qatlamini yotqizgan holda ikki qatlamli emulsiyali-mineral aralashmani yotqizish yoki g‘ildirak izi notekisliklarini ustki ishlov berish, qisman frezerlash yoki qirrani tekislash yo‘li bilan g‘ildirak izlarini yo‘qotish; takomillashtirilgan qoplamalarning chetlariga bordyurlarni o‘rnatish va tiklash, mustahkamlash tasmalari va yo‘l chetlarini frezerlash va bitum-mineral aralashmalardan qoplamalar yotqizish; plitalarni almashtirish, ko‘tarish va tekislash, sement-beton qoplamalarda bo‘ylama yoki ko‘ndalang ariqchalarni kesib chiqish; maydalangan toshli, shag‘alli va tuproqli yaxshilangan avtomobil yo‘llarining kesimini tiklash va ijro hujjatlariga muvofiq shag‘al yoki maydalangan tosh to‘kkan holda kuchaytirish; asfalt-beton va sement-beton qoplamalarning ko‘chib ketgan va uvalangan uchastkalarida emulsiyali-mineral aralashmalardan himoya qatlamlari yotqizish; asfalt-beton qoplamalarning eskirgan ustki qatlamlarini tiklash va avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalarida va butun uzunligida qoplamaning yangi qatlamini yotqizish; v) sun’iy inshootlar bo‘yicha: inshootlar ayrim elementlari (panjara, to‘shama, tirgak, kashak, to‘sadigan devorlar va drenaj qurilmalari)ning uncha katta bo‘lmagan shikastlanishlarini tuzatish; yangi suv o‘tkazish quvurlarini qurish yoki ularning hisoblab chiqilgan og‘irliklari va gabaritlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘li uchun belgilangan texnik toifaga to‘g‘ri keladigan normalariga yetkazib, ularni to‘liq yoki qisman qayta qurish; tosh devorlarni ta’mirlash, suvash, mixparchinlarni qisman almashtirish, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning metall elementlarini bo‘yash; ariqlardan o‘tish ko‘prikchalarini almashtirish va tuzatish; ko‘chma ko‘priklardagi, parom kechuvlaridagi, qirg‘oqda to‘xtash joylaridagi uncha katta bo‘lmagan buzilishlarni tuzatish (ochiq joylarni bitumlangan arqonlar bilan to‘ldirish va boshqalar); tirgak devorlar va parapetlarning shikastlangan joylarini ta’mirlash; ko‘prikning tutash zonasidagi cho‘kkan joylarini to‘ldirib tekislash, panjara va to‘siqlarni, shuningdek yoritish stolbalarini yalpi bo‘yash, ko‘prik inshooti konstruksiyasiga tegishli belgilar qo‘yish; temir-beton konstruksiyalarning nuqsonlarini yo‘qotish, shu jumladan yuzani gidrofoblash, plitalarning g‘ovak, siniq va yoriq joylarini tuzatish, teshiklarini berkitish, diafragmalarning yemirilishlarini tuzatish, bo‘ylama choklarni yaxlitlash, oraliq qurilmalarni yalpi bo‘yash; telekuzatish, yoritish, ventilatsiya, isitish, yong‘inni avtomatik o‘chirish, aloqa, kichik stansiya, tonnellarning elektr uzatish va suv kyetkazish liniyalari (shu jumladan, sementatsiya) tizimining ishdan chiqqan ayrim elementlarini ta’mirlash va almashtirish; boshqaruvchi qurilmalar ko‘tarmalari konuslarini tiklash, buzilgan choklarni, ko‘chma plitalarni, suv kyetkazish tizimlarini, tayanch va ko‘prik ko‘tarmasining ayrim elementlarini, to‘siqlar, panjaralar va yo‘lkalarni tiklash; ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning elementlarini bo‘yash, suvash, chirish va yemirilishga qarshi himoya choralarini ko‘rish; suv o‘tkazish quvurlarining ayrim bo‘g‘inlarini va kallaklarini uzaytirish, almashtirish, quvurlarning himoya qatlami va tutashgan joylarini to‘g‘rilash; tonnel qoplamasini kuchaytirish, qisman almashtirish, gidroizolatsiyani, ventilatsiya, isitish, yoritish tizimlarini, shtolnya (yer osti yo‘li)ni hamda tonnellarda yong‘inni o‘chirish tizimini suv bilan ta’minlash uchun quduqlarni tiklash va yerosti suvlaridan himoya qilish, portallarni kuchaytirish, suv kyetkazish novlarini va hokazolarni tiklagan (almashtirgan) holda yo‘l to‘shamasini tiklash, tirgak devorlarni, galereyalarni, ko‘tarmalarni hamda boshqa himoyalash va mustahkamlash inshootlarni kuchaytirish; ko‘prik inshootida va ko‘tarma bilan tutash joylarda suv kyetkazish tizimlarini o‘rnatish yoki ularni almashtirish, oqova suvlarni tozalash qurilmalarini qurish yoki tiklash; mustahkamlovchi va boshqaruvchi inshootlarni qurish, himoya inshootlari (ko‘tarma g‘ov, shporlar, dambalar va boshqalar)ni tiklash yoki qurish; ko‘tarmaning yemirilgan uchastkalarini tiklash va qiyaliklarni mustahkamlash, konusni mustahkamlash uchun tirgakni tiklash va boshqaruvchi inshootlarda qirg‘oqni mustahkamlash ishlarini amalga oshirish; g) yo‘ldagi binolar va yordamchi inshootlar bo‘yicha: devorlar va qoplamalar materiallarini 40 foizgacha almashtirgan holda binolarning nuqsonlari va shikastlanishlarini tuzatish, suvoqlarni to‘g‘rilash va tirqishlarni ta’mirlash, to‘siq, devor, pol, shift, tom, eshik, pech, quduq, suv quvuri, kanalizatsiya va gaz tarmog‘i, aloqa liniyalarining ayrim elementlarini almashtirgan holda bo‘yash, oqlash, oyna qo‘yish, ta’mirlash; ishlab chiqarish binolari va yo‘ldagi binolarning tashqi devorlarini qisman tiklash; d) avtomobil yo‘llarini jihozlash, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha: etishmayotgan yo‘l belgilarini tiklash va yangidan o‘rnatish hamda yo‘l qatnov qismining gorizontal yo‘l belgilarini chizish, shuningdek yakka tartibdagi loyihalash tablosini tiklash va o‘rnatish; to‘xtash, bekat maydonchalari qurish va mavjudlarini tiklash, avtobus bekatlarida avtopavilonlar, hojatxonalar, avtomobillarning to‘xtash va to‘xtab turish maydonchalari, piyodalar o‘tish joylari hamda yo‘lkalar, piyodalar va velosipedchilar yo‘lkalari, aholi punktlaridan o‘tadigan yo‘l uchastkalarida shovqindan himoya qilish qurilmalarini qurish va ularni ta’mirlash; ayrim to‘siqlar va yo‘naltiruvchi qurilmalarni o‘rnatish hamda ayrim konstruktiv elementlarini almashtirgan holda ularni ta’mirlash; harakatni dispetcher orqali va avtomatlashtirilgan boshqarish elementlari va tizimlarini o‘rnatish, tiklash va takomillashtirish, avtonom va masofadan turib boshqariladigan belgilarni va axborot almashib turadigan tabloni, svetofor obyektlarini yangidan o‘rnatish va mavjudlarini tiklash; harakatlanish uchun xavfli avtomobil yo‘llarida gorizontal egri joylarda virajlar qurish; avtomobil yo‘llari va ularning ayrim uchastkalari, yo‘l yechimlari, dam olish maydonchalarini, avtobus bekatlari, kuzatish maydonchalari va boshqa obyektlarni me’moriy-badiiy bezash, jihozlash va obodonlashtirish; avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalarida, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va tonnellarda elektr yoritqichlarni ta’mirlash va tiklash; yo‘l radio aloqasi hamda texnologik va signal beruvchi-chaqiruvchi aloqani ta’mirlash va tiklash, kabel tarmog‘ini tiklash; ta’mirlash davrida vaqtinchalik yotiq yo‘l belgilari chizish, vaqtinchalik yotiq yo‘l belgilarini o‘chirish va doimiy gorizontal va vertikal yotiq avtomobil yo‘l belgilarini chizish; ko‘rinishni ta’minlash uchun ayrim daraxtlarni olib tashlash va daraxt shoxlarini kesish; avtomobil yo‘llari jihozlari va elementlarini bo‘yash, ularni ozoda va tartibli saqlash; e) joriy ta’mirlash bo‘yicha boshqa ishlar: avtomobil yo‘llarining ta’mirlanayotgan uchastkalarida vaqtinchalik aylanib o‘tish yo‘llarini qurish va ularni tugatish; materiallarni saqlash va yerni rekultivatsiya qilish uchun maydonchalar qurish; ko‘prik inshootlarini loyihadan oldin tekshirish, avtomobil yo‘llari va boshqa yo‘l inshootlarining tashxisi va holatini baholash hamda loyiha-smeta hujjatlarini va ta’mirlash bo‘yicha eng murakkab ishlarning muhandislik ishlanmasini ishlab chiqish; yo‘l-foydalanish tashkilotlari va korxonalar balansidagi ishlab chiqarish bazalari va ochiq konlarga olib boradigan shoxobcha yo‘llarni, boshi berk temir yo‘llarni ta’mirlash. Download 43.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling