Mavzu: O’zbekiston hududining yo‘l-iqlim mintaqalari va ularning o‘ziga xosliklari. Reja
Download 43.62 Kb.
|
Mavzu O’zbekiston hududining yo‘l-iqlim mintaqalari va ularning-fayllar.org
II. Asosiy terminlar va tariflar
6. Mazkur Tasnifda quyidagi terminlar va ta’riflardan foydalanilgan: yo‘l inshootlari — avtomobil yo‘llarining konstruktiv elementlari hisoblangan inshootlar: yo‘l-foydalanish tashkilotining balansidagi sun’iy inshootlar (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar, quvurlar, tonnellar), himoya inshootlari (qordan himoya qiladigan daraxtzorlar, shovqindan va shamoldan himoya qiladigan qurilmalar, yo‘llarni qor ko‘chkilari, barxan qumlari, o‘pirilish, siljishdan himoya qiladigan qurilmalar), avtomobil yo‘llarini jihozlash elementlari (to‘xtash maydonchalari va yo‘lovchilar uchun pavilonlar, dam olish maydonchalari, avtomobillarning to‘xtashi va to‘xtab turishi uchun maxsus maydonchalar, I guruh to‘siqlar, yo‘naltiruvchi ustunchalar), binolar va yordamchi inshootlar (yo‘l-ta’mirlash punktlari, ta’mirlovchining uyi, asfalt-beton sexlar, sement-beton sexlar, ishlab chiqarish bazalari), yo‘l-foydalanish tashkilotlari balansidagi (ta’mirlash-foydalanish korxonalari binolari): (6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 352-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 566-modda) avtomobil yo‘llarining iste’mol xossalari — avtomobil yo‘llarining foydalanuvchilarning manfaatlariga bevosita javob beradigan transport-foydalanish ko‘rsatkichlari majmui. Iste’mol xossalariga quyidagilar kiradi: harakatning tezligi, uzluksizligi, xavfsizligi va qulayligi, transport vositalarini o‘tkazish imkoniyati va harakatlanish darajasi, o‘qiga tushadigan og‘irligi, yuklamasi, umumiy massasi va gabaritlar bilan avtomobil yo‘llarida harakatlanish uchun ruxsat berilgan avtomobillar va avtopoyezdlarni o‘tkazish imkoniyati, ekologik xavfsizlik, estetik va boshqa xossalar; avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash — avtomobil yo‘llarining ishonchliligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida tiklashga oid ta’mirlash-qurilish ishlari majmui. Bunda yo‘l to‘shamasi va qoplamasi, yer ko‘tarmasi va yo‘l inshootlarining ish imkoniyatini tiklash va oshirish ishlari bajariladi, eskirgan konstruksiyalar va detallar almashtiriladi yoki ular mustahkamroq, chidamli va tejamli konstruksiyalar va detallar bilan almashtiriladi, zarur hollarda ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘li uchun belgilangan toifaga to‘g‘ri keladigan normalar doirasidagi harakat jadalligi va avtomobillar o‘qiga tushadigan og‘irliklar o‘sib borishini hisobga olgan holda yo‘lning asosiy uzunligidagi yer ko‘tarmasini kengaytirmasdan avtomobil yo‘lining geometrik parametrlari (rejasi, bo‘ylama kesimi va shu kabilar) oshiriladi; (6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 352-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 566-modda) Download 43.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling