10-Ma’ruza. Issiqbardoshli beton tarkibini hisoblash
Download 52.24 Kb.
|
10 Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Дисперс-аrmaturalangan betondan foydalanish Betonlar, betonni nometal tola bilan armaturalash
10-Ma’ruza. Issiqbardoshli beton tarkibini hisoblash.. Reja: Metall bo'lmagan tolalar bilan mustahkamlangan betonlar. Дисперс-аrmaturalangan betonning xususiyatlari. Дисперс-аrmaturalangan betondan foydalanish Betonlar, betonni nometal tola bilan armaturalash Metall bo‘lmagan tolalar (shisha, sintetik) yordamida kompozitsiyalar ishlab chiqarishning texnologik usullari asosan po‘lat tolali armaturani ishlatishda bo‘lgani kabi muammolarni hal qilish bilan bog‘liq. Asosiy farq shundaki, bu kompozitsiyalarda yirik to‘ldiruvchilarni qo‘llash imkoniyatlari cheklangan va amaliy maqsadlar uchun matritsalar asosan sement (gips) toshlari (asbest sement kabi) yoki mayda donali beton (sement-qum ohak) asosida tavsiya etiladi. Shisha va sintetik tolalarni metall tolalarga nisbatan aralashtirish paytida chigallanish moyilligi past bo‘lgan dispers armaturalovchi sifatida ishlatilganda, ularni beton qorishmasiga kiritishdan oldin elakdan o‘tkazish shart yemas. Biroq, zavodda ishlab chiqarilganda tolalarni (bir xil uzatish maqsadida) qorishmani aralashtirish tugashidan sal oldin beton aralashtirgichga puflab kiritish yaxshidir. Shishali armaturalangan kompozitsiyalar sifatini yaxshilash uchun mikser, spiral-grdob printsipi bo‘yicha ishlaydigan shnekli mikserlardan foydalanish tavsiya etiladi, bu esa betonda tolalarni taqsimlashning etarli bir xilligini ta’minlaydi. Shisha tolalarni chigallanishini kamaytirish uchun ularni sementli qorishmaga bir vaqtning o‘zida shisha tolasi bir necha miqdorda maydalangan asbest tolasi bilan qo‘shish tavsiya etiladi. Betonning mustahkamligini oshirish va uni yanada yaxshi ko‘rinish va yuzasining silliqligini ta’minlash uchun marmar kukuni, mayin tuyilgan kuydirilgan giltuproq, mineral paxta ko‘rinishidagi to‘ldirgichlar oz miqdorda qo‘shish tavsiya etiladi. Tartibsiz xaotik armaturalashda sement aralashmasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan shisha tolalar hajmiy tarkibi bo‘yicha 3...5% oralig‘ida o‘zgarib turadi va yo‘naltirilgan armaturalashda bu qiymatlar 10...12% ga yetkazilishi mumkin. Qorishmaga qoshiladigan shisha tolalar uzunligi ixtiyoriy taxminlar bilan 1 ... 5 sm oralig‘ida olinadi. Shunday qilib, tolalar ko‘rinishidagi armaturalashni o‘z ichiga olgan beton qorishmalarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan turli texnologik metodlarni ajratib olish mumkin. Betonni armaturalash uchun nisbatan qisqa tolalardan foydalanganda, tolalarni beton aralashmasi bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri aralashtirish yoki purkash (torkterlash) eng sodda va oson usul hisoblanadi. Shu bilan birga, beton aralashmani qoliplash va qayta ishlash preslash, vakumlash yoki sentrafuga usullari bilan birgalikda amalga oshirilish, bu esa betondagi ortiqcha suvni chiqarib tashlashga va materialning zichroq tuzilishini sakllanishga yordam beradi. Bazaltofibrobeton qorishmalarini yirik dag‘al bazalt tolalari asosida tayyorlashning texnologik usuli, qoida tariqasida, majburiy harakatlanuvchi betonqorgich yordamida amalga oshiriladi. Bu holda betonqorish moslamasining an’anaviy uskunalardan tashqari, yirik dag‘al bazalt tolalari bilan ta’minlovchi qurilma bilan jihozlanishi mumkin. Download 52.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling