Samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishning resursbop yo‘llaridan biri bu g‘ovak to‘ldiruvchili yengil betonlardan samarali foydalanish eng ma'qul yo‘nalishlardan biridir
Download 22.8 Kb.
|
keramzit bazalt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mega Invest Industrial
Samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishning resursbop yo‘llaridan biri bu g‘ovak to‘ldiruvchili yengil betonlardan samarali foydalanish eng ma'qul yo‘nalishlardan biridir. Bir necha yillar muqaddam keramzit bino qurilishining asosi hisoblanib, qurilish hajmining ortishi, mehnat sarfining kamayishi hamda qurilish muddatlarining qisqarishiga olib kelganligi ilmiy izlanuvchilar tomonidan ko’p bora e'tirof etilib kelingan. So‘nggi yillarda keramzitni bino yoki inshootlar qurilishida qo’llash doirasi kamayib ketdi. Bunga asosiy sabab, keramzit ishlab chiqarish uchun xom ashyo bazasining kamligi asosiy faktor sifatida e’tirof etiladi. Shunga qaramay so‘nggi yillardagi ilmiy izlanishlar keramzit uchun xom ashyo bazasi O‘zbekiston hududida yetarli ekanligini va bu borada ayniqsa Navoiy viloyatida keramzit ishlab chiqarish uchun asosiy hom ashyo sanalgan bentanit qumining yetarlicha uchrashini ko‘rsatibgina qolmay balki shu bilan birga uning ekologik sof material ekanini ham yana bir bor isbot qila oldi. Ayniqsa, ushbu materialning issiqlik izolyasion xarakteristikasi respublikamiz iqlim sharoiti uchun muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Issiqlik va sovuqdan izolatsiyalash keskin iqlimli O‘zbekiston hududida katta ahamiyatga egadir. Chunki, yozning jazirama kunlarida havo harorati 42–48°C, qishda esa 20–30°C haroratgacha sovuq bo‘lishi bino, konstruksiyalar hamda agregatlarni samarali va ishonchli materiallar bilan izolatsiyalashni taqozo etadi. Bugungi kunga kelib qurilish ishlab chiqarish hajmlarining ortishi, bino va inshootlar qurilishida samarali sinfdagi issiqlikdan himoyalashni yaratish bilan bir qatorda, binolarining havfsizligiga ham alohida e'tibor berish lozim. Chunki keramzit betondan barpo qilingan bino yoki inshoot odatdagi og’ir betondan qilingan binodan vazn jihatdan ancha yengil bo’ladi, birgina shu sababning o’zi ham bino yoki inshootlarning zilzilabardoshlik koeffisientini bir necha barobarga oshirishi isbotlangan faktdir. Biz ushbu jadvalda keramzit asosidagi yengil beton va oddiy og’ir betonlarning eng asosiy fizik-mexanik xususiyatlarini keltirib o’tdik, jadvaldan ko’rinib turganidek zichlik jihatdan keramzit betonning oddiy betondan bir muncha farqli ekanini ko’rishimiz mumkin va bu farq tabiiyki materiallarning issiqlikni kam o’tkazish xususiyatiga ham bevosita aloqadordir chunki bizga ma’lumki materialning zichligi qanchalik kichik bo’lsa uning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti ham shuncha past bo’ladi. Bizga ma’lumki issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,175 W/(m·°C) dan yuqori bo‘lmagan (25°C) qurilish materiallari issiqlik izolatsiyasi materiallari sinfiga kiradi. Aynan shuning uchun ham biz keramzit betonni issiqlikni kam o’tkazuvchi matreriallar sinfiga kirita olamiz. Aynan shu jihat sababli bino va konstruksiyalarning issiqlik izolatsiyasi katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi. Bundan tashqari, bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham mutanosib ravishda kamayadi. Qurilish tizimida 1 t samarali ishlatish 200 t gacha shartli yoqilg‘ini tejaydi. Keramzit aosidagi betonning yuqorida keltirib o’tgan bir qancha jihatlari bilan boshqa turdagi materiallarga nisbatan samarali bo’lishiga asosiy sabab bu uning g’ovak strukturasidir. Hozirgi paytda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida materiallarning o’rtacha zichliklarini kamaytirish ikki xil bosqichda amalga oshiriladi va bu usullar bir biridan tubdan farq qiladi: birinchi bosqich mahsulotni qoliplash jarayonida mahsulot xajmida g’ovakliklar hosil qilish yo’li bo’lsa; ikkinchi usulda materialni bir nechta texnalogik usullar orqali g’ovaklikini oshirish orqali erishiladi. Yana shuni ham aytish joizki ichki havo konveksiyasi tufayli mahsulotning hajmiy strukturasida juda katta bo’shliqlarni hosil qilish mumkin ammo bu jarayon faqat materialning issiqlik o’tkazuvchanlik xususyatlariga yomon ta’sir o’tkazishiga olib kelishi ham mumkin. Amalyotda 40% dan ortiq bo’shliqli materiallarni olish mumkinligi lekin bu jarayon katta texnalogik qiyinchiliklar bilan amalga oshirilishi isbotlangan. Aynan shuning uchun ham yengil beton ishlab chiqarish uchun to’ldiruvchi sifatida aynan keramzitning tanlanishi biz yuqorida keltirib o’tgan o’rtacha zichlikni kamaytirish vazifani yechish uchun xizmat qiladi va bu usul materialni qoliplash jarayonida material tarkibida g’ovakliklar hosil qilish usuliga o’xshashdir faqat birgina farqli jihati biz ko’rib chiqayotgan yengil beton ishlab chiqarishda qoliplash jarayonida g’ovak hosil qiluvchi emas balki tayyor g’ovakli qo’shimcha (keramzit)dan foydalaniladi. Aynan keramzitning bo’shliqli ichki strukturasi orqali biz yengil beton ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Shu bois keramzitning qo‘llanilish sohasi juda keng qamrovli bo‘lib, uning zichligi, mustahkamligi, granulometrik tarkibi kabi xossalarini o‘zaro mujassamlantirib, qurilish sohasida undan turli-tuman buyumlar tayyorlash imkonini beradi. Keramzitni tayyorlash jarayoni sanoat korxonalarida yuqori darajada mexanizasiyalashgan va avtomatizasiyalashgan liniyalarda amalga oshiriladi. Uni tayyorlashda turli konstruktiv yechimlarni tanlash, jumladan kompozisiya tarkibini, bog‘lovchi turini, undan tayyorlanadigan buyumlarning o‘lchamlari va shaklini o‘zgartirish imkoniyatlari ham mavjud. Bunday ko‘p variantlilik turar joy binolarini loyihalashdagi bir hillikdan voz kechish, samarali qurilish materiallari bazasini izlab topish, yangi tabiiy iqlim va tarixiy an'analarga mos keluvchi me'moriy va konstruktiv yechimlar izlab topish imkonini beradi. Jumladan, AQSh, va Yevropa mamlakatlarida keramzitga o‘xshagan materiallardan foydalanish XX asrning II yarmidan boshlangan. Bugungi kunga kelib ham ushbu mamlakatlarda yengil betondan tayyorlangan oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar ko‘p qavatli binolarni barpo etish jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Keyingi yillarda keramzit betonni respublikamiz qurilish ishlab chiqarish sanoati, sanoat va fuqaro qurilish sohalarida ham qo’llash surati sezilarli darajada o’sdi, Shu bois, yengil beton va uning boshqa turlaridan foydalanish keng miqqiyosida ommalashmoqda. Bu jarayonni quydagi rasm orqali ham yetarlicha tushinib olishimiz mumkin. Ushbu rasmdan ko’rinib turganidek 210 sm qalinlikdagi devorning issiqlik o’tkazuvchanligi 90 sm qalinlikdagi keramzit betonning issiqlik o’tkazuvchanligi bilan bir hildir. Aynan shuning uchun ham bu turdagi qurilish materiallaridan keng miqyosida foydalanish davlat siyosati darajasiga ko’tarilib ulgurdi. Bilamizki bugungi kunda uy-joy qurilishi sohasida har bir metr kvadrat metr yer 3 million so’mdan 6 , 7 million so’mgacha (viloyatlar kesimiga qarab, joylashgan hudud infrastrukturasiga qarab) baholanmoqda, demak yengil betonlardan bin ova inshootlar qurilishida keng miqyosida foydalanish qurilish uchun ajratilgan yer maydonidan unumli foydalanishni ta’minlaydi. Bundan tashqari bino yoki inshoatning poydevori ushbu inshoatga tushadigan yuklanishga qarab hisob kitob qilinishini ham hisobga oladigan bo’lsak qurilishda yengil betonlardan foydalanish konstruktiv xarajatlar jihatdan ham iqtisodiy yutuqqa erisha olishimizni ta’minlaydi. Zamonaviy bino va inshootlar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanish, amaldagi ananaviy qurilish materiallari o'rniga bugungi kunda dolzarb muammolardan biri bo'lib ulgurgan energiyani iqtisod qiluvchi qurilish ashyolaridan foydalanish talabi tobora ortib bormoqda. Yildan yilga yer aholisining progressiya ko'rinishida oshib borishi natijasida insonlarning uy-joylarga bo'lgan talabi ham jadal sur'atlarda oshib bormoqda. Dunyo bo'yicha qurilish sohasida yangi turdagi ekologik toza materiallardan foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni samarali qo'llashning salmog'i tobora ortib bormoqda. Bazalt armaturani payvandlash shart emas. U plastik xomutlar yordamida yoki oddiy to‘qiladigan sim bilan mahkamlanadi, bu inshootning zilzilalarga chidamliligini oshiradi. Bazalt armaturani montaj qilish uchun beso‘naqay va qimmat qurilish texnikasidan foydalanish zarurati yo‘q. Diametri 12 mm gacha bo‘lgan armaturani tashish oson, u bukiluvchan bo‘lib, rulonlarga o‘raladi. Diametri 14 mm va undan katta bo‘lgan bazalt armatura holatida simlarning uzunligi buyurtmachining ixtiyoriga qarab bajariladi. Zavod ikkita obektda joylashgan: birinchisi Jizzax viloyatining Forish tumanida. Ushbu zavodda bazalt rudasiga qayta ishlov beriladi va bazalt tola ishlab chiqariladi. Keyin tola Jizzax viloyatining Erkin iqtisodiy zonasidagi zavodga transportirovka qilinadi. Bu yerda tola bazalt armaturaga aylantiriladi. Bunyodkor shoh ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan Mega Invest Industrial xoldingining savdolar bo‘limida. Mo‘ljal: “Olmazor” (oldingi “Sobir Rahimov”) metro bekati. Kompaniya chakana savdolar uchun ham, mamlakat hududlari bo‘ylab tovar distribyutsiyasi uchun ham ochiq. Bazalt armaturani xarid qilish, temir armaturani bazalt armaturaga almashtirish, qurilishda undan to‘g‘ri foydalanish masalalari bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qiling: +998998635770 Download 22.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling