Dispers-armaturalangan betonni ishlatilishi
Yo'l va aerodrom qoplamalari, ko'prik oraliqlari, sanoat binolar pollari, sug'orish kanallari, suv omborlari va neft omborlari; portlashdan himoyalangan konstruksiyalar, tunnel quvurlari va plitalari, shaxtalar va tog’ qurilishi uchun dispers- armaturalangan quyma betonlar, yong'inga qarshi qoplamalar va boshqalarda dispers armaturalangan betondan foydalanish yig‘ma va monolit konstruksiyalarda ham istiqbollidir.
An’anaviy temir -beton konstruktsiyalarni ishlab chiqarish va montaj qilishda armaturalash ishlari eng ko‘p mehnat talab qiladgan jarayondir. To‘rlar, karkaslar tayyorlash, armaturani o‘rnatish va uni loyihya asosida mahkamlash, betonning himoya qatlamining qalinligini ta’minlash uchun konstruktsiyalarning qalinligini oshirishga e’tibor qaratiladi.
Ayniqsa, murakkab geometrik shaklga ega bo‘lgan bir qator muhandislik inshootlari konstruksiyalarida (masalan, konus shaklidagi, bunker yoki shunga o‘xshash boshqa shakllar), ko‘plab fazoviy elementlarda har doim ham ishlatib bo‘lmaydi. Bunday konstruksiyalarni armaturalash, qoida tariqasida, yakka tartibda va ko‘pincha alohida sterjenlar yordamida amalga oshiriladi, bu nafaqat ishning mehnat sarfini sezilarli darajada oshiradi, balki kamyob bo‘lgan po‘latni ortiqcha sarflanishiga olib keladi.
5.9-rasm. Yo'l va aerodrom qoplamalari
5.10-rasm. Shaxtalar va tog’ qurilishida yig‘ma va monolit
konstruksiyalardan foydalanish
5.11-rasm. Suv saqlash uchun yig’ma temirbeton rezervuari
5.12-rasm. Neft saqlash uchun yig’ma temirbeton rezervuari
Bunday konstruksiya laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida sinovdan o‘tkazilgan va qurilish sharoitida muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda.
5.5-Jadvalda dispersli armaturalangan betondan foydalanish mumkin bo‘lgan sanoat qurilishi uchun konstruksiyalar va buyumlarga misollar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |