13-mavzu. Temir-beton konstruksiyalarni armaturalash reja


Download 219.54 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi219.54 Kb.
#1033944
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13 мавзу арматура 22


13-mavzu.TEMIR-BETON KONSTRUKSIYALARNI ARMATURALASH
Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar

  2. Po‘lat armatura klassifikatsiyasi

  3. Po‘lat armatura va o‘rnatiladigan detallarni tayyorlash

  4. Armatura to‘rlari, yassi va fazoviy karkaslar, o‘rnatiladigan detallarni tayyorlash

  5. Armatura elementlarini sifatini nazorat qilish

  6. . Payvandlash asboblari va yordamchi materiallar

1.Umumiy ma’lumotlar

Beton, boshqa tosh materiallari kabi egilish va cho‘zilishga qarshiligi past, lekin armatura bilan birgalikda uning mexanik xususiyatlari yaxshilanadi.


Betonning mexanik xususiyatlarini yaxshilanishiga armatura bilan betonni yaxshi tishlashishi tufayli bo‘lib, bu ikki material orasidagi yukni ratsional bo‘linishini ta’minlaydi.
Birgalikda ishlashni muhimligi, po‘lat va betonning issiqlikdan kengayish, qiymatini yaqinligi bo‘lib, kontakt zonasida haroratning o‘zgarishida ichki kuchlanish kamayadi va bundan tashqari beton armaturani korroziyadan mustahkam saqlaydi. SHuning uchun beton konstruksiyalari armaturalanadi. Tishlashishni oshirish uchun davriy profilli, shuningdek, payvandlangan to‘r va karkaslar qo‘llaniladi.


2. Po‘lat armatura klassifikatsiyasi
Betonni armaturalash uchun asosan uglerodli va past legirlangan po‘lat armaturadan foydalaniladi.
Po‘lat armatura quyidagicha klassifikatsiyalanadi: asosiy texnologiyasi bo‘yicha – qizdirib prokatlangan, termik mustahkamlangan, sovuq holda tortilgan; konstruksiyada qo‘llash sharoitiga ko‘ra – zo‘riqtirilgan va zo‘riqtirilmagan; profili bo‘yicha-silliq va davriy profilli; kimyoviy tarkibi bo‘yicha – asosiy kimyoviy elementlarni tarkibida aniqlanishicha markalarga ajratiladi; xususiyati bo‘yicha yumshoq va qattiq; etkazib berish sharoiti bo‘yicha – novdali (prutkoviy) va o‘ramli (buxta) po‘lat armaturalar. Novdali po‘lat sterjenlar uzunligi 6-12 m ko‘rinishida, alohida buyurtma uchun 18 gacha va hatto 25 m gacha, diametri 10 mm dan ortiq, og‘irligi 5 t gacha bo‘lgan pachkalar holida etkaziladi. Diametri 10 mm dan kam va uzunligi 200 m gacha bo‘lgan shuningdek o‘rama simli armaturalarni o‘ralgan (buxta) holida etkazib beriladi.
Mamlakatimiz sanoatlarida har xil fizika-mexanik xossalarga ega bo‘lgan 3-90 mm diametrda po‘latli armatura ishlab chiqariladi (1-2-jadvallar).
Po‘lat armaturalar ekspluatatsiya davrida juda chidamli, ya’ni qayta-qayta o‘zgaruvchan yuklanishda, haroratning o‘zgarishida.
Po‘lat armaturaning asosiy xarakteristikasi – normativ qarshilik bilan xarakterlanadigan uning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligidir.
Simli armaturalar va ular asosidagi eshilgan (pryad) va arqon (kanat) ko‘rinishidagi mahsulotlarning mexanik xususiyatlari shartli elastiklik chegarasi 0,01 va shartli oquvchanlik chegarasi 0,2, qaysiki elastik bo‘lmagan deformatsiya sinash davrida cho‘zilishga berilishi o‘lchash bazasida 0,01 va 0,2% ga etishi bilan xarakterlanadi.
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarda sim mustahkamligidan to‘liq foydalanish uchun shartli oquvchanlik chegarasi 0,2 vaqtinchalik qarshilikka yaqinlashishi va natijada armaturani cho‘zishdagi plastik deformatsiyaning kamayishiga olib kelishi zarur. Sanoatiimzda ishlab chiqariladigan o‘ta pishiq sim, eshilgan ip va arqonlar o‘ta elastiklikka egadir: 0,01  0,6V; 0,2,  0,8V.
Po‘lat armaturalarining asosiy turlari

Download 219.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling