13-mavzu. Temir-beton konstruksiyalarni armaturalash reja
Armatura elementlarini sifatini nazorat qilish
Download 219.54 Kb.
|
13 мавзу арматура 22
5 Armatura elementlarini sifatini nazorat qilish
Armatura mahsulotlarining sifatini nazorat qilish armaturani zavodga kelib tushgan davrdan boshlab, operatsiyalar aro olib borilishi zarur. Nazorat bilan armaturani po‘lat sifati, turi, klassi va O‘zRSTga mosligi, zanglagan joyi bor-yo‘g‘i, kraska yoki yog‘ bilan qoplanganligi aniqlanadi. Armatura po‘lati shtabellarda prokladka yoki stellajlarda marka va diametriga ko‘ra saralanib ajratilgan xolda saqlanadi; zavod birkalari buxta va pachkalarda saqlanishi kerak. Omborga keltirilgan armatura po‘latini qabul qilishda tashqi tekshiruv va o‘lchovlar, sertifikatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga, nazorat tekshiruvchidagi O‘zRST talablari va texnik sharoitlarga solishtirishdan o‘tqaziladi. Armatura elementlarini tayyorlashda foydalaniladigan po‘lat loyiha talablariga mos kelishi shart. Armatura po‘latining sifati, payvandlash va korroziyaga qarshi ishlov berilishning sifati, sterjenlar, to‘r, yassi karkaslar o‘rnatiladigan detallar va fazoviy karkaslarning geometrik o‘lchovlarining mos kelishi, shuningdek armatura joylashishining to‘g‘riligi, ko‘rsatiladigan detallarning loyiha bo‘yicha mosligi nazorat bilan aniqlanadi. Armatura mahsulotlari bo‘yicha asosiy normativ hujjat O‘zRST 10922-96, qaysiki texnik talablar va temir-beton konstuksiyalar uchun payvandlanadigan armaturani sinash usullarini aniq belgilab beradi. Nazorat tekshiruviga 100 ta bir turdagi mahsulotdan uchtadan kam bo‘lmagan mahsulot olinadi. Nazorat ostidagi mahsulot tekshiruvida hamma yoyli payvandlash bilan bajarilgan birikmalar sifati nazorati amalga oshiriladi, boshqa turdagi payvandlashda 5 ta dan kam bo‘lmagan biriktirish nazorat qilinadi. Kamchilik topilsa, qayta tekshiruv ikki marta ko‘p mahsulot birikmalar sonida o‘tqaziladi. Agar, qayta tekshiruvda xatto bitta mahsulot yoki birikish joyi O‘zRST talabiga mos kelmasa, bunday holatda mahsulot donalab tekshiruvdan o‘tkaziladi. Payvandlash sifati ko‘chma asbob, masalan PA-7 manometrli qo‘l bilan boshqariladigan gidravlik pressda tekshiriladi. Biriktirish sifati yangi usullar rentgenoskopik, ultratovush bilan aniqlanadi. Armtura mahsulotlari va o‘rnatiladigan detallarni payvandlash sifatiga ma’lum darajada butun inshoot mustahkamligi bog‘liq. Armatura mahsulotlarini saqlash sharoiti detal va biriktirishlarni geometrik o‘lchovlari va yaxlitligini ta’minlash kerak. Download 219.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling