Mavzu: O'zbekiston Republikasida banklarni xususiylashtirish va aksiyalshtirish orqali bank tizimini rivojlantirish Reja


Tijorat banklari va ularning tashkiliy tuzulishi


Download 54.74 Kb.
bet5/17
Sana21.04.2023
Hajmi54.74 Kb.
#1375987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
O\'zbekiston Republikasida banklarni xususiylashtirish va aksiyalshtirish orqali bank tizimini rivojlantirish

Tijorat banklari va ularning tashkiliy tuzulishi.

Oʼzbekistonda mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga xos boʼlgan ikki pogʼonali bank tizimi shakllantirildi, ayni paytda ushbu tizim muntazam ravishda takomillashtirilmoqda. Bozor iqtisodiyotida doimo "raqobat" degan bozor unsuri faoliyat koʼrsatadi. Iqtisodiy raqobat yoʼlida banklarning muhim vazifalaridan biri - oʼz mijozlari va kontragentlari oldidagi majburiyatlarini bajara olish qobiliyatidir. Shu bois ushbu omilga Prezidentimiz tomonidan alohida eʼtibor qaratilib, bank-moliya tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab berildi. Oʼzbekiston Respublikasi bank tizimida amalga oshirilgan tadbirlar Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi 2011 – 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʼrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʼnalishlari toʼgʼrisida»gi PQ-1438-sonli va 2015 yil 6 maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun,, 2017 yil № 3, 2017 www.iqtisodiyot.uz 2 ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ 2344-sonli qarorida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosiga qaratildi. Soʼnggi yillarda respublikamiz tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish, aholining banklarga boʼlgan ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat banklari likvidliligi, toʼlovga qobiliyatliligi va barqarorligini taʼminlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Banklar oʼz majburiyatlarini toʼliq bajarishi uchun mijozlari oldida ishonchli imijiga ega boʼlishi lozim. Bu ishonch esa banklarning likvidliligi negizidan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida tijorat banklari oʼz faoliyatlari barqarorligini taʼminlashi uchun, avvalo, likvidlilikka, toʼlov qobiliyatiga, daromadlilikka muntazam eʼtibor qaratishi talab etiladi. Bunga yaqinda tasdiqlangan va bajarilishga oʼtilgan 2017 yil 7 - fevraldagi 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoniga binoan 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgani ham keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligidan darak bermoqda. Ushbu harakatlar strategiyasining asosiy ustuvor yoʼnalishlaridan biri boʼlib iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, xususan, bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini taʼminlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarini kreditlashni yanada kengaytirish masalalari koʼrsatib oʼtilgan. Yukoridagi holatlar tijorat banklarida likvidlilik muammosining dolzarbligini belgilab beradi va banklar likvidliligi taʼminlanishini takomillashtirish yoʼllarini chuqur ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi.

Download 54.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling