Mavzu: O'zbekiston Republikasida banklarni xususiylashtirish va aksiyalshtirish orqali bank tizimini rivojlantirish Reja


Xorijlik iqtisodchi tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari


Download 54.74 Kb.
bet4/17
Sana21.04.2023
Hajmi54.74 Kb.
#1375987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
O\'zbekiston Republikasida banklarni xususiylashtirish va aksiyalshtirish orqali bank tizimini rivojlantirish

Xorijlik iqtisodchi tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari

Respublikada Oʻzbank-audit banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. Oʻzbankaudit bilan bir qatorda Deloyt end Tush va Ernst end Yang kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda Xolis guruhi va Odil audit mahalliy audit firmalariga OʻzR Markaziy banki tomonidan bank auditi oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va korxonalarning buyurtmasi bilan ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar oʻtkazadi.
2.1. Jahonda qabul qilingan bank tizimlari.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya Oʻzprivatbank va ABN Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston — Turkiya, Oʻzbekiston — Jan. Koreya OʻzDEUbank kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), Kredi Kommersial de Frans, Sosyete Jeneral (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz Manxetten (AQSH), Rossiyskiy kredit va Sakura bank LTD (Yaponiya) banklari bor. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi.
2005–2006 yillar Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ularning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiy-tuzilmaviy o'zgarishlarda ishtiroki yanada faollashgan davri. O'sha vaqtlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig'idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, tijorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog'liq xarajatlari ham soliq undirish bazasidan chiqarildi. Shu tariqa, asosiy e'tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag'bat uyg'otib, ularning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar ochishga kirishishi bilan bog'liq ijobiy holatlar ko'paydi. Banklarning depozit bazasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakllana boshladi. E'tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari joy ola boshladi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimizda chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va moliya kapitalini keng jalb qilgan holda qo'shma banklarning tashkil etilishiga ta'sir ko'rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga kelishi natijasida tubdan o'zgardi. Xususiy banklarning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchay¬tirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo'ldi. Mamlakati-miz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozlari va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko'mak taqdim etgan holda ularning rivojlanishini muntazam rag'batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi. Respublikamizda xususiy banklar rivojlanishini izchil rag'batlantirish raqobatni kuchaytirishga, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samarali taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o'z navbatida, xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Mustaqillik yillari respublikamizda ikki pogʼonali mukammal bank tizimi shakllandi va rivojlanmoqda, banklarning xizmat turlari hamda sifatida jiddiy oʼzgarishlar yuz bermoqda, chet el banklari bilan oʼzaro hamkorlik aloqalari oʼrnatildi va takomillashib bormoqda. Biroq banklar resurslardan samarali foydalanishi hamda depozit bazasini kengaytirish bilan bogʼliq ayrim masalalar dolzarbligicha qolmoqda. Shu oʼrinda banklarning depozit bazasini kengaytirishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-sonli qarori “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 2, aprel, 2019 yil 2 alohida ahamiyatga ega boʼldi,yaʼni “Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish” zarur. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari samaradorligini oshirish ularning jalb qilingan mablagʼlarining barqarorligini taʼminlash orqali yuzaga keladi. Tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlash jaraѐnidagi ishtirokini kuchaytirish ularning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashni taqozo etadi. Oʼz navbatida, banklar resurs bazasining mustahkamligi yuridik shaxslarning depozitlari va aholi omonatlari miqdorining oʼsib borishiga, ularning miqdor va muddat jihatdan barqarorligini taʼminlashga bogʼliq. Chunki, tijorat banklari resurslari tarkibida jalb qilingan mablagʼlar salmogʼi juda ham yuqori boʼlib, ularning miqdori 70-80 % ni tashkil qiladi. Oʼz navbatida, tijorat banklarining mamlakat iqtisodiѐtini barqaror rivojlantirishdagi oʼrnini taʼminlash, uning investitsiyalarni moliyalashtirish jaraynlaridagi faolligini oshirish bevosita ularning uzoq muddatli resurs bazasini shakllantirish va kengaytirishga bogʼliq. Mamlakatimiz bank-moliya tizimida olib borilayotgan tub islohotlarning pirovard maqsadi ham respublikamiz tijorat banklari resurs bazasini mustahkamlashga, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar va aholining bank tizimiga boʼlgan ishonchini oshirishga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli farmoni bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha “Harakatlar strategiyasi”da bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish, depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash vazifalari belgilab qoʼyilganligi mavzuning dolzarbligini koʼrsatadi.




  1. Download 54.74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling